К содержанию
РецензированоUZ2026

G’ARB UYG’ONISH DAVRI VA FALSAFIY TAFAKKURNING RIVOJLANISHI VA XUSUSIYATLARI

RIVOJLANISHI VA XUSUSIYATLARI · O’sarova Gulshanoy Baxtiyorjon qizi

Исследователь · 6091- 6101 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola G’arb Uyg’onish (Renessans) davrining madaniy va intellektual yuksalishiga oid hozirgi zamon taraqqiyotidagi intellectual tafakkurni qanday ta’sir qilganligi haqida batafsil tahlil qiladi. Renessans davrida Grek va Rim klassik matnlarni qayta kashf etilgan va bu davrda insonparvarlik , tabiatshunoslik va yangi ilmiy metodologiyalari rivoj topgan. Yevropa adabiyoti ,san’ati, fan va falsafasi uchun o’tish davri hisoblanadigan Renessans davri, falsafiy tafakkurning yangi ustuvor yo’nalishlari shakllanishiga ham olib kelgan. Kalit so’zlar : Renessans, Insonparvarlik, Uyg’onish davri, Qadimgi Yunon va Rim falsafasi, Ilmiy Inqilob, Diniy Islohotlar, Siyosiy Falsafa, Iqtisodiy Fikr. G’arb uyg’onish Davri ( Renessans), XIV-XVII asrlarda Yevropada boshlangan madaniy va intellektual jarayon sifatida tarix sahifalarida o’z o’rniga ega. Bu davr, eski an’anaviy qarashlarni yangilash ,qadimgi Yunon va Rim dunyosidan ilhomlanish va shaxsning o’z-o’zini anglashga yangi yondashuvlarni qabul qilish bilan ajralib turadi. Falsafiy tafakkurda ham bu davr juda katta o’zgarishlarni boshdan kechirgan , bu esa insoniy qadriyatlar, fan va san’atning taraqqiyotidagi yangi bosqichlarni yaratgan. Renessans davri falsafasining rivojlanishida insonparvarlik g’oyalari etakchi o’rinda turadi. Bu davrda shaxsning nufuzi va aqli qadrlanadi,inson mukammalik sari intilish hamda ta’lim va madaniyatda erkinlik g’oyalari yoyila boshlaydi. Aynan shu davrda Dante , Petrarce, Erasmus kabi fikrdo’zlar o’z asarlari orqali inson tafakkurining yangi istiqbollarini ochdilar. Uyg’onish qadimgi merosning ,xususan Aristotel va Platon fikrlarining qayta o’rganilishi, bu davrning intellectual hayotidagi muhim jihatlardan biriga ayylandi. Yunon va Rim falsafiy tafakkurlarning qayta kashf etilishi ,o’sha davr olimlari va fikr mulohazachilar uchun yangi ilmiy va felsafiy yondashuvlarni yaratish imkonini bergan. Diniy konteksda Martin Lyuter va boshqa islohotchilar cherkov va diniy tuzilmaning tubdan qayta ko’rib chiqilishini talab qilgan. Lyuter,Kalvin va boshqalar diniy https://scientific-jl.com 5 7 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali dogmalarga qarshi chiqib, diniy tafakkur va amaliyotda erkinlikni targ’ib qilgan . Renessans insonning siyosiy tuzilmalar va hokimyatning tabiatini qayta ko’rib chiqishiga ham ahamiyat bergan . G’arb uyg’onish davri, ya’ni Renessans , XIV-XVII asrlar oralig’ida Yevropa tarixidagi muhim o’zgarishlar va taraqqiyot davri sifatida tanilgan. Bu davr, qadimgi Yunon va Rim madaniyatlarining qayta kashfi, ilmiy bilimlarning rivoji va insonparvarlik g’oyalarning kengayishi bilan ajralib turadi. Renessans davri falsafiy tafakkurning asosiy xususiyatlari quydagilardir. Inson Merkezli Falsafa ( Humanism ) Renessans davrining eng muhim xususiyati, insonning qadrlanishi va uning qobilyatlarini qayta baholashdir. Humanistlar insonning oqligini , ijodiy va estetik salohiyatini ta’kidlaydilar.Bu davrda insoniyatning universal qadr- qimmatlarini vas hu bilan birga , shaxsiy hukmronlik va mustaqillik qayta kashf qilishga urinishlari kuzatilgan. Ilmiy va Empirik Yondashuv: Renessans davrida raqamli va tabiatiy fanlarni rivojlantirishda katta yutuqlar qayd etildi. Falsafada empirizm – bilim olish uchun tajriba va kuzatuvlarni yuqori baholashga asoslangan yondashuv kuchaytirildi. Diniy islohotlar va Protest Luternizm : Renessans davrining yana bir yorqin ko’rsatkichi , diniy islohotlar va Xristian cherkovining qayta ko’rib chiqilishidir . Martin Luther va Yan Hus kabi islohotchilar cherkovdagi korruptsiyaga qarshi chiqqan va din bilan davlatning ajralishini talab qilgan. Bu harakatlar G’arbda diniy ko’pinchalik va jamiyatdagi axloqiy qadriyatlarining o’zgarishiga olib keldi. Umuman olganda , Renessans davridagi falsafiy tafakkurning rivojlanishi , Garb madaniyatida katta o’zgarishlarni yuzaga keltirdi va bu o’zgarishlar inson tafakkurining yangi yo’nalishlarini belgilab berdi. G’arb uyg’onish davri ( Renessans ) XIV asrdan boshlab XVII asrga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr falsafada ham katta o’zgarishlarni boshdan kechirdi. Uyg’onish davrida falsafiy tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega edi: 1.Insonparvarlik (Humanizm): Uyg’onish falsafasi insonparvarlik harakatini qo’llab- quvvatladi. Bu harakatda inson aqli va ijodkorligi oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi. 2.Klassik Merosga Qaytish: Uyg’onish davri olimlari Yunon va Rim falsafasiga yangi qiziqish bildirib, bu davrning qadimgi matnlari va bilimlarini qayta o’rganishga intildilar. 3. Tabiatni o’rganish : Bu davr olimlari tabiat qonunlarini tushunish va odamning tabiatdagi o’rnini aniqlash uchun empirik va rasional metodlaridan foydalanishga o’tgan. Bu yondashuv ilmiy inqilobga asos solgan. https://scientific-jl.com 5 8 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 4. Diniy Dogmalarning qayta baholash: Martin Lyuter va Jan Kalvin kabi islohotchilar a

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola G’arb Uyg’onish (Renessans) davrining madaniy va intellektual yuksalishiga oid hozirgi zamon taraqqiyotidagi intellectual tafakkurni qanday ta’sir qilganligi haqida batafsil tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola G’arb Uyg’onish (Renessans) davrining madaniy va intellektual yuksalishiga oid hozirgi zamon taraqqiyotidagi intellectual tafakkurni qanday ta’sir qilganligi haqida batafsil tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uyg’onish davri, Insonparvarlik, Siyosiy Falsafa, Ilmiy Inqilob, Qadimgi Yunon va Rim falsafasi, Iqtisodiy Fikr., Kalit so’zlar : Renessans, Diniy Islohotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники