Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR VA “TEMUR TUZUKLARI”
Nuriddinov Murodjon Qahramon o‘g’li
Исследователь · 1996
Аннотация
Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o„zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug„lash–tarix qa‟riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Kalit so’zlar: Amir temur, Ko‟ragoniy, Temur tuzuklari , “Tuzukoti Temuriy”, Kirish:“Malfuzoti Temuriy”, ”Qissai Temur”, “Temur qissasi”, "Zafar yo„li”, “Tarjimai hol” Amir Temur Ko’ragon tarix maydonida javlon urgan jahonshumul siymolardan biridir. Biz uning tarixiga, favqulodda shaxsiga, avlodlari faoliyatiga qayta-qayta murojaat qilaveramiz. Tarixga yuz burib, qaysi yo’llardan yurmaylik, qachon bo’lmasin, qayerda bo’lmasin, yo’limiz aylanib baribir ushbu mo’‗tabar zot huzuriga olib kelaveradi. O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 18- oktabrda Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan otashin nutqida bunday degan edi: «Kimki o’zbek nomini, o’zbek millatining kuchqudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo’shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo’lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak!» Bebaho so’zlar! Takror ta‘kidlash joizki, Amir Temurni bizga qaytarib bergan, bu borada hormay-tolmay hakni qaror toptirgan zot Prezident Islom Karimov bo’ladi. Ushbu ulug’ xizmatlari uchun xalqimiz undan behad minnatdordir. Vaqtlar keladiki, avlodlar hali sohibqiron Amir Temur hayotining har bir kunini, har bir lahzasini bitta ham qoldirmay chuqur o’rganib chiqadilar. Bunga birov majbur etmaydi, balki bu ko’ngil ehtiyoji, hayot zaruratiga aylanadi. Sohibqironning suronli davrini anglab yetishda u hakda yozilgan va yozilayotgan asarlarning ahamiyati benihoya kattadir. Bu borada, ayniqsa, bevosita uning nomi bilan bog’liq, uning o’zi qog’ozga tushirgan ―Tuzuklar‖- ning bebaho manba ekanligi kundan ham ravshan. Ushbu yodgorlik Amir Temur shaxsiyati va uning davri hakida, davlat tuzilishi va saltanat yuritish xususida, o’sha davr obi havosi, umuman odamlar aro munosabatlar to’g’risida keng tasavvur bera oladigan noyob durdona asardir. Amir Temur saltanati, ta‘bir joyiz esa, Sohibqironning ijodi edi, ana shu saltanat bobomizning mashaqqatli mehnati bilan bo’y ko’rgizdi, uning qonunlari hayotiy zarurat yuzasidan dunyoga keldi, ―Temur tuzuklari‖ esa barchasining yorqin ifodasi sifatida paydo bo’ldi. Ha, chindan ham ―Temur tuzuklari‖ zamon zarurati va talabi https://scientific-jl.com 1 0 4 60-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bilan yaratilgandir. Buni albatta saltanat tuzgan, davlat boshqarish zahmatlarini o’z boshidan kechirib, bu borada ulkan tajribalar orttirgan, mashhur muarrix Nizomiddin Shomiy so’zi bilan aytganda, ―kamolotu martabalarga o’zining yetuk sa‘y-harakati va jiddu jahdi bilan erishgan‖ Amir Temur singari odamgina yoza oladi, bu hakda kitob yozish shunday odamninggina qo’lidan keladi. Bu yerda shubha bo’lishi mumkin emas. ―Temur tuzuklari‖ni mutolaa qilganda, uning muallifi nechog’lik yuksak ma‘naviyat sohibi ekanligining shohidi bo’lamiz. Ushbu nodir asar munosabati bilan tadqiqotlar olib borishgan olimlarimizning bildirgan o’rinli mulohazalarini e‘tiborga olgan holda, asarning asl turkiy nusxasini izlab topish, keyinchalik ko’chirishda kotiblar tomonidan kiritilgan ―tahrir‖lardan tozalash, ―Temur tuzuklari‖, ―Tuzuki Temuriy‖, ―Tuzukoti Temuriy‖, ―Malfuzoti Temuriy, ‖Qissai Temur‖, ―Temur qissasi‖, "Zafar yo’li‖, ―Tarjimai hol‖ kabi turlicha nomlanib kelayotgan nusxalarni bir-biriga muqoyasa etib, asarning tanqidiy matnini yaratish temurshunosligimiz oldidagi dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmokda. Amir Temurning tarixiy asarlar va ularning yozilishiga munosabati, haqqoniy bo’lishiga talabchanligi tahsinlarga loyiqdir. Bu katta bilimga ega bo’lgan, donishmand va zukko insonning munosabatidir. Shu jihatlarga nazar qilganda ko’z oldimizda donishmand, zakiy inson, teran hayotiy tajriba sohibi bo’lgan, kelajak avlodlarni o’ylagan, ona yurt, mulku millat uchun kuyib- yongan zahmatkash inson siymosi turadi. Ma‘lumki, Amir Temur milodiy 1401 yilning 11 avgustida Nizomiddin Shomiyni o’z huzuriga chaqirtiradi. Tarixchi bu hakda shunday yozadi: ―Garchi ul zot qilgan ishlarining bu abadiyatga ulangur davlatning boshlanishidan tortib, to hozirgi kungacha bo’lgan tarixini onhazrat uchun yozgan bo’lsalar ham, ammo ular (ular, chamasi, anchagina bor, ular ichida ―Tuzuklar‖ ham bo’lishi mumkin, lekin, afsuski, tarixchi o’zi foydalangan asarlardan birortasining ham nomini keltirmaydi — M.A.) hali munosib tarzda jamlanib, takdim etilmagan ekan; bu banda ularni yig’ib, ortiqcha so’zlardan tozalab, bob-bob qilib tartib berishga mashg’ul bulg’aymen, lekin shu shart bilanki, takallufu bezak berish, lof urish ziynatidan o’zimni tiygaymen. Bu yerda Sohibqironning o’zi va saltanati borasida yozilajak asarga munosabati, asar qanday yozilishi haqida tasavvuri juda ravshan, talabi es
Доказательный фрагмент
«Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюAmir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ko‟ragoniy, Temur tuzuklari, “Tuzukoti Temuriy”, Kalit so’zlar: Amir temur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024