Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM HUQUQI MANBAALARI VA ULARNI OʻRGANISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI.
Odilova Azizaxon Yorqinboy qizi · Xosilova Fotimaxon Islomjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqola, Islom huquqi manbaalari va ularni oʻrganishning asosiy xususiyatlari haqida yoritilib, Islom dini va islom huquqshunosligi o‘zida mukammal hukmlarni mujassam etgan tizim sifatida Sharqdagi bir qator mamlakatlarda davlat va huquq rivojlanishiga, ayniqsa, ushbu mamlakatlardagi inson huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy munosabatlarni ta’minlashga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Islom huquqining asosiy manbalari buyuk huquqshunoshlar ya’ni faqihlar tomonidan yakdillik bilan tan olingan. Usulul-fiqhda manbalar “adilla” (dalillar) atamasi bilan ifodalanadi. Kalit so‘zlar: Islom huquqi, Qur’oni karim, Payg‘ambar, sura, oyat, sunnat, ijmo, qiyos, fiqh, manba, qonun, dalil, huquq. XX asrning ikkinchi yarmi xalqaro huquqning rivojlanishida yangi sifat bosqichini boshlab berdi. Bu xalqaro-institutsional tizimning takomillashuvida, norma ijodkorlik jarayonidagi tub o‘zgarishlarda, xalqaro huquq manbalari tizimining kengayishida, xalqaro huquq subyektlari sonining oshishida yaqqol aks etdi. Fan- texnika sohasidagi misli ko‘rilmagan yutuqlar, uchuvchi va suzuvchi qurilmalarning yangi avlodi, yirik inshootlar va qudratli intellektual salohiyatga ega mikrosxemalarning paydo bo‘lishi xalqaro-huquqiy munosabatlar tizimini murakkablashtirdi. Xalqaro huquqning yangi obyektlari vujudga keldi. Asrimiz boshidagi globallashuvning yangi to‘lqini barcha sohalarda bo‘lgani kabi xalqaro huquq istiqboliga ta’sir etuvchi omillar qamrovini kengaytirdi. Xalqaro huquqning universallashuvi, ya’ni umumbashariy ko‘lam kasb etish jarayoni yanada kuchaydi. Endilikda xalqaro huquq normalari oddiy individlarning huquqlarini himoya qilish barobarida ularning kundalik hayotiga tobora chuqurroq ta’sir ko‘satmoqda. https://scientific-jl.com 2 4 4 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Individ xalqaro huquq subyektiga aylandi, deyish uchun barcha asoslar yetilib kelmoqda. Islomning gumanistik g‘oyalari islom xalqaro huquqi – siyarga singdirilgan. “Siyar” tushunchasi islom millatining boshqa xalqlar bilan xalqaro aloqalariga oid qoida va usullarining umumiy majmuidir yoki musulmonlarning xoh davlatlar, xoh individlar miqyosida bo‘lsin, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar bilan aloqalarida rioya etilishi lozim bo‘lgan qoidalarni belgilab beruvchi islom huquqining alohida sohasidir. Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, islom xalqaro huquqini uch xil ma’noda tushunish lozim. Birinchidan, islom xalqaro huquqi bu – XX asrga kelib to‘liq shakllangan va bugungi kunda samarali amal qilib kelayotgan universal xalqaro huquqdan bir necha yuz yilliklar oldin, VIII-X asrlarda paydo bo‘lib, qariyb ming yil davomida musulmon davlatlarining o‘zaro va ularning boshqa madaniyatga mansub davlatlar va xalqlar bilan aloqalarini tartibga solib kelgan huquqiy tizimdir. Universal xalqaro huquqning shakllanishi natijasida u global ahamiyatini yo‘qotdi va bugungi kunda ayrim islom davlatlari orasida muayyan sohalardagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi mintaqaosti huquqiy tizimga aylandi. Biroq uning asosiy tamoyillari va qoidalari universal xalqaro huquqqa singdirilgan hamda ular xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda hanuz foydalanib kelinmoqda. Bu musulmon davlatlari bilan tuziladigan xalqaro shartnomalarda, odat huquqida, xalqaro sud amaliyotida va boshqa shakllarda ko‘zga tashlanib turadi. Ikinchidan, islom xalqaro huquqi – xalqaro-huquqiy amaliyot tajribasi va islom xalqaro-huquqiy doktrinasi asosida shakllangan ta’limotdir. Mazkur ta’limot islom xalqaro huquqining asosiy mazmun-mohiyati, tamoyillari, rivojlanish qonuniyatlari va istiqbolini belgilovchi qarashlarni o‘zida aks ettiradi. Bu ta’limotning shakllanishida Markaziy Osiyolik mutafakkirlarning hissasi ulkan bo‘lgan. Uchinchidan, islom xalqaro huquqi islom huquqining alohida tarmog‘i sifatida mustaqil fandir. Bu fan hozirgi kunga qadar musulmon davlatlarining nufuzli universitetlari qoshidagi huquq fakultetlarida o‘qitib kelinmoqda. Ma’lumki, o‘rta asrlar sharoitida ilm-fan, madaniyat, san’at, yoinki ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalari diniy-mafkuraviy qobiqda rivoj topgan. Islom xalqaro huquq ta’limoti ham islom va uning huquqiy ustqurmasi bo‘lmish islom huquqi bilan bir o‘zanda rivojlangan. Xalqaro huquqqa islom huquqi va shariat normalarining ichki huquqiy makondan yanada kengroq maydonda va ko‘lamda tatbiq etilishi sifatida qaralgan. Shariat normalarining islom huquqining ichki makonidan tashqaridagi yangi maydon (xalqaro huquq)ga ko‘chishi “tavassu’”, ya’ni “yoyilish” texnikasi orqali amalga oshirilgan va tushuntirilgan. Ayni paytda, diniy mafkura faqat islomdagina mavjud bo‘lgan omil emas. Butun o‘rta asrlar tadriji davomida nasroniy diniy mafkurasi ham Yevropa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va https://scientific-jl.com 2 4 5 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ilmiy hayotida yetakchi rol o‘ynagan. Buyuk Britaniya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola, Islom huquqi manbaalari va ularni oʻrganishning asosiy xususiyatlari haqida yoritilib, Islom dini va islom huquqshunosligi o‘zida mukammal hukmlarni mujassam etgan tizim sifatida Sharqdagi bir qator maml…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola, Islom huquqi manbaalari va ularni oʻrganishning asosiy xususiyatlari haqida yoritilib, Islom dini va islom huquqshunosligi o‘zida mukammal hukmlarni mujassam etgan tizim sifatida Sharqdagi bir qator maml… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijmo, manba, dalil, fiqh, qonun, sunnat, Qur’oni karim, sura, huquq., oyat, Payg‘ambar, Kalit so‘zlar: Islom huquqi, qiyos
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025