К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QITISHNING “4K” MODELI TEXNALOGIYALARI VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ismoilova Shahlo Baxromovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida 4K modeli kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik o‘yinlarning didaktik imkoniyatlari, hozirgi kundagi ta’lim jarayonini tashkil etishdagi asosiy yondashuvlari tahlil etilgan. 4K modelining o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan va uni qo‘llash masalalari haqida batafsil bayon qilingan. Zamonaviy tez o'zgaruvchan dunyoga, raqamli texnologiyalar zamonaviy ta'limning ajralmas qismiga aylandi. Kalit so’zlar: 4K modeli, boshlang‘ich ta’lim, kompetensiyalar, tahlil, baholash, hamkorlik, ijodkorlik, zamonaviy texnologiyalar. Kirish: Ta’lim sifatini oshirish bu ko‘proq bilim to‘plab, axborotga ega bo‘lishgina emas, balki tafakkurni rivojlantirish, katta axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab olish, yo‘nalishni aniqlash, vaziyatni baholash, nostandart muammolarni yechish ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iboratdir. Zamonaviy mutaxassis bugungi kunda raqobatbardosh ta`lim bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun yangicha yondashuv asosida ta`lim jarayonini tashkil etishi lozim. Ta’lim sifati, eng avvalo, ta’lim jarayonining asosiy bo‘g‘ini, uning ham ob’yekti, ham sub’yekti sifatida o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga bog‘liqdir. Aynan, 4K modeli bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishda muhim katolizatorlik vazifasini bajaradi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya: Ta'limda raqamli texnologiyaning yana bir muhim jihati hamkorlik va muloqotni kuchaytirish qobiliyatidir. Google Classroom, Microsoft Teams va Zoom kabi onlayn platformalar yordamida o'quvchilar jismoniy joylashuvidan qat'i nazar, loyihalar ustida hamkorlik qilishlari, hujjatlarni almashishlari hamda bir-birlari va o'qituvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin. Bu o'quvchilarga hamkorlikda samarali ishlash, fikr almashish va bir-biridan o'rganish imkonini beradi. Onlayn ta'lim an'anaviy ta'lim resurslaridan foydalana olmaydigan, masalan, chekka yoki kam ta'minlangan hududlardagi o'quvchilar uchun imkoniyatlar ochdi. Onlayn kurslar va dasturlar, shuningdek, o'quvchilarga o'z tezligi va jadvali bo'yicha o'qish imkonini beradi, bu esa ish yoki oila kabi boshqa majburiyatlarga ega bo'lganlar uchun ta'limni yanada qulayroq qiladi. Ta'limda raqamli texnologiyaning ko'plab afzalliklariga qaramay, hal qilinishi kerak bo'lgan ba'zi muammolar ham mavjud. Raqamli tafovut eng katta muammolardan biridir. Barcha o'quvchilar kerakli raqamli qurilmalarga yoki ishonchli internet ulanishlariga ega emas, bu esa o'rganish imkoniyatlaridagi nomutanosiblikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun barcha https://scientific-jl.com 7 5 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o'quvchilar raqamli ta'limda to'liq ishtirok etish uchun zarur raqamli texnologiyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlash juda muhimdir. Taʼlim sifatini oshirish bu koʻproq bilim toʻplab, axborotga ega boʻlishgina emas, balki tafakkurni takomillashtirish, yuqori axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab olish, yoʻnalishni aniqlash, vaziyatni baholash, nostandart masalalarni hal qilish koʻnikma va malakasini rivojlantirishdan iboratdir. Zamonaviy mutaxassis hozirgi vaqtda raqobatbardosh taʼlim bozorida oʻz oʻrnini topishi uchun yangicha yondashuv yordamida taʼlim jarayonini tashkil qilishi kerak. Taʼlim sifati, eng avvalo, taʼlim jarayonining asosiy boʻgʻini, uning ham obʼyekti, ham subʼyekti sifatida oʻquv materialini oʻzlashtirish darajasiga bogʻliqdir. Aynan, 4K modeli hozirgi kunda taʼlim sifatini oshirishda asosiy katolizatorlik vazifasini bajaradi. 4K tushunchasi odatda kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy va hissiy sohalardagi kompetensiyalarni ifodalashda foydalaniladi. Boshlangʻich taʼlim jarayoni, oʻquvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun poydevor yaratadi. Mazkur bosqichda pedagogik yondashuvlar va metodlar asosiy ahamiyatga ega. Hozirgi kunda taʼlimda innovatsion yondashuvlardan biri sifatida pedagogik oʻyinlar alohida eʼtiborni tortadi. Ular, oʻquvchilarni faollashtirish, qiziqishni oshirish va koʻnikmalarni shakllantirishdan samarali vosita sanaladi. Ayniqsa, 4K modeli — kritik fikrlash, hamkorlik, kommunikatsiya va ijodkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik oʻyinlarning ahamiyati nihoyatda beqiyosdir. Pedagogik oʻyinlar taʼlim jarayonida oʻquvchilarning faol ishtirokini taʼminlaydi. Oʻyin mobaynida oʻquvchilar bir-birlari bilan muloqot qilishadi, masalalarni birgalikda hal qilishadi va turli vaziyatlarga ijodiy yondashadilar. Bu jarayon nafaqat ularning qiziqishini oshiradi, balki taʼlim mohiyatini yanada boyitadi. Oʻyinlar asosida oʻquvchilar bir-birlariga yordam berishadi, birgalikda fikrlashadi va yangi gʻoyalar ishlab chiqishadi. 4K modeli taʼlim jarayonida oʻquvchilarning koʻnikmalarini takomillashtirish uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Tanqidiy fikrlash koʻnikmalari, oʻquvchilarga masalalarni tahlil etish va ularga alternativ yechimlarni taklif qilish imkoniyatini beradi. Pedagogik oʻyinlar bu jarayonda oʻquvchilarga real vaziyatlarn

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida 4K modeli kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik o‘yinlarning didaktik imkoniyatlari, hozirgi kundagi ta’lim jarayonini tashkil etishdagi asosiy yondashuvlari tahlil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida 4K modeli kompetensiyalarini rivojlantirishda pedagogik o‘yinlarning didaktik imkoniyatlari, hozirgi kundagi ta’lim jarayonini tashkil etishdagi asosiy yondashuvlari tahlil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, kompetensiyalar, Kalit so’zlar: 4K modeli, zamonaviy texnologiyalar., baholash, hamkorlik, boshlang‘ich ta’lim, tahlil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники