Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISSASI RABG’UZIYDAGI NUH QISSASI VA QUR’ONI KARIM THE STORY OF NOAH IN THE RABGUZI AND THE HOLY QURAN
Yo’ldoshboyeva Durdona Muxiddin qizi (Andijon davlat pedagogika instituti filologiya fakulteti talabasi)
Исследователь · 2026
Аннотация
This article discusses the life, calling, and historical mission of Noah, one of the great prophets of Allah. The article provides information about Noah's (a.s.) calling his people to believe in Allah, their denial, the flood, and Noah's (a.s.) patience and steadfastness in faith. The article is also based on the "Story of Rabghuzi" and its commentary, and it also presents analytical thoughts on the lessons that can be learned from Noah (a.s.) and their importance in our lives today. Kalit so’zlar: Paygʻambar, Iblis, Kofir, zolim, Nuh, oyat, Som, Xom, Yofas, osmon. Key words: Prophet, Devil, Infidel, Tyrant, Noah, verse, Shem, Ham, Japheth, sky Nuh payg’ambar alayhissalom insoniyat tarixidagi eng buyuk payg’ambarlardan biridir. U zot Alloh tomonidan elchi qilib yuborilgan va o’z qavmini to’g’ri yo’lga chiqarishda ulkan sabr va matonat ko’rsatgan. Qur’oni Karimda Nuh alayhissalom haqida Moida, Qamar, Xud, yana bir necha suralarda batafsil hikoya qilinadi, hatto unga bag’ishlangan alohida sura – “Nuh” surasi ham mavjud. Nuh nabiy ibn Malik ibn Idrisdir. Onasining oti Shamxo binti Anursh edi. Nuhdan Odamga qadar o’n ota o’tdilar, hammalari musulmon bo’lganlar. Surada Nuh alayhissalom o’z qavmini imonga da’vat qilgan kezlarida ulardan ko’rgan jabru jafolari va oxiri tavfiq topmagan kofir qavmlarining tug’yoni avj olib ketgandan keyin ularning haqlariga duoyi bad qilganlari to’g’risida oyatlar bor. Bu haqida asarda, “ Kunlardan bir kun Iblis dedi: - ey Nuh, menga sherik qilding. Agar sheriklarim, qo’ldoshlarim, askarlarim yig’ilib kelsa, bu yerga sig’mas edilar. - Sherik qilganim nimadir? – so’radi Nuh. – Sen duo qilganding, qavming halok bo’ldi. Hammasi jahannam ichra menga qo’ldosh bo’ldilar. Sabr qilganingda ba’zilari imon keltirardi, shu afzal edi, - https://scientific-jl.com 7 0 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali dedi Iblis. – Ey koshik, koshki sabr qilgan bo’lganimda ba’zilari musulmon bo’lardi, menga bunday ta’na tegmas edi, - deya Nuh tun-u kun nola qiladi” . Nuh alayhissalom iymonga da’vat qildi: -Allohning yagonaligiga iymon keltiring, mening payg’ambarligimga iqroq bo’ling! Kofirlar esa Uni ura boshladilar. Shu qadar urdilarki, suyaklari sindi, siniq suyaklari teri ichidan behad darajada qaqshardi, bunga chidash qiyin edi. Yotsa, kechasi bilan Alloh taolo unga shifo berar edi, kun sayin Jabroil alayhissalom kelib, da’vatga buyurishini aytar edi. Nuh alayhissalom o’z qavmini kechasi-yu kundizi da’vat qildi. Lekin ular quloq solishmadi. Nuh alayhissalom har xil usullarida (maxfiy gapirdilar, ochiq gapirdilar, baqirib gapirdilar,) da’vat qilsa ham foyda bermadi. Ellik kam ming yil da’vat qilgani haqida asarda ham keltirib o’tilgan. “Ankabut” surasining 14-oyatida ham Nuh alayhissalom 950 yil payg’ambarlik qilgani haqida ma’lumotlar bor. Nuh alayhissalomning necha yil umr ko’rgani to’g’risida turli xil tafsirlar mavjud. “ Biz Nuhni o’z qavmiga (payg’ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo’lgan hollarida to’fon (balosi) tutdi” {Ankabut surasi, 14-oyat}. Shuncha yil da’vat qilishiga qaramasdan, oz sonli odamlar unga ergashadilar. Xattoki o’z xotini ham kofir edi. Nuhning umidi uzildi, ko’ngli og’ridi, duo qildi: “ Parvardigoro, yer yuzida birorta kofirni qoldirmagin”. Alloh taolo Nuh alayhissalomning bu duosini qabul qildi. Shundan so’ng Alloh kema yasashini vahiy qiladi. Jabroil alayhissalom Nuh alayhissalomga kema yasashni o’rgatib turadi. Rivoyatlarga ko’ra, kemaning uzunligi 1 km edi. Uni taxminan 100 yilda qurib tugatdi. Kemani tog’ning ustiga quradi. Hadislarda ham, “ Qissasi Rabg’uziy” asarida ham keltiriladi. Kofirlar kema yasayotkanini ko’rib masxara qilar edilar: - “Sen payg’ambar eding, endi duradgor bo’lib qolding!” buni nima qilmoqchisan o’zi?! - Kema qilyapman, unga minib, suv ustida suzarman, - dedi Nuh ularning so’rog’iga javoban. - Egar yo’narsanmi, avval eshak olgil, deb kulishadi. “qachon uning yonidan qavmning raislari o’tsa, uni masxara qilar edilar”. - Nuh dedi “ Agar sizlar bizni masxara qilsalaringiz, bizlar ham sizlar kabi masxara qilamiz. Juda tezda bilasizlar”. - To’fon vadasi qachon bo’lur? – so’radi Nuh. - Qachonki, tandiring ichidan suv chiqsa, balki azob kelgan turur, - degan xitob keldi. Kema bitdi, u uch qavat edi (birinchi qavatida chorva hayvonlari, ikkinchisida Nuh qavmi, uchinchisida qush-u qurtlar joy olgandi). Kema bitgach, Nuhning kofir xotini non pishirayotgan chogʻda tandir ichidan suv chiqdi. U kelib Nuhga xabar qildi. https://scientific-jl.com 7 1 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Nuh oʻsha sakson kishi bilan kemaga chiqdi. Shunda farmon keldi: (Oyat) “Mindir kemaga har xil jonivorlardan bir er va bir urgʻochisini va ahlingni ham. Yana oʻgʻlonlaringni ham chiqargil!” Kemaning oldida hayvonlar juft bo’lib turardi. Undan keyin yerdan buloqlar otilib chiqadi, osmon ochilib
Доказательный фрагмент
«This article discusses the life, calling, and historical mission of Noah, one of the great prophets of Allah.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the life, calling, and historical mission of Noah, one of the great prophets of Allah. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Prophet, Devil, Infidel, Tyrant, Noah, verse, Shem, Ham, Japheth, Iblis, zolim, Som, Xom, osmon., Nuh, Kofir, Yofas, oyat, Kalit so’zlar: Paygʻambar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026