Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI.
ФОНЕТИЧЕСКОГО СТИЛИСТИКИ · PHONETIC STYLISTICS. · fanlar doktori Usmonov Farxod Faxriddinovich (Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya) · Anvarova Mexrinsaxon O`ktamjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya) · Zaynobiddinova Marhabo Ismoiljon qizi. (Andijon davlat pedagogika instituti Filologiya)
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, fonetik vositalarning matndagi uslubiy funksiyalari va ularning estetik imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, intonatsiya, urg‘u, alliteratsiya kabi vositalarning badiiy matndagi roli misollar orqali tahlil qilingan. В данной статье рассматриваются теоретические основы фонетического стилеведения, анализируются стилистические функции звуковых средств в тексте и их эстетические возможности. Особое внимание уделено роли интонации, ударения и аллитерации в художественной речи. This article explores the theoretical foundations of phonetic stylistics, focusing on the stylistic functions of phonetic devices in texts and their aesthetic potential. Particular attention is given to intonation, stress, and alliteration in literary discourse. Kalit so`zlar: fonetik uslubiyat ,fonema,urg`u ,intonatsiya,alliteratsiya ,orfoepiya,uslubiy vosita,ekspressiv,fonetika,poetik fonetika, badiiy nutq,zamonaviy tadqiqotlar,tilshunoslik. Keywords: stylistic phonetics, intonation, rhythm, alliteration, assonance, expressive phonetics, poetic phonetics, stylistics, literary speech, phonetic devices, contemporary research, linguistics. Ключевые слова: стилистическая фонетика, интонация, ритм, аллитерация, ассонанс, экспрессивная фонетика, поэтическая фонетика, стилистика, художественная речь, фонетические средства, современные. Kirish: Fonetik uslubiyat tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, matndagi fonetik hodisalarning estetik, ekspressiv va kommunikativ funksiyalarini o‘rganadi. Tilning tovush tizimi orqali berilgan ma’lumotlar nafaqat semantik yuklamaga, balki emotsional ta’sirchanlikka ham ega bo‘ladi. Uslubiy vosita sifatida https://scientific-jl.com 1 4 2 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali fonetik elementlar poetik, publitsistik, dramatik va og‘zaki nutq uslublarida keng qo‘llaniladi. Fonetik uslubiyat fonetika bilan stilistikaning tutashgan sohasi bo‘lib, u nutq tovushlarining badiiy va funksional yuklamalarini tadqiq etadilar. 1 Fonetik uslubiyatning nazariy asoslari Fonetik uslubiyat fonetika va stilistikaning tutashgan nuqtasida shakllanadi. Fonetik hodisalar, avvalo, tabiiy nutq elementlari sifatida tildagi kommunikatsiyani ta’minlasa, uslubiy darajada ular matnga ekspressivlik, emotsionallik, ta’sirchanlik baxsh etadi. Akademik V.A. Bogoroditskiy, R.A. Budagov, G‘. Zulfiqorov, N. Mahmudov kabi olimlar fonetik uslubiyatga oid nazariy qarashlarni rivojlantiradi. Fonetik vositalarning turlari va uslubiy roli Fonetik uslubiyat doirasida quyidagi vositalar alohida o‘rganiladi: Ohang (intonatsiya): Matnning ruhiy holatini ifodalashda asosiy rol o‘ynaydi. Savol, buyruq, hayrat kabi holatlarni ifodalovchi ohanglar dramatik va badiiy uslublarda keng qo‘llaniladi2. Urg‘u: So‘z va gapdagi urg‘u joylashuvi ma’noni o‘zgartirishi yoki ta’kidni kuchaytirishi mumkin. U publitsistik va dramatik nutqlarda ayniqsa muhim. Pauza: Nutqdagi pauzalar fikrni bo‘lish, urg‘ulash yoki dramatik ta’sir kuchini oshirishda xizmat qiladi. Alliteratsiya va assonans: Poeziyada tovush takrorlari orqali badiiy obraz yaratiladi. Masalan: “Qorong‘u qishloqda qorlar qulagan...” misolidagi "q" tovushi alliteratsiya namunasi bo‘la oladi. Onomatopeya: Tabiiy tovushlarni taqlid qilish orqali poetik tasvir kuchaytiriladi Fonetik uslubiyatning uslublar bo‘yicha tahlili Badiiy uslubda fonetik vositalar eng ko‘p va erkin ishlatiladi. She’riy asarlarda alliteratsiya, ritm, intonatsiya matnga musiqiylik bag‘ishlaydi. Publitsistik uslubda urg‘u va intonatsiya orqali muallifning pozitsiyasi va emotsional munosabati aks ettiriladi. Dramatik uslubda dialoglar orqali urg‘ular, pauzalar va ohanglar aktyorlik ifodasini kuchaytiradi. Og‘zaki nutq uslubida intonatsiya va tempo, urg‘u va pauzalar kommunikatsiyaning asosiy vositasiga aylanadi. Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi. Nutqning tovush tomoni segment (lotincha: segmentum — qirqim, parcha, boʻlak) va ustsegment (supersegment) birliklarga boʻlinadi. Segment birliklar ketmaket joylashadi (bir vaqtning oʻzida 2 ta 1 Mahmudov, N. (2004). O‘zbek tilining uslubiy tizimi. Toshkent: Fan nashriyoti 2 G‘aniev, T. (2008). Stilistika va uslubshunoslik asoslari. Toshkent: O‘qituvchi https://scientific-jl.com 1 4 3 60-son_4-to’plam_Aprel-2025
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, fonetik vositalarning matndagi uslubiy funksiyalari va ularning estetik imkoniyatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari, fonetik vositalarning matndagi uslubiy funksiyalari va ularning estetik imkoniyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stylistic phonetics, intonation, rhythm, alliteration, assonance, ekspressiv, alliteratsiya, fonetika, uslubiy vosita, tilshunoslik., Kalit so`zlar: fonetik uslubiyat, orfoepiya, poetik fonetika, badiiy nutq, zamonaviy tadqiqotlar, fonema, intonatsiya, urg`u
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026