К содержанию
РецензированоUZ2026

FONETIK USLUBIYATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

U. F.Faxriddinovich (Andijon davlat pedagogika instituti) · Olimova Marhaboxon (Andijon davlat pedagogika instituti) · Xasanboyeva Mohinur (Andijon davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada fonetik uslubiyat fanining predmeti,tadqiqot yo’nalishlari hamda badiiy nutqdagi fonetik vositalarning uslubiy funksiyasi tahlil qilinadi.Shuningdek, turli uslublarda tovush vositalarining qo’llanish xususiyatlari misollar asosida ko’rsatilib,fonetik uslubiyatining amaliy ahamiyati yoritiladi. Kalit so’zlar: fonetik uslubiyat, tovush Аннотатция: В статье рассматриваются предмет фонетическое стилиститики, направления её исследованний и стилистические функции фонеических средств в художественной речи. Особое внимание уделяется различиям в использовании звуковых средств в разных функциональных стилях. Annotation: This article examines the subject matter of phonetic stylistic, its research directions and the stylistic function of phonetic devices in literary speech.It highlights the use of sound patterns across different functional styles and explores the practical value of phoenetic stylistics. Kalit so’zlar: fonetik uslubiyat, tovush vositalari, badiiy nutq, uslubiy funksiyalar, fonostilistka, alliteratsiya, fonema, urg’u, intonatsiya Клочевы слова: фонетическая стилистика, звуковые средства, стилистические функции, фоностилистика. Keywords: culture; stereotype; value; information function, semiotic function; communicative function; regulatory function; principle of objectivity; principle of compatibility with cultural categories Tilshunoslikda fonetika va uslubiyat alohida fan sohalari sifatida shakllangan bo‘lsa-da, ularning kesishgan nuqtasi — fonetik uslubiyat — matnning estetik va hissiy jihatlarini tahlil qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Fonetik uslubiyat adabiy nutqda tovushlar tizimining ifodaviy imkoniyatlarini chuqur o‘rganadi. Tilning tovush tizimi faqat grammatik birliklarni hosil qiluvchi vosita sifatida emas, balki estetik, hissiy va ekspressiv imkoniyatlarga ega bo‘lgan kuchli quroldir. Adabiy matnlarni chuqur tahlil qilishda fonetik vositalarning roli beqiyosdir. Fonetik uslubiyat aynan mana shu imkoniyatlarni aniqlash, tahlil qilish va ularni uslubiy jihatdan https://scientific-jl.com 1 4 6 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali baholash bilan shug‘ullanadi. Ushbu maqolada fonetik uslubiyatning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Fonetika (yunoncha: phonetikos — tovushga, tovush chiqarishga oid; tovushli, ovozli) — 1) tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar fonetika doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida fonetika doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi. Fonetik uslubiyatning nazariy asoslari.Fonetik uslubiyat — fonetika (tilning tovush tizimini o‘rganuvchi fan) va uslubiyat (til vositalarining estetik funksiyasini tahlil qiluvchi yo‘nalish) sohalarining tutashgan sohasidir. Uning nazariy asoslari quyidagilardan iborat: A) Fonemalarning uslubiy funksiyasi. Har bir tovush ma’lum matn kontekstida muayyan hissiy bo‘yoq yuklashi mumkin. Masalan, shovqinli undoshlar yordamida harakat dinamikasi ifodalanadi. B) 1Intonatsiya va 2ohang. Intonatsiya (lotincha Intono — baland talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiymusiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda intonatsiya qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol oʻynaydi.Intonatsiyani nutq unsuri sifatida oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlangan. Hozirda intonatsiyalarning turlarini oʻzaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis bilan oʻzaro munosabati va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn intonatsiyasi va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.Jumladan, so’roq,buyruq,undov gaplar intonatsiyasining farqlari matnga turli uslubiy rang kiritadi. Ohang (fors. — tovush, nagʻma, kuy) — musiqiy ifoda vositasi sifatida eng kichik kuy boʻlagi, intonatsiya. Ohang bir necha tovushlarning mantiqan ulanib bori-shidan hosil boʻlib, vokal musiqada sheʼriy ruknga mos keladi. Ohanglar birikib yirikroq tuzilmalar — kuy jumlalarini tashkil etadi. Ohang kuyning bosh (eng oʻziga xos) tuzilmasi va boshqa maʼnolarda ham, hindlarda esa "ohangit" musiqaning umumiy ifodasi sifatida, forsiyzabon xalklarda "ohangsoz" — bastakor maʼnosida ham qoʻllanadi. 1 Qomus 2 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi https://scientific-jl.com 1 4 7 60-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada fonetik uslubiyat fanining predmeti,tadqiqot yo’nalishlari hamda badiiy nutqdagi fonetik vositalarning uslubiy funksiyasi tahlil qilinadi.Shuningdek, turli uslublarda tovush vositalarining qo’llanish x…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada fonetik uslubiyat fanining predmeti,tadqiqot yo’nalishlari hamda badiiy nutqdagi fonetik vositalarning uslubiy funksiyasi tahlil qilinadi.Shuningdek, turli uslublarda tovush vositalarining qo’llanish x… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
culture, stereotype, value, information function, semiotic function, tovush, Kalit so’zlar: fonetik uslubiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники