Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSIY RIVOJLANISHDA MOTIVATSIYANING ROLI VA AHAMIYATI
Vahobova O'g'iloy Tolibjonovna · Hilola Abdukarimova (Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti,PhD.)
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada men shaxsga ta'sir etuvchi motiv kuchi va motivatsiya haqida aytiladi. Kalit so'zlar: shaxs, motivatsiya, motiv, psixolog, xulq-atvor. Motivatsiya- murakkab tuzilma, faoliyatni harakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo'lib, u o'zini mayllar,maqsadlar,ideallar ko'rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab,boshqarib turadi.1 Motivatsiya tushunchasini turlicha ifodalash,motivatsiyaning mazmuni va energetik tomoni haqidagi muhim savol psixologlar tomonidan ifodalab berildi. Xorij psixologlari uchun motivatsiya tushunchasini xarakterli aniq bir tomonlama energetik faollik manbai sifatida qaraladi,ular mazmunli tomoniga e'tibor bermay,aniq mexanizmlar sifatida energiya, boshqaruv va xulq-atvorga taqsimlaydilar. Iearxik, darajaviy tuzilish- bu tizimlilik xususiyatiga ega bo'lgan hodisalarning bir jihatidir. Shu tufayli shaxs motivatsion sohasining iearxiyasini samarali tadqiq etishda asosiy e'tibor esa bu hodisalar tizimliligini tadqiq etishda asosiy e'tibor esa bu hodisalar o'rtasidagi tizimli munosabatlarini o'rganishga qaratilishi kerak. Bu borada R.S Vaysmanning shaxs motivatsion sohasining tizimliligi haqida bildirilgan fikri alohida e'tiborga loyiq. Uning yozishicha, "Motivatsion sohaning tizimliligi- motivatsion o'zgaruvchilar o'rtasidagi aloqadorlik,xilma-xil munosabatlar mavjudligida namoyon bo'ladi. Shunday munosabatlardan biri "ro'yobga chiqarish" munosabati deb atash mumkin. Bu munosabat shuni anglatadiki, har bir ehtiyojning qondirilishida turli motivlar yig'indisining ro'yobga chiqarilishi mumkin. Uchinchi turdagi munosabat shunda namoyon bo'ladiki, har xil ehtiyojlarning qondirilishida bir motiv ishtirok etadi yoki aksincha, bir ehtiyoj qondirilishida turli motivlar qatnashadi. Bu munosabat "o'zaro tobelik" munosabati nomini oldi. Ko'pchilik psixologlarning fikricha, motivatsiya muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammosidir. Shaxs psixologik tuzilishing butunligi,xulq-atvor va uni harakatga keltiruvchi kuchlar o'rtasidagi aloqadorlik motivatsiya muammosini o'rganishda tizimli yondashuvni qo'llash uchun keng imkoniyat yaratib beradi. 1 N.I. Xalilov “Umumiy psixologiya” https://scientific-jl.com 2 0 3 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Rus pxisologlari orasida V.G. Aseevning tadqiqotlarida motivatsion tizim masalasi ancha chuqur o'rganilgan. Uning fikricha, inson motivatsion sohasining ontogenetik taraqqiyoti davomida bu soha tizimli rivojlanishga nisbatan moyillikni namoyon etadi. Bu moyillik V. G. Aseev ko'rsatishicha, stixiyali shakllanuvchi,undovchi kuchlarning kattaroq motivatsion birliklarni o'zaro qo'shilib hosil qilishda namoyon bo'ladi. Motivatsion tizimning birligi sifatida V.G. Aseev undovchi kuchlarni qayd etadi. Bu tushuncha doirasiga u motiv,ehtiyoj, qiziqish,intilish,maqsad, ideal, mayl motivatsion, ustanovka va boshqalarni kiritadi. V. G. Aseev shaxs motivatsion sohasining tuzilishiga katta e'tibor qaratadi. Uning qayd etishicha, inson motivatsion sohasining tuzilishi quyidagi xususiyatlarga ega: situatsion va implusiv undovchilarning yonma-yon joylashganligi,shaxsiy mayllarning mazmun va dinamik sifatlariga ko'ra bir-biriga yaqinligi. Bu xususiyatlar motivatsiyaning tizimli sifatlarini o'rganishda katta ahamiyatga ega2. Hozirgi kunda shaxsiy rivojlanishda motivatsiyaning roli nihoyatda muhimdir. U insonni maqsad sari harakatga undaydi, qiyinchiliklarga bardosh berishga va o‘z ustida ishlashga ruhlantiradi. Motivatsiya orqali inson o‘z salohiyatini ochib beradi, o‘ziga ishonchi ortadi va hayotiy maqsadlariga erishish yo‘lida qat’iyatli bo‘ladi. Shuningdek, motivatsiya doimiy o‘sish va o‘zgarishga turtki bo‘lib, shaxsning o‘zini anglash va o‘z ustida ishlash jarayonida muhim omil hisoblanadi. Rag’batlantirishning (motivatsiya) tashkiliy usullariga quyidagilar kiradi. Tashkilot ishlarida ishtirok etish (odatda ijtimoiy); Yangi bilim va ko’nikmalarni egallash istiqboli; Ish tarkibini boyitish (ish va kasbiy o’sish istiqbollari bilan yanada qiziqarli ishlarni ta’minlash). Motivatsiyaning axloqiy psixologik uslublariga quyidagilar kiradi. Kasbiy g’ururni, ish uchun shaxsiy javobgarlikni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish (ma’lum miqdordagi tavakkalchilik mavjudligi, muvaffaqiyatga erishish qobiliyati); Muammoning mavjudligi, ishda o’zingizni namoyon etish imkoniyatini beradi; E’tirof (shaxsiy va jamoat, shuningdek qimmatbaho sovg’alar, faxriy yorliqlar, faxriy yorliq va boshqalar). Maxsus xizmatlari uchun - ordenlar va medallar, nishonlar, faxriy unvonlarni berish va boshqalar bilan mukofotlash; Odamlarni samarali ishlashga ilhomlantiradigan yuqori maqsadlar (har qanday vazifada qiyinchilik elementi bo’lishi kerak); O’zaro hurmat va ishonch muhiti. Lavozimga ko’tarilish motivatsiyaning o’ziga xos murakkab usuli hisoblanadi. Biroq, bu usul ichki jihatdan cheklangan, chunki, birinchidan, tashkilotdagi yuqori lavozimli lavozimlar soni cheklangan; ikkinchidan, rag’batlanti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada men shaxsga ta'sir etuvchi motiv kuchi va motivatsiya haqida aytiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada men shaxsga ta'sir etuvchi motiv kuchi va motivatsiya haqida aytiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaxs, motivatsiya, motiv, psixolog, xulq-atvor, Kalit so'zlar: shaxs, xulq-atvor.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026