Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORXONALARDA MHXSNI QOʻLLASH ISTIQBOLLARI
Sultonova Moxichexra · Buyuk Britaniya · Shimoliy Irlandiya, shuningdek, rivojlanayotgan
Исследователь · 2026
Аннотация
Korxonalar uchun MHXSga oʻtishning dolzarbligi, yillik hisobotlarni tuzishda yuzaga keladigan muammolar, korxonalarda anʼanaviy tarzda amalga oshirib kelingan hisob tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi zarurligi taʼkidlangan. Tayanch soʻzlar: MHXS, aktivlarning qadrsizlanishi, dunyo tajribasi, malakali hisobchilar, moliyaviy zanjir, MHXSning oʻziga xos jihatlari. Kirish. Bugungi kun dunyo amaliyotida koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlar KOʻK uchun MHXSni toʻliq MHXSlari bilan birgalikda qabul qilmoqdalar. Shuning bilan birga toʻliq MHXS qabul qilgan rivojlangan mamlakatlar esa, tan olish va baholashning murakkabligini hisobga olgan holda kichik korxonalar uchun MHXSni qabul qilmagan(Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, Yangi Zelandiya, Avstraliya va boshq)[5]. Masalan, Yangi Zelandiya kichik va oʻrta biznes uchun xarajatlarni qisqartirish zarurligini taʼkidladi. Avstraliya esa kichik korxonalar uchun MHXS qabul qilmasdan kuzatib borishini bildirib oʻtdi, xolos. Yevropa Ittifoqi Komissiyasining taʼkidlashicha bugungi kungacha KOʻK uchun MHXS 22 tilda chop etilganligiga hamda 84 ta davlat foydalanayotganligiga qaramasdan boshqaruv xarajatlarini kamaytirishga erishilmadi. KOʻK uchun MHXSlarini qabul qilgan aksariyat mamlakatlar turizm va baliqchilikka ixtisoslashgan, unchalik katta iqtisodiyotga ega boʻlmagan kichik mamlakatlardir. Ularning aksariyati buxgalteriya hisobining oʻz milliy standartlarini ishlab chiqish saloxiyatiga ega emaslar. Shu sababli ham ular KOʻK uchun ham, yirik korxonalar uchun ham MHXSlarini bir vaqtda qabul qildilar. Biroq, KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan davlatlar orasida rivojlangan mamlakatlar- Shveysariya, Buyuk Britaniya, Shimoliy Irlandiya, shuningdek, rivojlanayotgan Braziliya, Argentina kabi mamlakatlar ham mavjud. KOʻK uchun MHXSni birinchi boʻlib 2009-yilda Janubiy Afrika Respublikasi qabul qildi. Shundan soʻng Afrika Qitʼasidagi bir qancha davlatlar KOʻK uchun MHXSni birin ketin qabul qila boshladilar. Bularning orasida yalpi ichki mahsuloti boʻyicha dunyoda 22-oʻrinda turadigan Nigeriya, aholi jon boshiga taqsimlaganda yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Afrika qitʼasida ikkinchi oʻrinda turadigan Botsvana davlatlari ham bor edi. Nigeriyaning KOʻK uchun MHXSni qabul qilishining asosiy sabablaridan biri chegaradosh boʻlgan mamlakatlarning ushbu standartni qabul qilishi edi. Aksariyat mutaxassislar kichik korxonalar uchun moliyaviy hisobotlarni qayta tayyorlash https://scientific-jl.com 6 8 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali xarajatlari kam boʻlishini taʼkidlab, KOʻK uchun MHXS ni qabul qilishga undamoqda. KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan davlatlarda malakali buxgalterlarning yoʻqligi yoki yetarli emasligi vaziyatni ogʻirlashtirmoqda. Ushbu muammolarni xal qilish uchun taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqishga majbur qildi, sifat nazorati oʻrnatildi. Bunday mamlakatlarda kichik korxonalar buxgalterlarini qayta tayyorlash xarajatlari davlat tomonidan qisman subsidiyalanadi. KOʻK uchun malakali hisobchilarni tayyorlash ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda. Jahon ekspertlarining fikriga koʻra kichik korxonalar ham MHXSni qabul qilishlarining maqsadga muvofiqligini va bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishlari lozimligini taʼkidlaydilar[6]. Uganda davlati xukumati KOʻKlar uchun banklardan kredit olish uchun MHXSni qabul qilishlarini majburiy qilib qoʻydi. Bundan tashqari kichik tadbirkorlik subyektlari uchun buxgalteriya standartlarini ishlab chiqish maqsadini qoʻydi [7]. Lotin Amerikasi hamda Karib xavzasi davlatlarida KOʻK uchun MHXSni qabul qilishga qiziqishlari ancha yuqori. Ushbu mamlakatlar KOʻKlarning moliyaviy hisobotlariga ishonch yoʻqligi sababli standartni qabul qilgan aksariyat mamlakatlardir. Lotin Amerikasidagi koʻpchilik mamlakatlar MHXSlarini xech qanday oʻzgartirishlarsiz qabul qildilar. Braziliya singari yirik mamlakatlar kichik korxonalarning yillik aylanmalari oʻsib borishi bilan birga standartlarning ayrim qoidalariga oʻzgartirishlar kiritdilar. Eʼtiborlisi Braziliya mamlakatida MHXSlari majburiydir. Biroq, KOʻKlar toʻliq MHXSlaridan foydalanmasalar KOʻK uchun MHXSlaridan foydalanishlari kerak. Faqatgina yalpi daromadi 1.1 million AQSH dollaridan kam boʻlgan mikrofirmalar Braziliya milliy standartlaridan foydalanishlari mumkin. Jahonning boshqa mamlakatlari masalan, Argentina KOʻK uchun MHXSni toʻliq qabul qilgan. Osiyo – Tinch okeani mintaqasi davlatlari ham KOʻK uchun MHXSlarini qabul qilmoqda. Masalan Singapur mamlakuati “Kichik va oʻrta biznes” ni “Kichik biznes subyekti” deb nomladi va bunday atama aylanmasi 7-10 mln AQSH dollaridan oshmaydigan korxonalarni oʻz ichiga oladi. Umumiy xulosalar: 1. KOʻK uchun MHXSni qabul qilgan deyarli barcha mamlakatlar standart talablarini qoʻllashning qiyinligini taʼkidlab oʻtadilar. Bu esa buxgalteriya hisobi usulini tanlashning oʻzgaruvchanligini taqiqlash, maʼmuriy yukning ortishi bilan izohlanadi. 2. Buxgalterlik kasbining taraqqiy etganligi bilan bu
Доказательный фрагмент
«Korxonalar uchun MHXSga oʻtishning dolzarbligi, yillik hisobotlarni tuzishda yuzaga keladigan muammolar, korxonalarda anʼanaviy tarzda amalga oshirib kelingan hisob tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi zarurligi taʼk…»
Образец извлечения
Демо-превьюKorxonalar uchun MHXSga oʻtishning dolzarbligi, yillik hisobotlarni tuzishda yuzaga keladigan muammolar, korxonalarda anʼanaviy tarzda amalga oshirib kelingan hisob tizimi tubdan qayta koʻrib chiqilishi zarurligi taʼk… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- malakali hisobchilar, MHXSning oʻziga xos jihatlari., aktivlarning qadrsizlanishi, Tayanch soʻzlar: MHXS, moliyaviy zanjir, dunyo tajribasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025