Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKT, KIBERXAVFSIZLIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI:XX1 ASR CHAQIRIQLARI
TEXNOLOGIYALARI:XX ASR CHAQIRIQLARI · Shahzoda Xo‘jayeva Sherzodovna · Ilmiy rahbar:Mirzaakbarov Dilshod Davlatboyevich
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yangi asrimizning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri-sun’iy intellekt;kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va ularning jamiyatga ta’siri yoritilgan.Sun’iy intellekt rivojlanish bosqichlari,uning amaliy sohalaridagi qo‘llanilishi,ayniqsa,ta’lim,sog‘liqni saqlash,sanoat hamda transport sohalaridagi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.Shuningdek,axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan dolzarb muammolar,kiberxujumlarning xavfi va ularning oldini olish bo‘yicha samarali choralar muhokama qilinadi.Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat hayot tarzini o‘zgartirayotganligi ta’kidlanadi.Maqola bugungi kunda raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan yangi chaqiriqlarga ilmiy yondashuv bilan yondashadi hamda bu yo‘nalishdagi rivojlanishlarga chuqur nazar tashlaydi. Kalit so‘zlar:sun’iy intellekt, mashinali o‘rganish,raqamli texnologiyalar, axborot xavfsizligi, kiberhujumlar, sun’iy ong, axborot infratuzilmasi, kiberxavf, intellektual tizimlar, raqamli davr chaqiriqlari, axborot suvereniteti. Annotation. This article highlights one of the most pressing directions of our modern era—artificial intelligence, cybersecurity, and the development of information technologies—and their impact on society. It discusses the stages of AI development, its practical applications in various fields, especially in medicine, health protection, industry, and transport. The article also explores pressing issues such as the threat to information security, the dangers of cyberattacks, and the effective measures to prevent them. It emphasizes the rapid advancement of information technologies and how they are transforming human lifestyles. The article provides a comprehensive scientific approach to new challenges closely related to digital technologies and examines the developmental trends in this field. Keywords: artificial intelligence, machine learning, digital technologies, information security, cyberattacks, AI consciousness, information infrastructure, cybersecurity, intellectual systems, digital era challenges, information sovereignty. Intеllеkt-insonning tafakkur yuritish qobiliyati.Sun’iy intеllеkt — inson intеllеktining ba'zi vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan avtomatik va https://scientific-jl.com 2 2 0 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali avtomatlashtirilgan tizimlar xususiyati.Sun'iy intеllеkt shaxsning nisbatan barqaror bo‘lgan, masalan,axborotni qabul qilish va undan ma'lum masalalarni hal qilishda foydalana olishi kabi aqliy qobiliyatini ifodalaydi.Kompyutеrda hal etilayotgan masalalar, hatto ayrimlari anchagina murakkab bo‘lsa-da, intеllеktual hisoblanmaydi. Sun’iy intellektning tarixiga nazar tashlasak, ushbu tushunсha dastlab Amerikada paydo bo‘ldi va sеkin-asta boshqa davlatlarda ham kеng qo‘llanila boshlandi.1956-yil AQSHda kompyutеr va dasturlash sohasidagi 10 nafar amеrikalik yеtakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘sha paytda mutaxassislardan ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun'iy aql yaratish mumkinligini taxmin qilardi. Chorak asrdan kеyin, ya'ni 1981-yili sun'iy intеllеkt bo‘yicha Kanadada bo‘lib o‘tgan Xalqaro konfеrеnsiyada birinchi uchrashuvning o‘nta qatnashchilaridan beshtasi qilingan bashoratlar o‘ta optimistik bo‘lganligini,muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi.Shunday bo‘lsa-da bu yo‘nalishda ko‘pgina ilmiya va amaliy natijaga erishganligi qayd etildi.Hozirgi kunda sun'iy intellektni yaratish bo‘yicha ko‘p davlatlarda ilmiy ishlar olib borilmoqda.uning tub mohiyatini bilishga imkon yaratadi. Sun'iy intellekt - bu insonning kognitiv funktsiyalarini taqlid qilish (shu jumladan o‘z-o‘zini o‘rganish va oldindan belgilangan algoritmsiz echimlarni topish) va hech bo‘lmaganda inson intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan aniq vazifalarni bajarishda natijalarga erishish imkonini beruvchi texnologik echimlar to‘plami. Texnologik yechimlar majmuasiga axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi (shu jumladan, axborot tizimlari, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotni qayta ishlashning boshqa texnik vositalari), dasturiy taʼminot (shu jumladan, mashinani oʻrganish usullaridan foydalanadiganlar), maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonlari va xizmatlari hamda yechimlarni izlash kiradi.Demak,sun’iy intellekt tizimi dasturiy-apparat majmuasi bo‘lib, u apparat va dasturiy ta’minotni o‘z ichiga oladi. Uskuna kompyuter yoki AI mashinasining barcha jismoniy qismlarini, ya'ni tizimni tashkil etuvchi elektron va mexanik qismlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta'minot mashinani boshqarish uchun ishlatiladigan dasturlarni o‘z ichiga oladi. Kompyuter olimlari ko‘pincha bu qismlarni "qattiq" va "yumshoq" deb atashadi. Oddiy qilib aytganda, sun'iy intellekt tizimi - bu avvallari odamlarga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarishga qodir kompyuter. Raqamli texnologiyalar - bu butun iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyasini ta'minlaydigan texnologiya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yangi asrimizning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri-sun’iy intellekt;kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va ularning jamiyatga ta’siri yoritilgan.Sun’iy intellekt rivojlanish bosq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yangi asrimizning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri-sun’iy intellekt;kiberxavfsizlik va axborot texnologiyalarining taraqqiyoti va ularning jamiyatga ta’siri yoritilgan.Sun’iy intellekt rivojlanish bosq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, machine learning, digital technologies, intellektual tizimlar, axborot xavfsizligi, raqamli texnologiyalar, raqamli davr chaqiriqlari, sun’iy ong, Kalit so‘zlar:sun’iy intellekt, kiberhujumlar, kiberxavf, axborot infratuzilmasi, axborot suvereniteti., mashinali o‘rganish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026