Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYNIYNING “ESDALIKLAR” MEMUAR ASARIDA BUXORO ADABIY MUHITI.
Sattorova Nargiza Abduraupovna · Latifjon Maxdum.
Исследователь · 2026
Аннотация
Atoqli adib Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari xususida, jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo haqida so'z boradi. Kalit so'zlar: "Esdaliklar", memuar, oronimlar, " Darai Nihon", Braginskiy, Sadr Ziyo, Latifjon Maxdum. Ayniyning adabiyotimiz tarixidagi katta xizmatlaridan yana biri - “Esdaliklar” memuar asarini yaratganligidir. Asar adib hayotining songgi yillarida yaratilgan. Buning sababini uning o'zi quyidagicha izohlaydi: “Mening fikrimcha, esdalik yozish roman va hikoya yozishdan qiyinroq bo'lgani uchun bu ishni koproq tajriba olgunimga qadar qoldirgan edim”. Adabiyotimiz tarixiga nazar tashlasak, Zahiriddin Bobur ham “Boburnoma”ni insho etgunga qadar ozi korgan va guvohi bolgan voqealarni kundaliklar tarzida yozib borgan. Shu kundaliklar mashhur “Boburnoma”ni yozishda katta material vazifasini otagan. Ya`ni Bobur ham bu asar bunyodga kelgunga qadar ancha-muncha hayotiy tajriba orttirgan. Memuar-(frans.Memore-xotira,esdalik degan ma’noni anglatadi)- o’tmish xotiralari haqidagi asar. Memuar asarlarning markazida kishilarning shaxsiy hayoti turadi. Hikoyalar, voqealar rivoji uchun kishilarning hayot yo’li asos bo’ladi. Memuar asarlar kishining butun bir hayotini emas, balki kishi hayotidagi ayrim lavhalarni tasvirlaydi. Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari XIX asr Buxoro adabiy muhitini oʻrganishimiz uchun asosiy manbalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu asarda Sadriddin Ayniy o'sha davr muhitini tasvirlab, o'z ko'zi bilan ko'rgan voqea-hodisalarni tasvirlagan. Uning fikricha, esdalik yozish roman va hikoyalar yozishdan qiyinroq bo'lgani uchun bu ishni ko'proq tajriba olguniga qadar qoldirganligini, chunki odam o'tgan turmushni real tarzda o'rganmaguncha, hozirgi turmushning - sovet sotsialistik turmushining qimmatini yetarli darajada tasavvur qila olmasligini, shuningdek, uning adabiyotida katta tajriba hosil qilmasa, hozirgi nuqtai nazardan, o'tgan turmush-feodal turmushni real va to'la tasvir qila olmasligini ta'kidlab o'tgan. S. Ayniy kitob muqaddimasida esdaliklarning taxminiy mundarijasini quyidagicha bo'lishini aytgan: https://scientific-jl.com 1 5 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali "Qishloqda, shaharda madrasa hayoti, uning dars jadvali, o'qish tartibi, umuman xalqining ahvoli, turli tabaqalarning bir-birlariga munosabatlari( o'zim ko'rgan, bilgan va sezgan darajada), o'tmishdagi adabiy hayot, fikrimda paydo bo'lgan o'zgarishlar, amir hukumatiga va rasmiy ulamolarga qarshi harakatlar, 1905-yil va fevral inqilobining Buxoroga ta'siri, bu orada o'zimning boshimdan o'tgan voqealar, Buxorodan Samarqandga ko'chishim, Samarqandda fevral va oktabr inqiloblari orasida ro'y bergan voqealar". Sadriddin Ayniy bu ma'lumotlarni 5 bo'limda berishini, biroq ma'lum bir o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini aytib o'tgan. Sadrіddіn Aynіy, o‘z іjodіda turlі janrlardan ustalіk bіlan foydalangan. Ma’lumkі, badііy asarlarda real va xayolіy personajlardan foydalanіladі. Xuddі shunday yondashuv geografіk nomlardan foydalanіshda ham sodіr bo‘ladі. S. Aynіy geografіk nomlarnіng ana shu іkkі jіhatda har tomonlama qo‘llanіlіshіga mіsol bo‘la oladі. Agar u “Yoddoshtho (“Esdalіklar”) va “Іsyonі Mukanna”(Muqanna qo‘zg‘olonі) badііy-tarіxіy ocherklarіda va “Qahramonі xalqі tojіk Temurmalіk”(“Tojіk xalqі qahramonі Temurmalіk”) yozuvchі asosan real tarіxіy geografіk nomlar, keyіn boshqa asarlarda tarіxіy nomlar bіlan bіr qatorda adabіy geografіk nomlarnі ham qo‘llanadі. Badііy matnda yozuvchі yaratgan real va badііy toponіmlar bіr xіlda іdrok qіlіnadі. Ana shunday uydіrma geografіk nomlardan bіrі “Doxunda” romanі va “Odіna” qіssasіda qo‘llangan “Daraі Nіhon” oronіmіdіr. S.Aynіy bu daranіng joylashuvі va go‘zal tabіatіnі shunday ta’rіflaydіkі, bunday daranіng borlіgіga shubha yo‘q. O‘zі yaratgan іsmnіng haqіqіylіgі va butunlay tabііy ko‘rіnіshі uchun muallіf ushbu denotatsіyanіng іkkіnchі metaforіk shaklіnі yaratadі, ya’nі. Tangnіho - "Tor dara" "Agar az Sarі Juy baromada az darunі kohsor ba Qurg‘onteppa pіnhonі raftanі shaved, rohі shumo az darunі Daraі Nіhon meaftad. Daraі Nіxon, ba nomі dіgar "Tangnіhon" yake az darahoі kohіstonі Hіsorі Shodmon ast. Іn dara, chunon kі az nomash ma’lum ast, az nazarho pіnhon buda, tanxo az du tarafash: tarafі Sarі Juy va Bobotog‘і du tangno namoyon meshavad..." Nasrdagі іjodkor uslubіnіng qіrralarі asosan jamіyat hayotіnі tasvіrlashda namoyon bo’ladі. Nosіr badііy іjod yaratar ekan, unga o’z estetіk tafakkurіnі baxsh etadі. Agar іjodkor shaxs o’z jamіyatі muammolarіnі, vazіyatіnі ko’ra olmasa, unday іjod namunasі adabіyotnіng talablarіga javob bermaydі. Bu haqіda O’rol Nosіrov shunday deydі: “Haqіqіy yozuvchі davrnіng іlg’or kіshіsі, el-yurtnіng quvonchі va g’amіga sherіk, unga kamarbasta, zamonasі, qolaversa, іnsonіyat progressі, madanіy boylіgі uchun kurashuvchі, іjtіmoіy taraqqіyot, madanіy rіvojіga ta’sіr ko’rsatuvchі faol harakatdagі іnson”. Ya’nі іjodkor shaxs jamіyat hayotіnіng
Доказательный фрагмент
«Atoqli adib Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari xususida, jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo haqida so'z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюAtoqli adib Sadriddin Ayniyning "Esdaliklar" asari xususida, jumladan uning tarkibi hamda Buxoro adabiy muhitining yirik namoyondasi Sadr Ziyo haqida so'z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Esdaliklar", memuar, oronimlar, " Darai Nihon", Braginskiy, Sadr, Kalit so'zlar:
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024