Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZIYONET AXBOROT TAʻLIM TARMOGʻI VA UNING LOYIHALARI
Muhammadjonova Xonzodabegim Otabek qizi · Ilmiy rahbar: Mirzaakbarov Dilshodbek Dovlatboyevich
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻining taʼlim sohasini raqamlashtirishdagi oʻrni va faoliyati tahlillar bilan yoritiladi. Tarmoqning asosiy maqsad va vazifalari, uning doirasida amalga oshirilgan loyihalar, ularning mazmun-mohiyati va foydaliligi haqida batafsil maʼlumot beriladi. Maqola ZiyoNetning pedagoglar, talabalar va oʻquvchilar uchun yaratayotgan imkoniyatlari hamda zamonaviy taʼlimdagi ahamiyatini ochib beradi. Annotation: In this article, the role and activities of the ZiyoNet information and educational network, which is important in the direction of digitization of the educational system and introduction of modern information and communication technologies in the Republic of Uzbekistan, are covered by analyzes. The main goals and objectives of the network, the projects implemented within its framework, their content and usefulness are described in detail. The article reveals the opportunities that Ziyonet creates for educators, students and students, as well as its importance in modern education. Kalit soʻzlar: ZiyoNet, axborot-taʼlim tarmogʻi, raqamli taʼlim, elektron resurslar, taʼlim portali, oʻquvchilar, talabalar, maktab, ilmiy loyiha, onlayn platform, taʻlim texnologiyalari, innovatsion taʻlim . Keywords: ZiyoNet, information and Education Network, digital education, electronic resources, educational portal, students, students, school, scientific project, online platform, educational technology, innovative education . XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʻatlar bilan rivojlanishi taʼlim tizimiga ham katta taʼsir koʻrsatmoqda. Anʻanaviy taʼlim shakllaridan tashqari, raqamli resurslardan foydalanish, masofaviy taʼlim, multimedia vositalari orqali dars oʻrganish keng ommalashmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida bu jarayon davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, taʼlimni zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etishda ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻi alohida ahamiyat kasb etadi. https://scientific-jl.com 2 8 1 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ZiyoNet – bu barcha darajadagi taʼlim muassasalari, oʻquvchilar, talabalar, oʻqituvchilar va ota-onalar uchun yagona axborot platformasi hisoblanadi. Bu tarmoq orqali foydalanuvchilar zarur darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, testlar, video darslar, ilmiy maqolalar, adabiy asarlar, ijodiy ishlar va boshqa koʻplab materiallarga erkin kirish imkoniyatiga ega. ZiyoNet axborot - taʼlim tarmogʻi 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi – zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda taʼlim jarayonini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, oʻquvchilarning mustaqil bilim olishiga koʻmaklashishdan iborat. Shuningdek, tarmoqning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat, yaʻni elektron resurslar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda boyitish, oʻquv materiallariga onlayn va oflayn tarzda qulay kirish imkonini yaratish, oʻquvchi va talabalarning ijodiy, ilmiy, texnik salohiyatini yuksaltirish, pedagogik tajriba almashinuvi uchun platforma yaratish, taʼlimdagi ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. ZiyoNetning asosiy boʻlimlari va loyihalari mavjud. Ular ziyoNet tarmogʻi turli yoshdagi foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan bir nechta muhim loyihalarni oʻz ichiga oladi. Har bir loyiha alohida vazifani bajarishga yoʻnaltirilgan. Misol uchun, Kitob.uz – Elektron kutubxona boʻlib uninng vazifasi talabalar oʻrtasida ilmiy, ijodiy va ijtimoiy faollikni oshiradi. Talaba.uz – ushbu loyihaning asosiy vazifasi onlayn muloqot va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. ZiyoNet tarmogʻi nafaqat oʻquvchilarga, balki oʻqituvchilarga ham katta foyda keltirmoqda. Pedagoglar darsga tayyorgarlik koʻrishda, yangicha metodlarni oʻrganishda, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini topishda ushbu tarmoqdan faol foydalanmoqda. Bundan tashqari, tarmoq maktablar, kollejlar, texnikumlar va universitetlar oʻrtasida axborot almashinuvini kuchaytiradi, tajriba almashishga imkon beradi. ZiyoNet orqali masofaviy taʼlim ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayniqsa pandemiya davrida bu tizimning dolzarbligi yaqqol namoyon boʻldi. Oʻquvchilar darslarni onlayn koʻrish, mustaqil testlar topshirish, video darsliklar orqali mavzuni chuqurroq tushunish imkoniga ega boʻlishdi. Zamonaviy taʼlim tizimi raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasida bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yaratilgan ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻi — taʼlim sohasining raqamlashtirilishida muhim vositaga aylangan. Ushbu tarmoq oʻz tarkibidagi loyihalar orqali oʻquvchilar, talabalar, pedagoglar va ijodkor yoshlar uchun keng qamrovli, zamonaviy va interaktiv axborot
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻini…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim tizimini raqamlashtirish va zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻnalishida muhim ahamiyat kasb etuvchi ZiyoNet axborot-taʼlim tarmogʻini… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ZiyoNet, information and Education Network, digital education, elektron resurslar, taʼlim portali, maktab, onlayn platform, talabalar, oʻquvchilar, ilmiy loyiha, innovatsion taʻlim ., axborot-taʼlim tarmogʻi, raqamli taʼlim, taʻlim texnologiyalari, Kalit soʻzlar: ZiyoNet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026