К содержанию
РецензированоRU2024

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARBI EKSPORT SALOHIYATI VA UNI OSHIRISH YOʻLLARI

OSHIRISH YOʻLLARI · Shadiyev Asror Ashurovich

Исследователь · 2024

Аннотация

В стате рассматриваются тенденсии развития экспортного потенциала субъектов малого бизнеса и частного предпринимателства. Определены пути повышения экспортного потенциала субъектов малого бизнеса и предпринимателства. Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимателство, внешнеторговый оборот, экспорт, импорт, сальдо. Abstrakt. The tendencies developments export potential of small business and private entrepreneurship will considered in this article. It is given the ways of increasing export potential of small business and private entrepreneurships. Keywords: inancial business, private enterprise, foreign exchange, export, import, balance. Kirish. Soʻnggi yillarda mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida koʻzga tashlanadigan yutuqlarga erishmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev eksportni rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasida “Oʻtgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, avvalambor shuni taʼkidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2024-yilda Oʻzbekiston oʻz iqtisodiyotini barqaror surʼatlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholi turmush darajasini izchil yuksaltirishni taʼminladi, dunyo bozoridagi oʻz pozitsiyasini mustahkamladi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, yaʼni 11,6 foizga oʻsdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo boʻlmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million AQSH dollaridan oshdi” - deb alohida taʼkidlab oʻtdilar [4]. Tahlil va natijalar.Coʻnggi yillarda respublikamizning bir qator iqtisodchi olimlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. https://scientific-jl.com 4 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Jumladan, M.Boltabayev[3], N.Sirojiddinov[4] va boshqalar oʻz asarlarida marketing tizimini korxona eksport salohiyatini kuchaytirishning ilgʻor usuli ekanligiga katta eʼtibor qaratilgan. A.Bekmurodov, R.Tursunov, I.Xotamovning[4] ishlarida GM- Uzbekiston qoʻshma korxonasining tashqi iqtisodiy faoliyati oʻrganilgan, tahlil qilingan va uni rivojlantirish istiqbollari aniqlangan. 2024 yil Mamlakatimiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish borasida yangi bozorlar, yangi transport yoʻlaklarini topish, bir soʻz bilan aytganda faol marketingga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish zarur. Tashqi savdo aylanmasini diversifikatsiyasi, yaʼni xorijga eksport – import qilinayotgan tovar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta boʻlishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror boʻlishini taʼminlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy oʻzarishlarga taʼsirchanligi darajasini pasaytiradi. Tashqi savdo aylanmasi diversifikatsiyasi – eksport va importning tovar nomenklaturasini va hamkor davlatlar sonining kengaytirilishi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni ogʻir ahvolga solib qoʻyishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bogʻlanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish mumkin boʻlgan mahsulotlarga boʻlgan talabni oʻrganish, bunday tovarlar bozoriga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish sharoitida eksportga yetkazib berish hajmi va turlarini koʻpaytirish, raqobatbardosh, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishda koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga koʻra quyidagi imtiyozlar berildi[1]: - 2024 yil 1-apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarishga joriy toʻlovlar boʻyicha yoʻnaltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom toʻlab boʻlinadigan muddatga qadar ozod qilindi; - sifatni boshqarish tizimlarin

Доказательный фрагмент

«В стате рассматриваются тенденсии развития экспортного потенциала субъектов малого бизнеса и частного предпринимателства.»

Образец извлечения

Демо-превью

В стате рассматриваются тенденсии развития экспортного потенциала субъектов малого бизнеса и частного предпринимателства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inancial business, private enterprise, foreign exchange, export, xususiy tadbirkorlik, Kalit soʻzlar: kichik biznes, eksport, tashqi savdo aylanmasi, saldo., import
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники