Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“QISSASI RABG’UZIY” ASARINING G’OYAVIY BADIIY TAHLILI
Abdujalilova Muxtasar Yoqubjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
В статье дается информация об истории написания произведения Насируддина Рабузи «Киссаси Рабузи», дается художественный и идеологический анализ произведения, а также упоминаются в нем пророки. Kalit sòzlar: Payģambarlar haqidagi qissalar, "Qissasi Rabģuziy "asarining Nosiruddin Tóqbòĝaga baģishlanganligi,asarning yozilish uslubi va janrlari. Keywords: Stories about the prophets, the dedication of the work "The Story of Rabuzi" to Nasiruddin Toqboja, the style and genres of the work. Ключевые слова: Рассказы о пророках, посвящение произведения «История Рабузи» Насируддину Токбодже, стиль и жанры произведения. Ushbu maqolada Qur'oni Karimda payģambarlar haqidagi qissalarning keltirilishi va qissalar ta'sirida yangi asarlar yaratilishi,"Qissasi Rabģuziy "asarining òziga xos xususiyatlari, qissalar tahlili va janrlari borasida sòz boradi. Islom dinining muqaddas kitobi Qur'oni Karim nozil bòlishi bilan u musulmon insonlarga kòplab òtmish haqiqatlarini ochib berdi.Unda payģambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallamdan avval ham kòplab payģambarlar dunyoga kelgani,ular ham insonlarni ilmga,yaxshilikka chorlagani va ular bilan birga bòlmagan qavmlarning boshiga tushgan musibatlar haqida sòz boradi. Qur'oni Karim nozil bòlgach payģambarlar tarixi haqida turli xil qissalar yaratilgan bòlib ,ularning eng ishonchlisi Nosiruddin Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy "asari hisoblanadi .Asar turkiy tilda yozilgan bòlib ,payģambarlar haqidagi kòplab ishonchli qissalarni òz ichiga oladi. Maqolada Rabģuziyning "Qissasi Rabģuziy "asarining tahliliga tòxtalib òtiladi.Bundan tashqari ushbu asar tòĝrisida olib borilgan tadqiqotlar,ilmiy ishlar, maqolalar va asarlardan foydalanildi. Rabģuziy Turkiy xalqlarning taniqli shoiri hisoblanadi. Uning bizga hijriy 709 -yil,milodiy 1309- 1310 -yillarda yozgan "Qissasi Rabģuziy "asari yetib kelgan.Asar https://scientific-jl.com 3 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali moģul beklaridan bòlgan Nosiruddin Tóqbòĝa "Òqimaqģa keraklik ,òrganmakka yaroģliq " payģambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishi iltimosiga binoan yozilgan. Asar jami 72 qissa va 600 misra she'rdan iborat,an'aviy hamd va na't qismlaridan boshlanadi. Asarda 33 payģambarlar: Shish, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh, Dovud, Muhammad va Xorut, Morut kabi farishtalar, Qobil va Hobil kabi shaxslar, 4 xalifa ,7 tarixiy shaxslar keltirib òtilgan.Asarga Qur'oni Karimdagi ayrim manbalar,islomga oid boshqa kitoblardan, Abu Ishoq Nishopuriyning "Qissas ul - anbiyo"asaridan ba'zi ma'lumotlar asos qilib olingan. Bundan tashqari Rabģuziy òz asarini yaratishdan avval òzigacha bòlgan adiblarning payģambarlar haqidagi qissalarini òrganib,ulardan òziga kerakli xulosalar chiqaradi,ular qilgan xato va kamchiliklarni òz asarida takrorlamaslikka harakat qiladi.Uning asarining yana bir ustun tomoni avvallari payģambarlar haqidagi qissalar arab va fors tilida bitilgan bòlsa,Rabģuziy asarini turkiy tilda yaratadi.Shu bois ham shoir òz asarini dur- u gavharga qiyos etadi.Asar tarkibidagi qissalar hajmi turlicha:Masalan, Yusuf haqidagi qissalar yuz sahiga yetsa,Lut haqidagi qissa bir necha sahifani tashkil etadi xolos.Ammo asardagi qissalar real hayot voqealari bilan boģliq.Asardan ma'rifiy - didaktik hikoyatlar ham òrin olgan.Ushbu asar òzbek adabiyotida badiiy Nasr yodgorligining yetuk namunasi,XIII-XIV asrlar eski òzbek adabiy tilini òrganishda asosiy manba hisoblanadi. Asar muallifi- Nosiruddin Burhoniddin òģli Rabģuziy Xorazmning Rabatòģuz nomli joyida tavallud topgan,turkiy til shoiri hisoblanadi.U Sharq xalqlari oģzaki ijodini,rivoyatlar va avliyolar -anbiyolar tòģrisidagi qissalarni puxta òrgangan.Bu hikoyat va qissalar ta'sirida òzi ham hikoya ,qissalar yoza boshlagan.Turkiy xalqlar adabiyotida birinchilardan bòlib nasrda rivoyatlardan hikoyat ,hikoyatlardan qissalar yaratishni boshlab bergan. Asarning payģambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallamga baģishlangan qismiga tòxtaladigan bòlsak,payģambarimiz tuģilganlarida orqalarida muhr-u nubuvvatning nishonasi borligi,sochlari taralgan,tirnoqlari olingan,sunnat qilingan,kòzlariga surma surtilgan ekanligi haqida yozilgan.Bu mòjizani kòrgan hamma xushnud bòladi,oq bulut gòdakni osmonga olib chiqib,muattar narsalar sepib,rahmat suviga chòmiltirib,jannat xillalariga òrab,onalari qòllariga olib kelib berdi.Shu kecha jamiki butparastlarning butlari yuztuban yiqildi.Otashparastlarning òtlari sòndi.Bu kechada barcha jin-u shayotin jam bòlib,shaytonning oldiga kelib sòradi:"Bu ne hol,qanday kishi tavallud topdi?" Shayton:bu gòdak oxirgi zamon payģambari Muhammad Mustafo sallollohu alayhi vassallamdir.Uning shariati barcha dinlarni mansuh qiladi.Butparast,kofirlar bir marta "La ilaha ilalloh ,Muhammadur Rosullluloh", desa, barcha gunohlari kechiriladi.Qiyomatda yuz minglab odamlarni shafoat qiladi",dedi. asarning katta qismi payģambarimizning hayotlariga baģishlangan qissalardan iborat. https://scientific-jl.com 3 9 61-son_1-to’
Доказательный фрагмент
«В статье дается информация об истории написания произведения Насируддина Рабузи «Киссаси Рабузи», дается художественный и идеологический анализ произведения, а также упоминаются в нем пророки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье дается информация об истории написания произведения Насируддина Рабузи «Киссаси Рабузи», дается художественный и идеологический анализ произведения, а также упоминаются в нем пророки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stories about the prophets, the dedication of the work "The Story of, Kalit sòzlar: Payģambarlar haqidagi qissalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024