Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK YILLARIDA QURONNI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILINISHI VA TAVSIRLARI.
QILINISHI VA TAVSIRLARI. · Muqimjonova Gulshanoy · Sodigʻaliyev Ibrohimjon
Исследователь · 2008
Аннотация
Ushbu maqola, mustaqillik yillarida Qur’onni o‘zbek tiliga tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan. Qur’onning 2008 yilda Moskvada Elmar Kuliev tarjimasi va izohlari bilan chiqqan nashrida bu muxtasar oyat “V tot den kogda nebo stanet podobno rasplavlennomu metallu (ili usadku masla, ili krovavomu gnoyu)” (s.574), deb g‘oyatda umumlashtirib, chalg‘itib talqin etiladi. Qur’on asliyatidagi “kal-muxli” birikmasining qaysi bir tarjimasi to‘g‘ri? To‘rt tarjimon uni “eritilgan mis kabi” deb talqin etadi. Nisbatan yangi va to‘la jiddiy Qohira nashrida “eritilgan kumush kabi”, deb o‘giriladi. Kalit so‘zlar: Qur’on, mustaqillik, tartib-intizom, kal-muxli, xudo, sura, qiroat, tajvid,muxtasar qur’on, din. Xudo har bir insonga uning bo‘yin tomiridan ham yaqin deyilgan. Xuddi shuningdek, Allohning kalomi ham har bir insonga shunday yaqin. Xudoning o‘zi mehr bilan yaratgan va tarbiyalagan Insonga yetkazgan So‘zlari — pandu nasihatlari, yashamoq yo‘l-yo‘riqlari, tartib-intizomlari, man etganlari hamda buyurganlari, iroda etmish barcha hukmlarini inson qanchalar teran tushunib, anglab yetsa, ular haqida butun aqlining kuchini ishlatib o‘ylasa, fikr yuritsa, o‘z hayotini hidoyat asosiga qursa, Alloh bilan Inson o‘rtasida yaqinlik hamda Kalom bilan Inson o‘rtasida yaqinlik shunchalar ortib boradi. Alloh o‘zi aytmoqchi, faqat Yaxshilikka buyuradi, yomonlik va turli razolatlar, qonxo‘rlik va turlicha nafs tug‘yonlaridan, ularning fojiali oqibatlaridan qaytaradi. Qanchadan-qancha odamzod qavmlari qabohat chohiga botib ketdi. Yer yuzi sayyora miqyosida ne-ne to‘fonlar, zilzilalar, mangu sovuq, mangu issiqlar girdobida qayta-qayta bino bo‘ldi. Keyingi zamonlardagi Birinchi va Ikkinchi jahon urushi qirg‘inlari, tirik jonzotlar uzra yadro qurollarining portlatilishi, ularning yerni mahv https://scientific-jl.com 2 4 9 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali etish maqsadida tinimsiz sinab ko‘rilishi, din niqobi ostida yovuz tajovuzlarning avj olishi — bular bari Oxirzamon nishonalaridir. Yer kurrasini Shimoliy va Janubiy Qutblarning tarang muzliklari mustahkam tutib turadi. Endilikda ayrim buyuk davlatlar shu ikki Qutb tagidagi boyliklarning zahiralarini talash va birdan-bir makonimiz bo‘lmish sayyoramizni tuxum po‘chog‘idek qilib qo‘yish rejalarini tuzib, bir-birlari bilan kon, joy talashmoqda. Sayyoramizni bunday talon-taroj qilishga urinishlar — og‘ir zamonlarning nishonalaridir. O‘z-o‘zidan Qiyomat hech qachon bo‘lmagay. U faqat razolat so‘ng nuqtaga ko‘tarilgandagina va Inson shu go‘zal sayyorada umrguzarlik qilishga noloyiq, nobop bo‘lib qolgan oxirgi palladagina ro‘y beradi. Qur’onning har bir oyati shundan darak beradi va ogohlantiradi. Umid shundaki, bunday razolatlardan saqlanish va o‘zni tiyish odamlar va ularning hozirgi zamon jamiyatlarining o‘z qo‘lida, irodasida. Alloh buning ibratlari va saboqlarini Mehribonlik kitobi bo‘lmish Qur’onda ta’sirli qissalar, ibratli masalalar, Inson aqlini quvvatlantiruvchi hikmatlar va mav’izalarda Rahm qudrati bilan aytib o‘tadi. Istiqlol tufayli O‘zbekistonda Qur’on va muqaddas hadislarni nashr etish, tushunishning yangi zamoni boshlandi. Qur’onni bilish va yuraklarga jo etishning yangi davri keldi. Qur’onga rioya etish, uning hidoyatiga ergashish, to‘la bahramand bo‘lish vaqti yetdi. anday saodatli ziyomand zamonlar yetishib keldiki, arab tili, islom ilmi, madaniyati, tarixi, diniy va dunyoviy ahkomlari, ularning zamona kishilari hayot tarzidagi o‘rnini yaxshi bilgan arab tili bilimdonlari — allomalar tomonidan Qur’onning sharhlar bilan ta’minlangan “ma’nolar tarjimalari” amalga oshirildi. O‘zbekistonda yashovchi kishilar ilk bora Qur’on ma’nolari, ilohiy ohanglari, timsollari, mo‘‘jiza o‘gitlari okeaniga o‘z ona tili qudrati, poetik salohiyati to‘lqinida yetishib bordilar. Tubsiz ma’nolarni ilgari faqat g‘avvos mutasavviflar, qilni qirq yorgan ulamolar, darveshlar, faqihlar, qoriyu qurrolargina anglab bilgan bo‘lsalar, endi Allohning sara kishilargagina emas, jamiki o‘zi yaratgan, tarbiyalagan insonlarga qarata aytgan xos so‘zlarini xalqning keng vakillari, qatlamlari bilish, tushunishlariga azim, erkin yo‘llar ochildi. Islomning nimaligini mullalarning og‘zaki bayonlari, sharhlari, tushuntirishlari va o‘ziga yarasha tushunchalari orqali eshitgan, bilgan kishilar endi o‘zlari, o‘z savodlari darajasida, ishtiyoqlari qadr qilgancha Qur’on va Hadis ichiga kirib boryaptilar. Albatta, tarjima har qancha mukammal bo‘lmasin, hech qachon u asliyatning o‘rnini bosolmaydi. Tarjima asliyatga tenglasholmaydi. Ibodatda esa asliyat o‘rniga o‘tmaydi. Asl ohang, asl so‘z va asl sir-sinoat doim asliyatning o‘zida. Islomda ibodatlarni asliyat birla ado etish bu mislsiz ne’mat! Shular bilan birga Qur’on yolg‘iz arab tilli xalqlarning emas, Yer yuzidagi barcha xudojo‘y, pokdil, yaxshilik tuyg‘usi bilan yashaydiganlar va umrlarni shular https://scientific-jl.com 2 5 0 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola, mustaqillik yillarida Qur’onni o‘zbek tiliga tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola, mustaqillik yillarida Qur’onni o‘zbek tiliga tarjima qilinishiga oid mabaalar bilan yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Qur’on, din., qiroat, tartib-intizom, tajvid, muxtasar qur’on, kal-muxli, sura, mustaqillik, xudo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026