К содержанию
РецензированоUZ2026

FURQAT LIRIKASIDA BAHOR TASVIRI

Jo‘rayeva Nargiza Tilovmurodovna

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Furqatning lirik she’riyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, shoir ijodida bahor mavzusi qanday tasvirlangani, uning poetik san’atda qanday badiiy vositalar orqali ifodalangani chuqur tahlil etiladi. Bahor obrazining Furqat lirikasidagi ruhi, estetik yondashuvi va uning ijtimoiy-ruhiy ma’nodagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada Furqatning bahorga bag‘ishlangan she’rlari tahlil qilinib, undagi timsollar, metaforalar, badiiy tasvir vositalari orqali shoirning tabiatga, hayotga, kelajak umidlariga bo‘lgan munosabati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Furqat, lirika, bahor, tabiat tasviri, badiiy vosita, obraz, she’riyat, ruhiy holat, metafora, simvol. O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos poetik yo‘nalishga ega bo‘lgan shoirlardan biri bu – Furqatdir. U o‘zining samimiy, hayotiy va ruhiy boy she’riyati bilan o‘zbek lirikasini yangi bosqichga olib chiqqan. Furqat she’rlarida tabiat, ayniqsa bahor fasli alohida o‘rin tutadi. Bahor – yangilanish, hayot, muhabbat va umid timsoli sifatida shoir lirikasining asosiy mavzularidan biri hisoblanadi. XIX asrning uchinchi choragida o‘zbek adabiyoti sahnasiga kirib kelgan Furqat, adabiyotda yangi yo‘nalishlar yaratgan shoir sifatida tanilgan. Adabiyotshunos Begali Qosimov uning lirik shoirlik qirrasini alohida e’tirof etadi. Garchi u ilk o‘zbek gazetalaridan birida faoliyat yuritib, ko‘plab maqolalar yozgan va “Sarguzashtnoma” kabi asar muallifi bo‘lgan bo‘lsa-da, xalq uni asosan shoir sifatida tan olgan. Bu esa Furqatning o‘zbek adabiyotida gumanistik lirikaning taraqqiy etishiga katta hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Uning she’riy merosi, xususan, samimiy tuyg‘ular bilan boyitilgan g‘azallar, erkinlikka tashna musaddaslar va ayriliq azoblarini aks ettirgan maktublari o‘zbek adabiyotiga yangicha ohanglar olib kirgan. Furqat ijodini o‘rganar ekanmiz, unda turli janrlarning keng qamrovi va mazmuniy xilma-xilligini kuzatamiz. Shoir g‘azal, muxammas, musaddas, manzuma, masnaviy kabi she’riy janrlarda samarali ijod qilgan. Ayniqsa, uning g‘azallarida mavzularning boyligi, ehtiros va ichki kechinmalarning kuchli ifodasi kitobxonni hayratga soladi. Har bir g‘azal o‘ziga xos tuzilma, badiiy ifoda va ruhiy holat bilan ajralib turadi. Qofiya, radif va badiiy san’at vositalarining mohirona qo‘llanilishi esa shoirning ichki dunyosini ochib beradi. Furqat o‘zining lirik merosi bilan o‘zbek adabiyotida muhim o‘rin egallagan shoirlardan biridir. Uning g‘azallari son jihatdan salmoqli bo‘lib, ular 200 atrofida https://scientific-jl.com 2 5 9 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ekani ma’lum. Ushbu g‘azallarning asosiy mavzusi inson va koinot o‘rtasidagi murakkab va chuqur bog‘liqlik, ularning o‘zaro munosabatlaridir. Shoir lirik janrning deyarli barcha turlarida — g‘azal, musamman, tarji’band, masnaviy, qasida, qit’a va fardlarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan. U she’riyatda eng avvalo Alisher Navoiy va Fuzuliyni o‘ziga ustoz deb bilgan, ularning ijodidan ilhom olib, ba’zida bu ilhom ohang va mazmun uyg‘unligigacha yetgan. Masalan, Navoiyyning mashhur tarji’bandidagi “Nechuk may bila bo‘lmasin ulfatim’’ satri bilan boshlangan band orqali shoir bu dunyo sirlarini anglashda o‘z ojizligini ifodalagan. U koinotning murakkab tuzilmasi, hayot va o‘limning sabablari oldida hayratda qolgan. Hatto ilm, ibodat, sohbatlar yoki murshid va tabiblar ham unga haqiqatni anglashda yordam bera olmaganini achinish bilan tasvirlaydi. Band ohangdor tarzda «Xarobat aro kirdim oshufta hol, May istarga ilgimda sing‘on safol» bayti bilan yakunlanadi. Furqatning mashhur “Ko‘ngul dardiga topmay boraman hargiz davo istab” deb boshlanadigan g‘azali ham mazmunan aynan shu ruhda yozilgan. Bu asarda ham shoir ichki iztirobini badiiy vositalar orqali ifodalaydi. Furqatning bu kabi she’rlari inson qalbining eng nozik, eng chuqur iztirob va izlanishlarini aks ettiradi. Shoir o‘z asarlari orqali nafaqat o‘zining, balki har bir o‘quvchining ichki kechinmalarini, hayotdagi murakkab savollarni ifodalaydi. Furqatning she’rlarida Vatan manzaralari, bahor go‘zalligi, jo‘shqin muhabbat tuyg‘ulari, insoniy fazilatlar, hayotning quvonchli onlari va kundalik tashvishlari keng yoritilgan. U inson qalbi, tuyg‘ulari, mehri va dardini nafis tarzda ifodalaydi. Masalan, “Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa”, “Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro boʻlmasa”, “Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang”, “Koʻngul dardi gʻatopmay boraman hargiz davo istab”, “Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar” kabi g‘azallari buning yorqin namunasidir. Shuningdek, “Etti falak”, “Biri”, “Istar ko‘ngul”, “Do‘st”, “Ko‘kulung” radifli muxammaslari, Navoiy g‘azallariga yozilgan taxmislari ham o‘z davrining mazmun va badiiy jihatdan mukammal asarlari qatoridan joy olgan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Furqat o‘zbek adabiyotida mashhur g‘azalnavis shoir sifatida tanilgan. Uning yozgan bir q

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Furqatning lirik she’riyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Furqatning lirik she’riyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lirika, Kalit so‘zlar: Furqat, simvol., she’riyat, metafora, tabiat tasviri, bahor, obraz, badiiy vosita, ruhiy holat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники