Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMOM SAKKOKIYNING BALOG’AT ILMIGA QO‘SHGAN HISSASI
-kurs magistranti G‘iyosov Muhammad Ali
Исследователь · 3 · 2026
Аннотация
This article analyzes the contribution of Imam al-Sakkaki to the science of rhetoric. His work Miftāḥ al-‘Ulūm is recognized as a significant source in Arabic literature, stylistics, and rhetoric. The paper examines his theoretical approach, stylistic classifications, and views on the aesthetics of speech, as well as how his ideas are evaluated by later scholars and literary critics. Keywords: Imam al-Sakkaki, rhetoric, Miftāḥ al-‘Ulūm, stylistics, Arabic literature, eloquence, literary analysis. Аннотация: В данной статье рассматривается вклад Имама Саккаки в развитие науки риторики. Его труд «Мифтах аль-улюм» признается одним из ключевых источников арабской литературы, стилистики и науки балагата. Анализируются его теоретический подход, стилистическая классификация и взгляды на красоту речи, а также то, как его идеи были восприняты последующими учеными и литературоведами. Ключевые слова: Имам Саккаки, балагат, Мифтах аль-улюм, стилистика, арабская литература, красноречие, литературный анализ. Arab tili grammatikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, kunimizgacha ahamiyatini yo‘qotmagan asarlar ko‘p. Ular ichida Muhammad Abdulhay Laknaviy ta’kidlaganidek, «avvalgilarda ham, keyingilarda ham bo‘lmagan asar» [153: 231] ta’rifiga ega bo‘lgan fundamental manbalar ko‘p emas. «Miftahu-l-ulum» asari ana shunday manbalardan biri bo‘lib, Sakkokiy asarlarining gultoji hisoblanadi. Asarning bu darajada mashhur bo‘lishi unda Qur’oni karim oyatlarining keng va aniq talqin qilinganligi, oyatlarning grammatik qurilishiga, ularning ifodalanishiga katta o‘rin berilganligi bilan bog‘liq. Sakkokiy vaqf (to‘xtash), tafxim (tovushlarni yo‘g‘on o‘qish), imola (unlilarning moyillashuvi) va bulardan boshqa Qur’onni to‘g‘ri o‘qishda muhim bo‘lgan qoidalarni alohida mavzu ostida bayon qilgan. Shu bilan bir https://scientific-jl.com 6 6 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qatorda qoida sababli sodir bo‘lgan oyatlardagi morfologik o‘zgarishlarni ham tushuntirib bergan. XIII asrda arab tilshunosligi bo‘yicha buyuk iz qoldirgan, Abdulqohir Jurjoniy, Mahmud Zamaxshariylarning munosib izdoshi Sirojiddin Abu Ya’qub Yusuf ibn Bakr ibn Muhammad ibn Ali Sakkokiy Xorazmiy Hanafiy hisoblanadi. Sakkokiy haqida manbalarda ma’lumotlar ozdir. Ularda olim haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Sakkokiy va uning yozgan asarlari haqida Zaynuddin Qosim Qutlubg‘o [37: 317], Jaloliddin Abdurahmon Suyutiy [106: 115], Abdulhay ibn Ahmad [120: 208], Muhyiddin Abdulqodir [166: 622], Abdulhay al-Laknaviy [153: 232], Umar Rido Kuhala [150: 149], Yoqut Hamaviy Rumiy [171: 518 (1034- raqam)], Shavqi Dayf [121: 542-543], Ismatilla Abdulloh [7: 181] kabi olimlar ma’lumotlar keltirgan. Jumladan, Abu Fido Zayniddin: «Sakkokiy hijriy 555/1160 yil Jumadul-avval oyining uchinchi kuni, seshanba kuni kechqurun Xorazmning Sakkok qishlog‘ida dunyoga kelgan. Sakkokiy 626/1228 yilda vafot etgan» [37: 317]. Sakkokiy Qashg‘ar, Badaxshon, Balx va boshqa diyorlarda tilshunoslikka oid asarlari bilan mashhur bo‘lgan. Mustafo ibn Abdulloh (Hoja Halifa tahallusi bilan mashhur): «Sakkokiy 30 yoshidan keyin ilm olishni boshlagan, ungacha temirchilik bilan shug‘ullangan. Olim o‘z davrining barcha ilmlarini olishga harakat qilgan. Xonning vaziri Sa’d Amid fitnasi bilan u umrining oxirgi uch yilini qamoqda o‘tkazib, o‘sha yerda vafot etgan», deb yozadi [167: 1862]. Muhyiddin Vafo Hanafiy: «Sakkokiyning ustozlari: Sadid Xayyotiy, Mahmud ibn Said, Harisiy va boshqalar. Sakkokiy buyuk imom, she’r, aruz, bayon, ma’nolar ilmlari va arab tili grammatikasini o‘ta yaxshi biluvchi olimlardandir. Uning shogirdi Muxtor ibn Mahmud Zohidiydir», degan ma’lumotlarni qayd etadi [166: 622]. Mashhur nemis sharqshunosi Karl Brokkelman arab tilshunosligida muhim o‘rin tutgan, uning rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlarni sanab, Mahmud Zamaxshariydan keyingi o‘rinda Sakkokiyni keltirgan [25:171]. Sakkokiy Sharq musulmon olamida keng shuhrat topgan olim edi. Uning ilmiy merosi quyidagilardan iborat: 1. «Miftahu-l-ulum» ( مول لااااتفم – «Ilmlar kaliti»). Abbosiy halifalardan Nosiriddin hukmronligi davrida yozilgan. 2. «Sharhu-l-jumal» ( اااا اااا ااااول ل ااااااااااش – «Jumlalar sharhi»). Abdulqohir Jurjoniyning «al-Jumal» asariga sharh sifatida yozilgan. 3. «At-Tibyan» (نايبتول – «Bayon»). 4. «Kitabun fi-t-Tilsim» ( ياااس طول يف باتك – «Tilsim haqida kitob»). Bu asar fors tilida yozilgan. 5. «Munozara ilmi haqida risola» (ة ظان ول ع يف ةواسر). K.Brokkelman ushbu asar «Farzandga risola» (ة و ول ةواااااس ول) tarzida, shogirdi Muhammad Sochiqli-zodaga atab yozilganligi haqidagi ma’lumotni qayd etgan [96: 267]. https://scientific-jl.com 6 7 60-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 6. «Mus’hafu-z-zahrati» ( ل تاول لااااصم – «Gullar kitobi»). Bu asar haqida Umar Rido ma’lumot bergan [150: 149]. Sakkokiyning birinchi va mashhur asari bo‘lgan «Miftahu-l-ulum» hijriy 595/1205 yillardan keyin yozilgan. Ol
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the contribution of Imam al-Sakkaki to the science of rhetoric.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the contribution of Imam al-Sakkaki to the science of rhetoric. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Imam al-Sakkaki, rhetoric, Miftāḥ al-‘Ulūm, stylistics, Arabic, nutq go‘zalligi, uslubshunoslik, arab adabiyoti, Kalit so‘zlar: Imom Sakkokiy, miftāhu-l-‘ulūm, balog‘at, adabiy tahlil.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014