К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSHLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI NUQTAI NAZARIDAN O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODINING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Karimova Dilobod Halimovna · Solijonova Barnoxon Anvarjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asarining mazmun-mohiyati, uning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari chuqur tahlil etiladi. Asarda ilgari surilgan sabr, halollik, tavoze, haqiqatgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar yoshlar uchun ibrat manbai sifatida yoritiladi. Ayniqsa, dunyoviy boylikka haddan ortiq berilmaslik, ochko‘zlik va manmanlikdan tiyilish, ustozlarga hurmat, ezgu niyat bilan amal qilish kabi g‘oyalar zamonaviy yoshlar uchun dolzarb tarbiyaviy yo‘riqnoma sifatida ko‘rsatiladi. Shoirning baytlari asosida berilgan tahlillar orqali asarning bugungi kun ma’naviy hayotdagi o‘rni ochib beriladi. Kalit so‘zlar: Hibatul Haqoyiq, o‘zbek adabiyoti, didaktik she’riyat, axloqiy tarbiya, sabr, halollik, tavoze, kibr, ochko‘zlik, yoshlarga ibrat, ma’naviyat, hikmatli baytlar, tasavvufiy tafakkur. O‘zbek adabiyotining ulkan meroslaridan biri bo‘lgan Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asari unchalik katta hajmga ega bo‘lmasa-da, uning deyarli barcha satrlari falsafiy-didaktik ruhda yozilgan bo‘lib inson hayotida yo‘l ko‘rsatuvchi eng sara yo‘riqnomalardan biri bo‘la oladi. Sababi nazmiy yo‘lda yozilgan ushbu asarda inson hayoti davomida duch keladigan ko‘plab muammolarga yechim berilishi bilan bir qatorda hali duch kelmagan to‘siqlarga qanday yondashish kerakligi haqida bir qancha tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatilgan.1 Tangrim, senga hamdu sano aytaman, Rahmingdan umidvor ming bir qatla man2 deb boshlanuvchi ushbu asar parchasidan ko‘rinib turibdiki,o‘sha zamon an’anasiga binoan har bir didaktik ruhda yozilgan asar, jumladan, ushbu asar ham Tangri taologa hamd-u sano, Hazrati Muhammad alayhissalom va ul zotning izdoshlariga salom bilan 1 Qo‘chqorova N. O‘zbek adabiyotida didaktik asarlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 2 Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-2-bet https://scientific-jl.com 8 6 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali boshlangan. Shuningdek, asarda juda ko ‘p insoniy fazilatlar shu qatorda sabr, halollik, haqiqat yo ‘lini topish va haqqa yetishish kabilar ulug ‘lanishi bilan birgalikda, turli xil insoniy illatlar jumladan, ilmsizlik, baxillik, xasislik va johillik kabilar qoralanadi, shuningdek kimning fitratida bunday illatlarga moyillik bo‘lsa ulardan xalos bo‘lishi lozimligi haqida uqtiriladi va shu yo‘l orqali yoshlarga turli xil tanbehlar beriladi. Ushbu asardagi “Tavozelik manfaati, kibrlik va xarislik zarari haqida” deb nomlangan qismiga to ‘xtaladigan bo ‘lsak, takabburlik asli yomom illat bo‘lganligi tufayli xalqda nafrat qo‘zg ‘atishi, kim o‘zini boshqalardan afzalroqman deb bilsa unga Tangri taolo shavqat qilmasligi aytib o ‘tilgan. Aksincha, tavoze egasi ezgu fazilat sohibida bo ‘lishligini va u mo‘minlik belgisi bo ‘lishini ta’kidlaydi. Ming takabbur bo ‘lgani bilan bir kuni bu dunyoni tark etishini, barcha yig‘ib tergani dunyoning o‘zida qolib ketishini, quyidagi baytlarida qisqacha aytib o‘tadi: Boylik bois ersa ko‘krak kerganing, Manmanliging to‘rt tanga zar ko ‘rganing O ‘lganda yalang‘och ketursan inson Qolib ketar barcha yig‘ib terganing3 shu sababdan, kibr libosining o‘rniga tavoze libosini kiyib mo‘minlik belgisini o‘zida mujassam etishini aytadi. Adib, shuningdek, o‘z asarida ibratli insonlarning hikmatli hayoti haqida ham bir nechta nasixatlarni berib o‘tgan, bularga misol qilib, “Muhammad Payg‘ambarning madhi”, “Odam Ato va Moma Havodan ibrat olish haqida”, “Alayhi Rahma Amir Sayfitdinning ta’rifi” deb nomlangan she’rlarini keltirishimiz mumkin: Adiblar adibi, fozillar boshi, So‘z durların termish — marjonning toshi.4 Ahmad Yugnakiy bu baytda Amir Sayfiddinga yuksak ehtirom ko‘rsatgan holda, uni "adiblar adibi" — ya’ni yozuvchilar orasida eng bilimdon, eng komil inson sifatida ta’riflaydi. "Fozillar boshi" ifodasi orqali esa fazilatli kishilar ichida yetakchi, o‘rnak bo‘ladigan zot ekanini bildiradi. Yugnakiy nazarida haqiqiy adib — bu faqat chiroyli yozuvchi emas, balki axloqiy komillikka yetgan, boshqalarga ibrat bo‘la oladigan insondir. Ikkinchi misra — "So‘z durların termish — marjonning toshi" — juda nozik tashbehga ega. Shoir bu orqali yozuvchining fikrlari so‘zdan terilgan durlarga, ya’ni marvariddek qadrli va chiroyli so‘zlarga o‘xshashini anglatadi. Bu, o‘z navbatida, ilm va adabiy so‘zning naqadar muqaddas va qadrli ekanini ko‘rsatadi. 3 Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-13-14-betlar 4 Ahmad Yugnakiy “Hibatul haqoyiq” asari-23-24-betlar https://scientific-jl.com 8 7 61-son_1-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bugungi yoshlar uchun bu bayt katta saboq: har bir inson o‘z so‘ziga mas’ul bo‘lishi, so‘z bilan yaxshilik qilishga harakat qilishi kerak. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda so‘zning kuchini anglash va uni foydali maqsadlar uchun ishlatish juda muhim.5 Tangri shu soatda unga yor bo‘lsin, Qiyomatda yoronlari — yo‘ldoshi.6 Bu baytda Ahmad Yugnakiy Alayhi Rahma Amir Sayfiddinga faqat dunyoviy hurmat bildirmay, ba

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asarining mazmun-mohiyati, uning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari chuqur tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Ahmad Yugnakiyning “Hibatul Haqoyiq” asarining mazmun-mohiyati, uning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari chuqur tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Alpomish, ma’naviy qadriyatlar, dostonlar, axloqiy shakllanish, Kalit so‘zlar: Xalq og‘zaki ijodi, psixologik yetuklik, maqollar, ma'naviy-axloqiy yo‘l ko‘rsatuvchi manbalar, axloqiy mezonlar tarbiya, o‘zbek ertaklari, ideal qahramonlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники