К содержанию
РецензированоUZ2026

MOY TOZALASH FILTRLARI, ULARNING TUZILISHI VA ISHLASHI

O’roqov Asliddin Azamat o’g’li · Ilmiy rahbar: Mirzakarimov Rustambek (Andijon mashinasozlik instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada moy tozalash filtrlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari ko‘rib chiqiladi. Moy tozalash filtrlari, asosan, avtomobil va sanoat mexanizmlarida ishlatiladigan muhim komponentlardir. Ular moyni ifloslantiruvchi moddalar va zarrachalardan tozalash orqali mexanizmlarning samarali ishlashini ta'minlaydi. Filtrlar turli materiallardan tayyorlanadi va ularning tuzilishi ko‘pincha qatlamli yoki kompozit bo‘lishi mumkin. Kalit so'zlar. moy tozalash filtrlari, tuzilish, ishlash prinsipi, avtomobil mexanizmlari, sanoat uskunalari, ifoslantiruvchi moddalar, qatlamli filtrlar, kompozit materiallar. Kirish. Ichki yonuv dvigateli ishlayotganda karterga havo bilan birga kirgan atmosfera changi va nami, detallarning yeyilish mahsullari, moy, uning qo‘shilmalari va yonilg‘i oksidlanishi natijasida yuzaga kelgan uglerod cho‘kindilari, IYoD ni yig‘ish, tuzatish, texnik xizmat ko‘rsatish paytida unga kirib qolgan begona zarralar, ichkarida bo‘lgan va moy oqimlari chiqarib tashlagan texnologik qoldiqlar (qirindi, qasmoq, qum), suv hamda yonilg‘ining oltingugurtli birikmalari ta’sirida materiallarning korroziyalanish mahsullari va shu kabilar moy- ni ifloslantiradi. Bularning hammasi moylash sistemasidagi o‘tish yo‘llariga tiqilib qolib, uning ish rejimini buzadi, harakatlanuvchi detallar orasidagi tirqishga kirib qolib, uzellar ishini buzadi va detallarning abraziv yeyilishiga sabab bo‘ladi. Ularni yo‘qotish, binobarin, IYoD ning ishonchli ishlashini oshirish va xizmat muddatini uzaytirish, uning ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun moylash sistemasi moyni tozalay-digan tuzilmalar bilan ta’minlanadi. Mavjud IYoD larda moyni ikki bosqichli tozalash — dag‘al va mayin tozalash qo‘llaniladi, 0,4—0,5 mm gacha va bundan katta o‘lchamli zarralarni tutib qolish uchun dastlabki tozalash bu hisobga kirmaydi. Moyni dag‘al tozalash filtrlari nasos bilan asosiy magistral oralig‘iga ketma-ket ulanadi va 0,03—0,09 mm o‘lchamdagi zarralarni tutib qolishga mo‘ljal-langan. Konstruksiyasiga ko‘ra ular to‘rli, lenta tirqishli va plastina-tirqishli bo‘ladi. Ularni muntazam ravishda yuvib va tozalab turish talab qilinadi. O‘z-o‘zidan tozalanadigan filtrlar ham bor. Filtr elementi ifloslanganda yoki past haroratli sharoitda moy quyuqlashganda, magistralga https://scientific-jl.com 2 6 4 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali moy kelmay qolishining oldini olish uchun mayin tozalash filtrlariga qayta o‘tkazuvchi klapanlar o‘rnatiladi. O‘lar moyning ichki qarshiligi ortganda, filtrlovchi elementni chetlab o‘tib, uni sistemaga yo‘naltiradi. Qayta o‘tkazuvchi klapan ochilganda bosim 0,08—0,12 MPa atrofida o‘zgaradigan qilinadi. 0,5—1 mkm dan yirikroq zarralarni tutib qolish uchun moyni mayin tozalashda tirqishli (kartondan), sirtli (qog‘ozdan) yoki hajmiy (yog‘och unidan, kamdan-kam hollarda ip gazlamadan)) filtrlovchi elementlar qo‘llaniladi. Mazkur elementlar belgilangan vaqt davomida ishlatilganidan so‘ng almashtiriladi. Karton elementlar dasta qilib yig‘ilgan shtamplangan plastinalardan iborat bo‘ladi. Ularning xizmat muddati nisbatan qisqa (100—200 soat) va ichki qarshiligi yuqori bo‘ladi. Sirtli qog‘oz elementlar qog‘ozning maxsus navlaridai tayyorlanadi va IYoD da moyni mayin tozalash uchun keng qo‘llaniladi. Filtrlash sirtining yuzini kattalashtirish uchun qog‘oz parda ko‘p qirrali yulduz ko‘rinishida burmali qilib tayyorlanadi. Bu turdagi filtrlar ichiga qayta o‘tkazuvchi klapanlar joylangan zich berkiluvchi qalpoqlarga o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda moyni mayin tozalovchi tuzilmalar sifatida, ko‘pincha rotor asosidagi gidravlik yuritmaga ega bo‘lgan sentrafugalardan foydalaniladi. Ularda nasos uzatadigan moyning bir qismi ichki qalpoqni aylantirish uchun ishlatiladi. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida ajralgan zarralari ana shu qalpoq devorlariga o‘tiradi. Bunda IYoD detallarini eng ko‘p yeyiltiradigan yirik qattiq zarralar moydan eng yaxshi ajratiladi. Dvigatelning ish rejimlarida moy qizigan holatda sentrafuga qalpog‘i 5000—8000 min1 chastota bilan aylanib, ifloslantirgichlarning zarur mayinlikda ajratilishini ta’minlaydi. Mayin tozalash filtrlari kabi sentrifugalar ham sistemadagi asosiy moy oqimiga parallel qilib yoki ketma-ket qilib, ya’ni o‘zidan butun oqimni o‘tkazadigan qilib ulanishi mumkin. Moy tozalash filtrlari har bir ichki yonuv dvigatellarida mavjud bo‘lib, moylash tarmog‘iga tashqaridan tushadigan yoki dvigatelning o‘zida foydalanish jarayonida vujudga keladigan zararli qo‘shimchalardan holi qilish uchun ishlatiladi. Moy filtrlari to‘la oqimli (tarmoqda harakatlanayotgan moyning ko‘p qismi filtrdan o‘tkaziladi) va to‘la bo‘lmagan oqimli (10..15 foiz moy filtrdan o‘tkaziladi) bo‘ladi. Odatda to‘la oqimli filtrlar dag‘al filtr bo‘lib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi va moy nasosi bilan asosiy moy yo‘li oralig‘ida joylashadi. Dag‘al filtrlarni tozalash aniqligi taxminan 38-45 mkm bo‘ladi. Plastinka-tirqishli tozalovchi ayrim-ayrim qismli dag‘al filtr (2-rasm) moyning

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada moy tozalash filtrlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada moy tozalash filtrlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moy tozalash filtrlari, tuzilish, ishlash prinsipi, avtomobil, Kalit so'zlar. moy tozalash filtrlari, avtomobil mexanizmlari, qatlamli filtrlar, ifoslantiruvchi moddalar, kompozit materiallar., sanoat uskunalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники