К содержанию
РецензированоEN2026

INSONIYATNING TARIXIY RIVOJLANISHIDA MATRIARXAT DAVRI

Saydullayeva Aynura Jiyenbay qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

This article analyzes the matriarchal social structure that existed in the primitive periods of human history, the reasons for its formation, and its role in social and cultural life. The leadership role of women in the management of the clan, the maternal clan system, property relations, and religious beliefs during the matriarchy period are covered based on scientific sources. The cases of this period, confirmed by archaeological and ethnographic evidence, are also considered. The article reveals the importance of matriarchy in the logical sequence of historical processes. https://scientific-jl.com 1 7 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Keywords: matriarchy, primitive society, maternal clan, , female leadership, archaeological evidence, ethnography, social structure. Tarix insoniyatning buyuk xotirasidir. Unda ajdodlarning maʼnaviyati, madaniyati va amalga oshirgan ishlari mujassam. Tarixsiz kelajakka qadam bosib boʻlmaydi. Biz tarixni o’rganar ekanmiz o’zligimizni anglay boshlaymiz. Ko’plab savollarimizga javobni ham tarixni o’rganish orqali bilib olishimiz mumkin. Tarixni o’rganishda bizga katta yordam beradigan tayanch bu davrlar hisoblanadi. Olimlar axreologik topilmalarni o’rganish mobaynida tosh qurollarining yasalish usuliga qarab davrlashtirishni ma’qul ko’rishgan. Har bir davr o‘ziga xos iqtisodiy, siyosiy asosga, moddiy, ma’naviy va madaniy turmush tarziga ega. Har bir tarixchi davrlar xususiyatlarini aniq bilishi va talqin qila olishi lozim. Davrlar xususiyatini to‘liq anglash tarixiy voqealarni haqqoniy baholashda va o‘sha davr ruhiyatini to‘liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixini davrlashtirish masalasi A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” monografiyasida keng yoritilgan va unda tarixni davrlashtirishda nimalarga e’tibor berish lozimligi ta’qidlanib, O‘zbekiston tarixini 7 ta davrga bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan. I.O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri” (mil. avv. I million – 40 ming yilliklar). II. O‘zbekistonda “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri” (bundan 40 ming yil avval to milodiy III-IV asrlargacha). Bu davrni uch bosqichga bo‘ladi: 1 bosqich – matriarxat urug‘ jamoasi bosqichi. 2 bosqich - patriarxal urug‘ jamoasi bosqich. 3 bosqich urug‘ jamoalarining harbiy demokratiya bosqichi. III. O‘zbekistonda “Ilk o‘rta asrlar davri” (milodiy V asrdan to VIII asr oxirigacha). IV. “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to XIX asr o‘rtalarigacha). V. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston tarixining beshinchi davrini “Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri” deb atash mumkin. Uning davriy chegarasi – Chor Rossiyasi bosqinidan to 1917 yil Oktyabr to‘ntarishiga qadar davom etgan davrni o‘z ichiga oladi. VI. O‘zbekiston tarixining oltinchi davri “Sovetlar hokimiyati davri” bo‘lib, bu davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan. VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish davri” deb atab, bu davr 1991 yil 31 avgustdan to bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi1. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr boʻlib 2,5-mln yildan 12-ming yillikkacha boʻlgan davrni oʻz 1 A.Asqarovning “O‘zbek halqining kelib chiqish tarixi” https://scientific-jl.com 1 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ichiga oladi. Paleolit davri oʻz navbatida ilk paleolit (2,5 mln–100-ming yilliklar), oʻrta paleolit (100–40-ming yilliklar) va soʻnggi (yuqori) paleolit (40–12-ming yilliklar) bosqichlariga boʻlinadi. Paleolit davri, shuningdek, shel, ashel, muste, orinyak, solyutre va madlen kabi arxeologik bosqichlarga ham boʻlinadi. 0’zbekistonning paleolit davri yodgorliklarini o’rganishda qadimshunos olimlarning xizmatlari katta A .P. Okladnikov, O’. Islomov, M.R. Qosimov, T. Mirsoatov, R.H. Sulaymonov, E.B. Bijanov va boshqalar. Ilk paleolit davri odamlari toshdan ishlangan sixchalar, chopqichlar, qo‘l cho‘qmorlari, tosh parchalari va siniqlaridan ishlangan qurollardan foydalanishgan. Qurollarning ko'pchiligi tashqi ko‘rinishda qo'pol va soddadir. Eng qadimgi tosh qurollar mintaqaning turli hududlarida Janubiy Tojikistondagi Qizqal’a, Janubiy Turkmanistonda Qoratangir, Qirg'izistondagi On-Archa daryosi bo'yida (Norin tumani), Janubiy Qozog'istonda Chimkent shahridan shimoldagi Kichik Qoratog’ oldida Bo‘riqazigan va Tanirqazigan makonlaridan topilgan.2 Bu davr odamlari tabiatga to'la qaram bo’lib, uy-joy qurilishini ham, olovdan foydalanishni ham bilmaganlar. Yirtqich hayvonlardan oddiy va dag‘al qurollar bilan himoyalanganlar. Tabiat ham insonlar yashashi uchun qulay, issiq bo'lgan. O’rta paleolit davri ilmiy adabiyotlarda muste davri deb nomlanadi. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar dastlab Fransiyaning Muste g'or makonida topilgani uchun shunday nom olgan. O'rta paleolit davri mil.avv. 100-40 ming yilliklami o‘z

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the matriarchal social structure that existed in the primitive periods of human history, the reasons for its formation, and its role in social and cultural life.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the matriarchal social structure that existed in the primitive periods of human history, the reasons for its formation, and its role in social and cultural life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
matriarchy, primitive society, maternal clan, female leadership, Kalit so‘zlar: matriarxat, ibtidoiy jamiyat, arxeologik dalillar, etnografiya, jamiyat tuzilmasi. Аннотация, ayol yetakchiligi, ona urug‘i
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники