Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIQQATNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR: MAKTABGACHA YOSH DAVRIGA OID YONDASHUVLAR
Nigora Yo’ldasheva Sodiqjon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat jarayonini shakllantirish hamda diqqat jarayonining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek psixologik, biologik hamda ijtimoiy omillar nuqtayi nazaridan turli yondashuvlar atroflicha yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: Diqqat, Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat shakllanishi, ijtimoiy omillar, psixologik omillar, biologik omillar, ijobiy emotsiyalar, salbiy emotsiyalar, oʻyin faoliyati,rus psixologi A.N.Leontev, D.B.Elkonin, Oʻzbekiston psixologi X.Yoʻldoshev, Bugungi kunda psixologiya fanida shaxs rivojlanishini har tomonlama oʻrganish hamda bu jarayonda unga yordam berish yangidan yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Shaxs rivojlanishida esa muhim psixik jarayonlardan biri bu shaxsning diqqat jarayonini qay darajada yaxshi rivojlanganligi muhim hisoblanadi. Diqqat inson psixikasining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, atrof-muhitdagi axborotlarni ongli qabul qilish va qayta ishlash jarayonidir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri — diqqatning shakllanishi uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda bolaning diqqatini shakllantirishda nafaqat biologik omillar, balki ijtimoiy muhit ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Diqqat — bu ong faoliyatining muayyan ob’yektga yo‘naltirilganligi va barqarorligini ifodalovchi psixik jarayon hisoblanadi. Maktabgacha yosh — bu bolaning aqliy, emotsional va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda asosiy psixik jarayonlarning dastlabki shakllanishi sodir bo‘ladi. Shu jarayonlardan biri diqqat bolaning har qanday o‘quv, o‘yin, muloqot faoliyatida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshda diqqat quyidagi bosqichlarda rivojlanadi: 1. 3–4 yosh: Bu yoshdagi bolalarda diqqat hajmi kichikligi sabab, tez chalg‘iydi, eʼtibor qaratish sust boʻladi, asosan shuning uchun diqqat qiziqish asosida shakllanadi. 2. 4–5 yosh: Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat paydo boʻlgan bo‘ladi, e’tibor qaratish qobiliyati rivojlana boshlaydi. 3. 5–6 yosh: Bu yoshdagi bolalarda diqqat hajmi ortadi, oʻzini shoʻxliklarini nazorat qila olishga harakat qiladilar, topshiriqlarni ohirigacha davom ettirib yakunlash qobiliyati shakllana boshlaydi. https://scientific-jl.com 6 5 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 4. 6–7 yosh: Bu yosh maktabga tayyorgarlik bosqichi hisoblanib bolalarda diqqat barqarorligi kuchayadi, nazorat va o‘zini boshqarish elementlari vujudga keladi. Diqqatni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarga biologik, psixologik va ijtimoiy omillar kiradi. Diqqatni rivojlantiruvchi biologik omillar — bu bolaning jismoniy va asabiy- fiziologik holati bilan bog‘liq bo‘lgan ichki omillardir. Bunda bolalarning jismoniy sogʻlomligi, asab tizimi yaxshi rivojlanganligi, ularda diqqat jarayonini shakllanishi, barqarorligi va rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu yoshdagi bolalar uchun uyqu yetarliligi muhim hisoblanadi. Uyqu yetishmovchiligi diqqatning barqarorligini buzadi, va tez charchashga olib keladi. Uyqusi yaxshi boʻlib, toʻliq dam olgan bolalar faol va eʼtiborliroq boʻladilar. Ijtimoiy omillar – oilaviy muhit, tarbiya, tarbiyachining yondashuvi.Oila bu– bolada diqqatning shakllanishi va barqaror boʻlishiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi birinchi ijtimoiy muhitdir. Oilada quyidagi jihatlar muhim: Avvalo ota-onaning mehribon, sabrli va rag‘batlantiruvchi munosabati bu diqqatni rivojlantirishga yordam beradi.Uyda tartibli, intizomli boʻlishi borasida tarbiya berish va unga shunday tinch, bolaga qulay muhit yaratib berilishi e’tiborning jamlanishini osonlashtiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoit: Tarbiyachining individual yondashuvi, samimiy xushmuomala boʻlishligi, bolaga nisbatan ijobiy munosabati tufayli bolada hurmat kabi his tuygʻulari orqali diqqat va eʼtibor kuchayadi. Jamoaviy mashg‘ulotlar bolada ijtimoiy motivatsiyani kuchaytiradi va ixtiyoriy diqqatni shakllantirishga yordam beradi. Psixologik omillar – Bu omillar bolaning ichki psixik holati, shaxsiy xususiyatlari va emotsional rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, diqqat jarayonining samarali shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Psixologik omillarga emotsional holat, qiziqishlar, motivatsiya, bolaning shaxsiy xususiyatlari, stress va psixologik bosim kabilarni kiritish mumkin. Psixologik - fiziologik jihatdan bolalarning temperamenti ularni diqqatini boshqarishiga oʻz tasirini koʻrsatadi. Bola uchun faoliyatning qiziqarli va mazmunli bo‘lishi diqqatning shakllanishi uchun asosiy omildir. Qiziqish orqali diqqat ixtiyorsizdan ixtiyoriyga o‘tadi. Rag‘batlantirilishga boʻlgan munosabati va maqsadga erishish istagi bolaning faoliyatga diqqatini jamlashini kuchaytiradi. Ijobiy emotsiyalar (xursandchilik, quvonch) diqqatning barqarorligini oshiradi. Salbiy emotsiyalar (qo‘rquv, xavotir, charchoq) esa e’tiborni susayishiga olib keladi. Sokin, qulay va emotsional jihatdan barqaror muhitda bola diqqat e’tiborini samaraliroq boshqaradi. https://scie
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat jarayonini shakllantirish hamda diqqat jarayonining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat jarayonini shakllantirish hamda diqqat jarayonining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijobiy emotsiyalar, biologik omillar, rus psixologi A.N.Leontev, psixologik omillar, ijtimoiy omillar, D.B.Elkonin, oʻyin faoliyati, Kalit soʻzlar: Diqqat, Oʻzbekiston psixologi X.Yoʻldoshev, Maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqat shakllanishi, salbiy emotsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024