К содержанию
РецензированоEN2026

BUXORO ADABIY MUHITI NAMOYONDASI AHMAD DONISH

Sattorova Nargiza Abduraupovna · Siddiqhon Hashmat.

Исследователь · 2026

Аннотация

Buxoro adabiy muhitining yirik vakili, qomusiy olim Ahmad Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot berilgan. Kalit so'z: Ahmad Donish, Edvard Olvort, "Navodir ul-vaqoe”, " Qori Ne'mat", Siddiqhon Hashmat. Yurt tarixi, millat taqdiririga befarq bo’lmagan ma’rifat ahli uning nomini eshitgan, albatta. Biroq “Ahmad Kalla”, “Ahmadi Maxdum”, “Muhandis” nomlari bilan zamonasida shuhrat qozongan va ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan allomaning amirlik tuzumini isloh qilish, Rossiya va Yevropa mamlakatlaridan andoza olib, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, turli tabaqa vakillaridan iborat parlament (mashvarat) tuzish, barcha qonun, nizomlarni shu kengashda ishlab chiqib, hayotga tatbiq etish, maktab va madrasa fanlari, o’qitish usullarini tubdan yangilash xususidagi ilg’or qarashlaridan bexabar chiqamiz. U ana shunday hur fikrlari, qomusiy ilmi tufayli Rossiya imperatori Aleksandr IIning ham nazariga tushgan edi. Ahmad Donish 1827 yili Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tug’ilgan. Dastlab maktabda, so’ngra otasining madrasasida o’qigan Ahmad adabiyot, tarix, falsafa, tabobat, astronomiya ilmlarini puxta o’zlashtirgan. Shuningdek, u nomi chiqqan xattot va rassom ham edi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Ahmad Donish Buxoro amiri elchilari safida uch marotaba — 1856, 1869, 1873-74 yillari Rossiyaga borgan va safar chog’ida Peterburg hamda Moskvada ko’rgan-kechirganlari haqida maxsus risola bitgan. 1874 yil fevral-mart oylarida Rossiyada chiqadigan “Golos”, “Novoe vremya” gazetalarida uning bilim-saviyasi va siyosatdonligi ta’riflangan fikrlar bosilgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, yurtdoshimiz rus podshosi xizmatidagi yozuvchi va olimlarning e’tiborini tortgan, hurmatiga sazovor bo’lgan. Ma’naviyatimizning zabardast vakillaridan bo’lgan Ahmad Donishdan bizga ulkan meros qolgan bo’lib, uning qamrovi nihoyatda keng.Sadriddin Ayniy, Yevgeniy Bertels, Ibrohim Mo’minov, Sadri Ziyo, Sotim Ulug’zoda, Ibrohim Haqqul kabi atoqli olim va adiblar mutafakkir hayoti va ijodini tadqiq etishgan. S.Ayniy ta’kidlaganidek, “Ahmad Donish doimo o‘z izdoshlari, shogirdlari va hamrohlari orasida edi. U o‘z taassurotlari va mulohazalari bilan o‘sha paytgacha https://scientific-jl.com 1 9 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali “shunday bo‘lishi kerak, degan fikrdan bosh tortgan” Buxoro ziyolilarining mazkur qatlaminining uyg‘onishiga hissa qo‘shdi. Jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan o‘sha ijtimoiy kuchlarni tarbiyalash va birlashtirishda Ahmad Donish asarlari katta rol o‘ynadi. U zamondoshlari orasida mashhur boʻlgan, oʻsha davrda ziyolilarning yetakchi qismi uchun maʼlumotnoma boʻlgan “Navodir-ul vaqoe” (“Eng nodir voqealar”) asari muallifi edi. S.Ayniyning yozishicha, XIX-XX-asrlar boʻsagʻasida Buxoroda yosh avlod aynan Ahmad Donish ijodi va gʻoyalari asosida tarbiyalangan. Uning amir hokimiyatining illatlari,amaldorlar, qozi va raislarning suiiste’mollari, madrasa, uning o‘qitish uslublari va unda o‘qitiladigan narsalar haqidagi tanqidlari haqidagi asarlari madrasa talabalarining ilg‘or qismi orasida "haqiqiy ma’naviy inqilob" yaratdi. “Uning kitobining bizga ta’siri shunchalik kuchli ediki, o‘sha davrdagi hayotga bo‘lgan qarashlarimiz, amir, vazir va mullalar bilan munosabatlarimiz deyarli butunlay o‘zgarib ketdi". Ahmad Donish g‘oyalari O‘rta Osiyo mintaqasi, xususan, o‘sha davr Buxoroning yetakchi arboblari dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatdi va XX-asr boshidagi jadidchilik harakatining g‘oyaviy arsenaliga kirib keldi. S.Ayniy A.Donishni “Buxoroning qorong‘u ufqidagi tong yulduzi” deb bejiz atamagan. Markaziy Osiyo bo‘yicha g‘arb olimi Edvard Olvortning fikricha, "Ahmad Donish mahalliy islohotchilarning nazariy asoschisi bo‘lgan”. S.Ayniy Ahmad Donishning mashhur “Navodir-ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”) asari buxorolik yoshlarning ma’lum bir qismini rag‘batlantirish uchun muhimligini ta’kidlab, unda qiziqarli hikoyalar bilan bir qatorda Ahmad Donish “o‘zimiz har kuni kuzatadigan kundalik hayotning salbiy hodisalarini tasvirlaydi. Bu hodisalarning keskin tanqidi bizni o‘ziga tortdi”. Natijada, S.Ayniy ta’kidlaganidek, “bu kitob bizda juda katta taassurot qoldirdi, amir va uning vazirlari, mullalar va o‘sha davrning butun hayoti bizga butunlay yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ldi”. Shuning uchun ham S.Ayniy o‘zining va safdoshlarining Ahmad Donishning bu ajoyib asari bilantanishishini “haqiqiy ma’naviy inqilob” deb bilgan. S.Ayniyning yozishicha, XIX asr oxirlarida Ahmad Donishning Buxorodagi suhbatdoshlaridan eng mashhurlari Sharif Maxdum Mo‘tasim, Iso Maxdum, Inoyat Maxdum, Yahyoxo‘ja, Qori Abdulmajid Zufunun, Mulla Sharif Soat, Mirzo Somiy va boshqalardir. "Navodir ul-vaqoe” 15 yil davomida, ya’ni 1870—1885-yillar oralig’ida yozilgan tarixiy, falsafiy, memuar asar hisoblanadi. U 23 bobdan

Доказательный фрагмент

«Buxoro adabiy muhitining yirik vakili, qomusiy olim Ahmad Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot beril…»

Образец извлечения

Демо-превью

Buxoro adabiy muhitining yirik vakili, qomusiy olim Ahmad Donish to'g'risida, jumladan Ayniyning "Esdaliklar" asarida u haqida bildirilgan fikrlar hamda uning " Navodir ul-vaqoe" asari xususida batafsil ma'lumot beril… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so'z: Ahmad Donish, Edvard Olvort
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники