К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB MUHITINING O‘SMIR PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI. MAKTABDAGI MUHIT, O‘QITUVCHILAR BILAN MUNOSABATLAR VA AKADEMIK MUVAFFAQIYAT

AKADEMIK MUVAFFAQIYAT · Abduraimova Hulkaroy Muzaffar qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

This article analyzes the influence of the school environment on the psychological development of adolescent personalities and their academic success. Adolescence is the period of formation as a person in human life, self-awareness, and https://scientific-jl.com 5 3 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali the acquisition of social roles. The school is the main social arena of this process. The article examines the direct and mutual factors related to the student's mental state, self- confidence, motivation, and pursuit of knowledge in the school environment. In particular, it has been scientifically and practically substantiated that sincere, trusting relationships with teachers, social support among peers, and an individual approach are decisive factors for the successful learning and stable psychological development of students. Keywords: School environment, adolescent psychology, academic success, teacher-student relationship, socio-psychological climate, motivation, emotional stability, individual approach. Hozirgi rivojlanayotgan ta’lim tizimida o‘quvchilar shaxsi, hissiy holati va ruhiy barqarorligi ularning samarali bilim egallashi bilan bevosita bog‘liq ekanligi borgan sari ko‘proq tan olinmoqda. Ayniqsa, o‘smirlik bosqichida bu bog‘liqlik yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur davrda shaxsiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, mustaqil fikrlash shakllanadi va ijtimoiy aloqalarga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Maktab esa bu jarayonlarning asosiy maydoniga aylanib, o‘quvchining o‘zini qanday idrok etishi, o‘zini ifoda etish imkoniyatlari hamda boshqalar bilan munosabatlari uning ruhiy holatiga va ta’limga bo‘lgan munosabatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijtimoiy-ruhiy muhit, o‘qituvchilarning psixologik yetuklashuvi hamda o‘quvdagi muvaffaquyatida asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli, maktab nafaqat bilim manbai, balki sog‘lom ruhiy muhit yaratadigan muassasa sifatida e’tirof etilishi zarur. Maktab muhitining psixologik ta’sir omillari O‘smir yoshidagilar maktab muhitini faqatgina bilim olish joyi sifatida emas, balki o‘z shaxsiy salohiyatini namoyon eta oladigan, e’tirof topishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy makon sifatida ham qabul qiladilar. Bu bosqichda ular uchun muhim bo‘lgan ehtiyojlar orasida o‘z o‘rnini topish, ijtimoiy mavqega ega bo‘lish va ichki qadriyatlarini anglash katta ahamiyat kasb etadi. Maktabdagi ruhiy muhit – o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot sifati, sinfdoshlari bilan o‘zaro aloqalar, o‘quvchining qadri qay adarajada tan olinishi – uning hissiy holatiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga hamda ta’lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ijobiy ruhiy iqlim – mehr-oqibat, hurmat-ehtirom, adolat va doimiy qo‘llab- quvvatlashga asoslangan muhit – o‘quvchida o‘zini xavfsiz va e’tiborga loyiq shaxs sifatida his qilish tuyg‘usini shakllantiradi. Bu esa o‘z navbatida uning ijtimoiy faolligini kuchaytiradi, tashabbus ko‘rsatishga hamda o‘z fikrini ochiq ifoda etishga undaydi. Aksincha, sovuq, beparvo yoki bosimga asoslangan muhit o‘quvchining o‘zini yot his qilishiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishining pasayishiga yoki tajovuzkorlik holatlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, maktabning tashkiliy tuzilishi, rahbariyatning boshqaruv uslubi, baholash tizimi hamda intizomiy chora- https://scientific-jl.com 5 4 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tadbirlari ham o‘smir psixologiyasiga sezilarli darajada ta’sir karsatadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, rag‘bat berish, hamkorlikka asoslangan baholash tizimlari o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Maktabning tashqi ko‘rinishi, xavsizlik holati, saranjom-sarishta va ozoda muhit ham o‘quvchilarning ruhiy holatini ijobiy shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli, maktab muhiti – bu oddiy jismoniy makon emas, balki o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ijtimoiy va ma’naviy kamolotiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli ruhiy omil sanaladi. Uni ongli tarzda yaxshilash esa ta’lim samaradorligi va o‘quvchilarning barqaror psixologik rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, quyidagi asosiy jihatlar ularning ruhiy holatiga ancha sezilarli ta’sir ko‘rsatadi: 1. Tengdoshlar bilan munosabatlar O‘smirlik bosqichida tengdoshlar bilan muloqot yanada mustahkamlanadi. Maktabdagi ijtimoiy guruhlar, ichki musobaqalashuv, do‘stona munosabatlar hamda e’tibordan chetda qolish holatlari yoshlarning o‘zini qadrlash hissi va o‘ziga nisbatan munosabatini jiddiy darajada shakllantiradi. Agar o‘quvchi jamoadan ajralib qolsa yoki bosim ostida qolsa, bu holat uning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2. O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari O‘qituvchining o‘quvchiga bo‘lgan hurmat-ehtiromi, doimiy dalda berishi va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvi o‘smirda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, faollik va ichki rag‘batning shakllanishiga yordam beradi. Aksincha, bos

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the influence of the school environment on the psychological development of adolescent personalities and their academic success.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the influence of the school environment on the psychological development of adolescent personalities and their academic success. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
School environment, adolescent psychology, academic success, o‘smir psixologiyasi, ijtimoiy-psixologik iqlim, emotsional barqarorlik, individual yondashuv., o‘qituvchi-o‘quvchi munosabati, Kalit so‘zlar: Maktab muhiti, motivatsiya, akademik muvaffaqiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники