Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI VA RUS TILLARIDA SO’Z YARATISH JARAYONIDAGI FARQLAR VA O’XSHASHLIKLAR
FARQLAR VA O’XSHASHLIKLAR · Xamidova Maxbuba Kaharovna · Muhammedova Dilrabo Farhodjon qizi
Исследователь · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola ingliz va rus tillaridagi so‘z yaratish jarayonining asosiy usullari va ularning o‘zaro o‘xshashliklari hamda farqlarini chuqur tahlil qiladi. Tilshunoslikda derivatsiya (so‘z yasash) yangi leksik birliklarni hosil qilish vositasi sifatida e’tiborni tortadi. Ingliz va rus tillari o‘ziga xos morfologik tuzilishga ega bo‘lsa-da, lekin ularning har ikkisida affiksatsiya, kompozitsiya, konversiya, qisqartma, reduplikatsiya kabi so‘z yasalish usullari mavjud. Mazkur maqolada har ikkala tilning morfologik va semantik tizimi kontekstida bu jarayonlar tahlil qilinib, ularning umumiy jihatlari va tilga xos o‘ziga xosliklari ochib beriladi. Maqola til o‘rganuvchilar, filologlar va tarjimonlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: So‘z yasash usullari, ingliz tili, rus tili, derivatsiya, affiksatsiya, kompozitsiya, konversiya, morfologiya, semantika, leksikologiya. So‘z yasash – tilning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, yangi so‘z birikmalarini shakllantirish orqali til boyligini yanada oshirishga yordam beradi. Bu jarayon asosan morfologik va semantik qonuniyatlarga asoslanadi. Har bir til o‘zining ichki tuzilishiga, tarixiy rivojlanishiga va muloqot madaniyatiga qarab so‘z yasalishining turli usullariga ega. Ingliz va rus tillari strukturaviy jihatdan turlicha bo‘lsa-da, ularning har ikkisida so‘z yasashda ba’zi o‘xshash va farqli jihatlar mavjud. Rus tili flektiv (egiluvchi) tillar turkumiga kiradi, bunda so‘zlar ko‘plab affikslar orqali yasaladi va morfologik jihatdan murakkab tizimga ega hisoblanadi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, unda grammatik vazifalar ko‘proq yordamchi so‘zlar va qat’iy so‘z tartibi orqali ifodalanadi. Shu sababli, ingliz tilidagi so‘z yasash jarayoni sintaktik va semantik vositalarga ham tayangan holda shakllanadi. Affiksatsiya (qo‘shimchalar yordamida yasash) Rus tilida, affiksatsiya (prefikslar, suffikslar va postfikslar) eng faol so‘z yasalish usulidir. Masalan: читать – читатель – читальня; писать – писатель – писание. Ingliz tilida ham affiksatsiya mavjud, ammo u rus tiliga nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Masalan: read – reader – reading; ambitious – unambitious – ambition. Ularning asosiy farqi rus tilida affikslar ko‘proq grammatik vazifani bajaradi, ingliz tilida esa semantik https://scientific-jl.com 8 5 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali (mazmuniy) rol ustun bo‘ladi. O‘xshashliklari esa har ikki tilda suffikslar yangi so‘z turkumlarini yasash uchun ishlatiladi. Kompozitsiya (bir nechta so‘zlardan yangi so‘z yasash) Rus tilida: пароход (паро + ход); самолёт (само + лет). Ingliz tilida: toothpaste (tooth + paste); smartphone (smart + phone). Ularning farqi ingliz tilida kompozitsiya ko‘proq qo‘llaniladi va birikmalar qisqaroq ko‘rinishda bo‘ladi. Rus tilida esa ko‘proq fonetik o‘zgarishlar bilan birga keladi. O‘xshashligi esa ikkala tilda ham bu usul yangi tushunchalarni ifodalash uchun faol ishlatiladi. Konversiya (so‘z turkumining o‘zgarishi) Ingliz tilida bu usul juda keng tarqalgan. Masalan: to work (fe’l) → a work (ot); to run (fe’l) → a run (ot). Rus tilida esa bu usul kam qo‘llaniladi, o‘rniga affiksatsiya ustun turadi. Biroq ayrim misollar mavjud: бегать (fe’l) → бег (ot). Asosiy farqi ingliz tilida konversiya morfologik o‘zgarishsiz sodir bo‘ladi, rus tilida esa bunday o‘zgarishlar odatda affikslar bilan birga kechadi. Lekin ularning ham o‘xshashlik tomonlari bor. Masalan, har ikkala til ham so‘z turkumini o‘zgartirish orqali yangi so‘zlar yasashga qodir. Ingliz va rus tillarida so‘z yaratish jarayonlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, har ikkala til ham o‘zining tarixiy, morfologik va fonetik tuzilishiga mos holda o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Rus tili flektiv til bo‘lib, unda affiksatsiya (ya’ni qo‘shimchalar orqali so‘z yasash) asosiy usullardan biri sifatida ajralib turadi. Rus tilida bir so‘zdan ko‘plab yangi so‘zlar hosil qilish mumkin bo‘lib, bunda prefiks, suffiks va postfikslar keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Bu holat rus tilining grammatik jihatdan murakkab, ammo moslashuvchan tizimga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, unda so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarning roli muhim. Ingliz tilida affiksatsiya mavjud bo‘lsa-da, u cheklanganroq miqdorda ishlatiladi. Buning o‘rniga konversiya — ya’ni morfologik o‘zgarishsiz so‘z turkumining o‘zgarishi (masalan, fe’l → ot) keng tarqalgan. Bu usul ingliz tilida leksik boylikni oshirishda muhim vosita sanaladi. Shuningdek, ingliz tilida reduplikatsiya (so‘z qismlarining takrorlanishi) orqali hosil bo‘lgan so‘zlar tilga yumoristik yoki emotsional rang berishda foydalanilsa, rus tilida bunday holat kamroq uchraydi va asosan ovoq taqlidlovchi so‘zlarda kuzatiladi. Umuman olganda, so‘z yaratish jarayonidagi o‘xshashliklar shuni ko‘rsatadiki, har ikki til zamonaviy hayot va texnologik taraqqiyot ta’sirida yangi leksik birliklarni ishlab chiqishda moslashuvchanlik ko‘rsatmoqda. Farqlar esa til tuzilmasining chuqur morf
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola ingliz va rus tillaridagi so‘z yaratish jarayonining asosiy usullari va ularning o‘zaro o‘xshashliklari hamda farqlarini chuqur tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola ingliz va rus tillaridagi so‘z yaratish jarayonining asosiy usullari va ularning o‘zaro o‘xshashliklari hamda farqlarini chuqur tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: So‘z yasash usullari, konversiya, kompozitsiya, semantika, affiksatsiya, derivatsiya, leksikologiya., rus tili, morfologiya, ingliz tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014