К содержанию
РецензированоUZ2026

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI VA XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKLIFLAR.

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA RAQAMLI · Karimov Shoxruxbek Shavkatboy o`g`li

Исследователь · 2026

Аннотация

This article examines the role of digital technologies in poverty reduction. It explores the impact of digital payments, mobile banking, digital identity, and online education on social and economic inclusion. Drawing on international experiences from countries like India, Estonia, and African nations, the paper offers practical recommendations tailored to Uzbekistan's context. Keywords. Digital technologies, poverty, social inclusion, digital payments, online services, international experience, Uzbekistan. Kirish. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar dunyoning barcha sohalarida, shu jumladan, iqtisodiyot, ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy inklyuziyani ta’minlashda raqamli texnologiyalarning roli yanada ortib bormoqda. Raqamli texnologiyalar, mobil ilovalar, elektron to‘lov tizimlari, onlayn ta'lim va boshqa innovatsion yechimlar kambag‘allikni kamaytirishda samarali vosita sifatida yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag‘allikni qisqartirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bu https://scientific-jl.com 2 4 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali raqamli texnologiyalarni keng joriy etishdir. Raqamli xizmatlar orqali aholining bank xizmatlariga kirish imkoniyatlari oshmoqda, bu esa o‘z navbatida investitsiyalarga va iqtisodiy faollikka turtki beradi. Shuningdek, raqamli savodxonlikni oshirish, aholini raqamli xizmatlarga o‘rgatish kambag‘allikka qarshi kurashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Xorijiy tajribalar, masalan, Hindiston, Afrika mamlakatlari, Estoniya va Janubiy Koreyada amalga oshirilgan raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliyotlar o‘zining samaradorligini ko‘rsatdi. Ushbu davlatlar raqamli bank xizmatlarini, mobil ilovalarni, elektron savdoni va boshqa innovatsion texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy tenglikni ta'minlash uchun muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda. Shunday qilib, ushbu mavzu O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy inklyuziyani ta’minlashda raqamli texnologiyalarni qanday samarali qo‘llash mumkinligini o‘rganish va xorijiy tajribalardan foydalangan holda tegishli takliflar ishlab chiqish masalasi o‘ta dolzarbdir. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, aholining ijtimoiy farovonligining oshishiga va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilishiga xizmat qiladi. Kambag‘allik — bu nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy masala hamdir. Barcha mamlakatlarda, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi strategiyalar kambag‘allikni kamaytirish hamda iqtisodiy farovonlikni oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar bu borada muhim rol o‘ynashni boshladi. Elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, raqamli identifikatsiya va onlayn ta’lim kabi texnologiyalar kambag‘allikka qarshi kurashishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida ba'zi davlatlar raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishda muvaffaqiyatli qo‘llagan. Ularning tajribalari o‘rganilishi va O‘zbekistonda keng joriy etilishi kambag‘allikni qisqartirishda ijobiy natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni kambag‘allikni qisqartirishda qo‘llashning samaradorligi tahlil qilinadi va xorijiy tajribalarga asoslanib, O‘zbekistonga mos takliflar beriladi. Raqamli texnologiyalarning kambag‘allikni qisqartirishdagi roli. Raqamli texnologiyalar so‘nggi yillarda global miqyosda turli sohalarda, ayniqsa, iqtisodiy faoliyatda o‘zgarishlar kiritdi. Kambag‘allikni qisqartirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Raqamli texnologiyalar orqali kambag‘allikni qisqartirishning eng muhim vositalaridan biri mobil banking va elektron to‘lov tizimlarining joriy etilishidir. Bu texnologiyalar, ayniqsa, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Raqamli to‘lov tizimlari orqali nafaqat https://scientific-jl.com 2 5 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali xizmatlar, balki davlat va xususiy sektorlardan subsidiya yoki ijtimoiy yordam olish ham osonlashadi. 2.Raqamli ta’lim ham kambag‘allikni kamaytirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Onlayn kurslar, vebinarlar, masofaviy ta’lim orqali kambag‘al qatlamlar va chekka hududlardagi aholi malakali kasblarga o‘qitilishi mumkin. Afrika mamlakatlarida internetga kirish imkoniyatlari kengaytirilib, aholini raqamli kasblarga o‘qitish orqali iqtisodiy faollikni oshirishga erishildi. Bu amaliyot O‘zbekistonda ham amalga oshirilsa, ijtimoiy farovonlikni oshirishda katta yutuqlarga erishish mumkin. 3. Raqamli identifikatsiya tizim

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of digital technologies in poverty reduction.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of digital technologies in poverty reduction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital technologies, poverty, social inclusion, digital payments, kambag‘allik, Kalit so‘zlar. Raqamli texnologiyalar, raqamli to‘lov, O‘zbekiston., xorijiy tajriba, onlayn xizmatlar, ijtimoiy inklyuziya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники