К содержанию
РецензированоRU2026

ONTOGENEZDA SHAXSIY O‘ZGARISHLAR VA IJTIMOIY MUHITNING ROLI

Maxamadjonova Xadicha

Исследователь · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются этапы психологического и социального развития личности человека в процессе онтогенеза. Анализируются характерные психические изменения на каждом этапе развития, их причины и последствия на основе научных теорий. Также рассматривается роль социальной среды — семьи, школы и общества — в формировании личности. Освещается влияние взаимодействия биологических и социальных факторов на развитие личности. В заключение подчеркивается важность изучения онтогенеза. Kalit so‘zlar: Ontogenez, shaxsiy o‘zgarish, psixologik rivojlanish, ijtimoiy muhit, oila, Vygotskiy, Erikson, Maslow, psixososial rivojlanish, bio-psixo-ijtimoiy model. Keywords: Ontogenesis, personal change, psychological development, social environment, family, Vygotsky, Erikson, Maslow, psychosocial development, bio- psycho-social model. Ключевые слова: Онтогенез, личностные изменения, психологическое развитие, социальная среда, семья, Выготский, Эриксон, Маслоу, психосоциальное развитие, биопсихосоциальная модель. https://scientific-jl.com 7 8 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Inson hayoti biologik va psixologik rivojlanishning uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlaridan tashkil topgan. Bu jarayonlardan biri — ontogenez — tug‘ilishdan to o‘limgacha bo‘lgan davrdagi individual rivojlanish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Ontogenez jarayonida inson organizmi shakllanadi, o‘zgaradi va muhitga moslashadi. Psixologiyada ontogenez faqat fiziologik o‘zgarishlar bilan emas, balki shaxsning psixik va ijtimoiy rivojlanish jihatlari bilan ham bog‘liq holda o‘rganiladi. Bu maqolada ontogenez davomida yuz beradigan shaxsiy o‘zgarishlar, shuningdek, ijtimoiy muhitning ushbu o‘zgarishlarga ta’siri haqida ilmiy nuqtai nazardan fikr yuritiladi. Ontogenez bosqichlarida shaxsiy o‘zgarishlar. Ontogenezda shaxsiy o‘zgarishlar asosan quyidagi bosqichlarda kuzatiladi: chaqaloqlik, go‘daklik, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, kattalik va keksalik. Har bir bosqichda o‘ziga xos psixik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Chaqaloqlik va go‘daklik davri — bu bosqichda bolada reflektor harakatlar, sezgi organlarining faoliyati shakllanadi. Psixolog Lev Vygotskiy fikricha, aynan bu davrda bola ijtimoiy muhit ta’sirida nutqqa asos soladi va asosiy psixik funksiyalar rivojlana boshlaydi. Bolalik va o‘smirlik davri — bu bosqichda shaxsiyat shakllanishi kuchayadi, ichki motivlar va axloqiy normalar rivojlanadi. Erik Erikson o‘zining psixososial rivojlanish nazariyasida bu davrni “identitetga erishish” bosqichi deb atagan. Bola o‘zini anglashga va ijtimoiy rollarni egallashga intiladi. O‘spirinlik va kattalik davri — bu davrda shaxsiy qadriyatlar, mustaqillik va hayotiy qarorlar shakllanadi. Abraham Maslow nazariyasiga ko‘ra, aynan shu bosqichda inson o‘zini o‘zlashtirish, ya’ni “samoaktualizatsiya”ga intiladi. Keksalik davri — hayotiy tajribaning to‘plangan bosqichi bo‘lib, bu davrda inson o‘z hayotini tahlil qiladi, ma’naviy ehtiyojlar kuchayadi. Erikson bu bosqichni “integratsiyaga erishish” deb atagan. Ijtimoiy muhitning ta’siri. Shaxsning ontogenez davomida qanday shakllanishi ko‘p jihatdan uning atrof-muhiti bilan bog‘liq. Psixologik rivojlanishning asosiy komponentlaridan biri bu — ijtimoiy omillardir. Vygotskiy ta’kidlaganidek, “rivojlanish madaniy vositalar yordamida sodir bo‘ladi”. Oila, ayniqsa dastlabki bosqichlarda, asosiy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Bola ona bilan aloqa qilish orqali ishonch hosil qiladi, bu esa keyinchalik sog‘lom psixik rivojlanishning asosi bo‘ladi. Maktab muhitida esa shaxsning aqliy salohiyati, kommunikativ qobiliyatlari shakllanadi. O‘qituvchi va tengdoshlar bilan bo‘lgan munosabatlar ijtimoiylashuv jarayonining markaziy qismidir. https://scientific-jl.com 7 9 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Jamiyat ham insonning shaxs sifatida shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyat, din, qadriyatlar, ijtimoiy normalar kabi omillar ontogenez jarayonida shaxsning ichki dunyosiga chuqur singib boradi. Biologik va ijtimoiy omillar uyg‘unligi. Zamonaviy psixologiyada ontogenez biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro ta’siri sifatida qaraladi. Bu fikr bio-psixo- ijtimoiy modelda o‘z ifodasini topgan. Masalan, temperament biologik asosga ega bo‘lsa-da, xarakter ijtimoiy tajriba asosida shakllanadi. Shuning uchun, har bir individning ontogenez yo‘li o‘ziga xosdir. Xulosa Ontogenez jarayoni — bu insonning hayoti davomida yuz beradigan murakkab va izchil rivojlanish bosqichidir. Bu jarayonda shaxsning psixik holati, ijtimoiy munosabatlari, madaniy qadriyatlari o‘zgarib boradi. Har bir bosqichda inson yangi ijtimoiy vazifalarni bajaradi va yangi tajriba orttiradi. Shu bois, shaxs shakllanishida ijtimoiy muhitning, ayniqsa oila va jamiyatning roli nihoyatda muhimdir. Ilmiy nazariyalar ontogenezni yaxshiroq anglashimizga yordam beradi va shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini ochib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются этапы психологического и социального развития личности человека в процессе онтогенеза.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются этапы психологического и социального развития личности человека в процессе онтогенеза. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ontogenesis, personal change, psychological development, social, psixososial rivojlanish, psixologik rivojlanish, shaxsiy o‘zgarish, oila, Vygotskiy, Kalit so‘zlar: Ontogenez, ijtimoiy muhit, Erikson, Maslow, bio-psixo-ijtimoiy model.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники