Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLANING PSIXIK RIVOJLANISHIDA ONA TILINING OʻRNI
INSON ONGIGA TAʼSIRI.
Исследователь · 2026
Аннотация
This article analyzes the influence of the stories presented in Yusuf Khass Hajib's "Qutadghu Bilig" on human thinking and consciousness. Through these stories, the author conveys moral, social, and philosophical ideas that guide individuals toward the right life path, help them make wise decisions, and encourage them to understand their place in society. The advice and lessons expressed in the form of stories, based on centuries-old experience, play a significant role in shaping both the mind and soul of a person. Kalit soʻzlar: Qutadgʻu bilig, hikoya, axloqiy tarbiya, inson ongi, tafakkur, falsafa, pand-nasihat. Ключевые слова: Кутадгу билиг, рассказ, нравственное воспитание, сознание человека, мышление, философия, наставление. Keywords:Qutadghu Bilig, story, moral education, human consciousness, thinking, philosophy, advice. Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari Sharq adabiy-falsafiy tafakkurining bebaho yodgorligi bo‘lib, unda qadimiy turkiy xalqning axloqiy-ijtimoiy qadriyatlari, davlat boshqaruvi, odil jamiyat barpo etish g‘oyalari hikoyalar orqali teran ifodalangan. Asar ko‘p qirrali mazmuni bilan nafaqat adabiy meros, balki inson psixologiyasi, tafakkuri va ongi rivoji uchun ham ahamiyatlidir. https://scientific-jl.com 6 3 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali “Qutadgʻu bilig”da keltirilgan hikoyalar inson ongi va ruhiy dunyosini shakllantirishda kuchli vosita bo‘lib xizmat qiladi. Hikoya shaklida bayon etilgan pand-nasihatlar inson tafakkuriga bevosita taʼsir etadi va uni ongli ravishda hayotiy haqiqatlarga yo‘naltiradi. Hikoyalar orqali insoniyatga qadimdan maʼlum bo‘lgan universal qadriyatlar — adolat, donishmandlik, vafodorlik, mehnatsevarlik va axloqiy tozalik tushunchalari singdiriladi. Asarda hikoya qahramonlari ramziy maʼno kasb etadi. Masalan, Kuntug‘di — adolatni, Ayto‘ldi — baxt va davlatni, O‘zg‘urmish — aql va tafakkurni, O‘dulg‘ esa ruhiy poklik va qoniqishni ifodalaydi. Hikoyalar davomida ushbu obrazlar orqali inson hayoti va jamiyat rivojida eng muhim qadriyatlar tahlil qilinadi. Qahramonlar orasidagi muloqot, so‘zlashuv shaklida berilgan hikoyalar ko‘p hollarda falsafiy muloqot xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchini fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarishga undaydi. Bu hikoyalar inson ongiga ijobiy taʼsir ko‘rsatib, tafakkur tarbiyalaydi, axloqiy yuksalishga xizmat qiladi. Hikoyalardagi mavhum va umumiy ko‘rsatmalar emas, balki hayotiy misollar asosida bildirilgan pand-nasihatlar o‘quvchi ongida real voqeliklar bilan bog‘lanib, mustahkam iz qoldiradi. Shu jihatdan "Qutadgʻu bilig"dagi hikoyalar nafaqat maʼnaviy tarbiya, balki dunyoqarashni kengaytirish, shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar majmuasi sifatida eʼtirof etiladi. Yusuf Xos Hojib asaridagi hikoyalarda ijtimoiy adolat, rahbar va xalq orasidagi aloqalar, odamiylik va vijdoniylik tamoyillari yetakchi o‘rin egallaydi. Hikoyalarda insonning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati keng ochib beriladi. Ayniqsa, qahramonlar hayotiy tajriba asosida bildirilgan fikrlari bilan inson ongi va yuragiga kirib boradi, uni o‘ylash va anglashga majbur etadi. Shuningdek, “Qutadgʻu bilig”dagi hikoyalar zamonaviy psixologik tarbiya nazariyalariga ham uyg‘un keladi. Asarda keltirilgan hikoyalarning asosiy g‘oyasi shundaki, inson o‘z tafakkurini doimiy rivojlantirib, hayotiy qarorlarni puxta o‘ylab qabul qilishi kerak. Faqat bilim emas, balki aql-idrok va axloqiy mezonlar asosida to‘g‘ri yashash inson hayotining poydevorini mustahkamlaydi. Shu bois, "Qutadgʻu bilig"dagi hikoyalar inson ongi va qalbini shakllantirishda qadimdan buyuk tarbiya vositasi bo‘lib kelgan. Ushbu asar nafaqat o‘tmish avlodlar uchun, balki zamonaviy insoniyat uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, balki aksincha, maʼnaviy o‘sish va barkamollikka yetishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" asarida keltirilgan hikoyalar, o‘z zamonasining hayotiy haqiqatlarini chuqur anglagan holda inson tafakkurini shakllantirish, uning ma’naviy va axloqiy yetukligini ta’minlashga xizmat qiluvchi noyob manbadir. Ushbu asarda hikoyalar orqali inson ongi va qalbiga kuchli ta’sir https://scientific-jl.com 6 4 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ko‘rsatish, uni hayotiy muammolarni hal qilishda mustaqil fikrlashga va oqilona qaror qabul qilishga o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Asardagi hikoyalar nafaqat shaxsiy kamolot, balki ijtimoiy ong va jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri anglash masalalarini ham keng yoritadi. Insonni axloqiy me’yorlarga rioya qilish, jamiyatda adolat, vafodorlik, halollik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni qadrlashga, ularga amal qilishga undaydi. Bu jihatlar insonni yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lish sari yetaklaydi. Hikoyalar inson ongi va tafakkurining faollashishiga, hayotiy tajribani anglash va o‘z fikrini mustaqil shakllantirish ko‘nikmasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Ular orqali kishilar o‘zaro mu
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the influence of the stories presented in Yusuf Khass Hajib's "Qutadghu Bilig" on human thinking and consciousness.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the influence of the stories presented in Yusuf Khass Hajib's "Qutadghu Bilig" on human thinking and consciousness. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qutadghu Bilig, story, moral education, human consciousness, ijtimoiy moslashuv, tafakkur, psixik rivojlanish, muloqot, Kalit so‘zlar: ona tili, bola, til va tafakkur.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025