К содержанию
РецензированоUZ2026

SUN’IY INTELLEKT, KIBERXAVFSIZLIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA, AMALIYOT VA XXI ASR CHAQIRIQLARI

Husanova Gulnozaxon Orifjon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun`iy intellekt (SI) va kiberxavfsizlik sohalaridagi asosiy nazariy yondashuvlar hamda ularning amaliy qo`llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, XXI asrda yuzaga kelayotgan texnologik tahdidlarga nisbatan ilg`or yondashuvlar, xalqaro tajriba va O`zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Kalit so`zlar: sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, ma’lumotlar xavfsizligi, raqamli iqtisodiyot, tarmoq xavfsizligi Annotation: This article analyzes the rapid development of information technologies in the 21st century, focusing on the key theoretical approaches and practical applications in the fields of artificial intelligence (AI) and cybersecurity. It also explores advanced strategies to address emerging technological threats, examines international experiences, and reviews the ongoing reforms being implemented in Uzbekistan in this regard. Keywords: Artificial intelligence, cybersecurity, information technologies, data security, digital economy, network security. XXI asrda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi turli sohalarda, jumladan, biznes, boshqaruv va kundalik hayotda sezilarli o'zgarishlarga olib keldi. Sun'iy intellekt (SI) va kiberxavfsizlikning roli bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra, AI ni ishlab chiqish, undan davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda samarali foydalanish, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatoriga kiradi. Sun'iy intellekt bugungi kunda biznes va ijtimoiy sohalarda samaradorlikni oshirishda muhim omilga aylandi. AI texnologiyalari nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini, balki davlat boshqaruvi va ijtimoiy xizmatlarni ham optimallashtirishga yordam bermoqda. Bunga misol sifatida 2030-yilgacha sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1.5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan O`zbekiston va shu kabi davlatlarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, AI texnologiyalarining sog'liqni saqlash, moliya va ta'lim sohalarida qo'llanilishini ham ta’kidlash lozim. Qolaversa, https://scientific-jl.com 4 8 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali sun’iy intellekt texnologiyalarini biznesga integratsiyalash orqali raqobatbardoshlik va innovatsion samaradorlikka erishish mumkin. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga kiberxavfsizlikning o'rni ham oshmoqda. O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2025) tomonidan ta'kidlanishicha, kiberxavfsizlik hozirda milliy xavfsizlikning ajralmas qismiga aylangan va hukumat, xususiy sektorni himoya qilishda muhim rol o'ynamoqda. Demak shaxsiy ma'lumotlar va moliyaviy ma'lumotlarni himoya qilishda yangilangan kiberxavfsizlik choralari zarur. Hozirda AI va kiberxavfsizlikni boshqarishda global strategiyalar ishlab chiqilgan. Stuart Russell va Peter Norvig (2021) ga ko'ra, sun’iy intellektni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik va yangi siyosatlar ishlab chiqilishi kerak, bu esa innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va risklarni kamaytirish imkonini beradi. OECD va ITU kabi tashkilotlar bu masalalarda global hamkorlikni rivojlantirishga yordam bermoqda. O'zbekistonda sun'iy intellekt va kiberxavfsizlik texnologiyalarini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. 2025-yilgi Olmaota yig‘ilishida O‘zbekistonning AI rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik strategiyasi, shu jumladan dasturiy ta’minot eksportini oshirish, ilmiy laboratoriyalar yaratish va server infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlari taqdim etilgan. Shuningdek, O'zbekiston hukumati AI ni sog'liqni saqlash, ta'lim va qishloq xo'jaligi kabi sohalarda qo'llashni maqsad qilgan. Shu bilan birga, Raqamli texnologiyalar vazirligining xabariga ko'ra, O'zbekistonda ma'lumotlar xavfsizligi va kiberxavfsizlikni mustahkamlash maqsadida sun'iy intellektga asoslangan strategiyalar ishlab chiqilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kiberxavfsizlik strategiyasiga ko'ra, kiberjinoyatlarni oldini olish, shuningdek, axborot tizimlarining ishonchliligini ta'minlash uchun yangi qonunlar va tartib-qoidalar joriy etilmoqda. Bu nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham kiberxavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Men ushbu jarayonni tahlil qilishda, davlat tomonidan qabul qilingan yangi kiberxavfsizlik qonunlari va siyosatlarining samarali joriy etilishini muhim deb hisoblayman. Yana bir muhim jihat, O'zbekistonda sun'iy intellekt va kiberxavfsizlikni rivojlantirishda xalqaro tajriba va innovatsiyalarni joriy qilishdir. O'zbekiston bu borada BMT, OECD va ITU kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. Bu esa nafaqat texnologik rivojlanish, balki axborot xavfsizligi sohasida dunyo bo'ylab mavjud tajribalarni o'zlashtirish va milliy xavfsizlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Stuart Russ

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun`iy intellekt (SI) va kiberxavfsizlik sohalaridagi asosiy nazariy yondashuvlar hamda ularning amaliy qo`llanilishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada XXI asrda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun`iy intellekt (SI) va kiberxavfsizlik sohalaridagi asosiy nazariy yondashuvlar hamda ularning amaliy qo`llanilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Artificial intelligence, cybersecurity, information technologies, data, Kalit so`zlar: sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, tarmoq xavfsizligi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar xavfsizligi, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники