К содержанию
РецензированоUZ2026

O'QUVCHILAR ORASIDA KUZATILAYOTGAN TELEFON VA GADJETLARGA QARAMLIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI

Qobiljonova Adibaxon Xomidjon qizi

Исследователь · 60-62 · 2026

Аннотация

Biz telefonsiz bir kunimizni ham tasavvur qila olmaymiz. Bugungi texnologiyalar shu darajaga yetdiki, mobil telefon qo’ng’iroq, Instagram, e-mail, Internet orqali bog’lanishning global vositasiga aylandi. Bundan tashqari telefonda: foto-video kamera, o’yinlar, dasturlar (programmalar), yon daftarcha, rejalashtiruvchi bo’lim, soat, matnli, jadvalli tahrirlar, video, MP3 pleyerlar, radio, televidiniye kabi va yana bir qator qo’shimcha funksiyalari bor. Ammo boshqa tomondan mobil telefon erkinlikni to’sib qo’yadi, har bir daqiqada sizga qo’ng’iroq qilishadi va sizning rejalaringiz tubdan o’zgaradi. Kalit so‘zlar: mobil telefon, инстаграм, файсбук, e-mail, Internet, tobe’lik. KIRISH Bolalar va o’smirlarda telefon tobe’ligi ogohlikni talab etmoqda, chunki darsda o’qish bilan band bo’lmasdan, ular telefonda o’yin o’ynaydilar, gaplashadilar, musiqa tinglaydilar, shu bilan birga tanqid ostida bo’lgan rasm va videolavxalar tomosha qiladilar. Olimlar uyali telefonning inson fiziologik sog’lig’iga ta’siri borasida izlanishlar olib birishmoqda, lekin unga tobe’lik aniqdir. Adabiyotlar taxlili. Tobe’lik ( addiksiya ) – ob’yektlar orasidagi munosabat, bunda bir ob’yekt ikkinchisiga bo’ysunadi, tobe’ bo’ladi. Addiksiyaning 3 turi mavjud bo’lib bular: • Kimyoviy addiksiyalar ( giyohvandlik, toksikomanlik, alkogolizm ) • Biokimyoviy (anoreksiya, bulemiya ) • Nokimyoviy (ong osti ) – mobil tobe’lik shunga taalluqlidir. Nokimyoviy addiksiyalarga to’xtalib o’tamiz, chunki mobil tobe’lik ayni shu guruhdadir, mobil tobe’lik boshqa nokinyoviy addiksiyalar turlariga juda o’xshaydi, chunki u o’sha prinsip asosida “ishlaydi”. Addiktiv harakatning nokimyoviy shakli insonning psixologik himoyalovchi mexanizmlari bilan bog’liqdir. Inson qo’llayotgan himoya har doim qandaydir kelishmovchiliklar, muammolar, noqulay vaziyatlarga “javob” bo’ladi, himoya tartibli xarakterga ega bo’ladi, shuningdek insonni harakati modellari aniq ishlanadi. Masalan, mobil tobe’likda inson barcha noqulay vaziyatlarga bir xildek qaraydi (masalan, telefonni olib tugmalarni maqsadsiz bosa boshlaydi ). Umuman https://scientific-jl.com 2 6 4 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali nokimyoviy addiksiyalar barcha turlari bir- biri bilan bog’liqligi shundaki, agarda “o’yinchog’idan” ayirishsa (komp’yuter, telefon, ish, magazin xaridi ) unda emotsional, so’ng fizik noqulaylik tez rivojlana boshlaydi va odam o’ziga joy topa olmaydi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Odat – avval paydo bo’lgan malakani ( mahoratni ) saqlash va osonlik bilan tiklash qobiliyatidir. Ongli mavjudotlarda odat faol xarakterga ega: qandaydir o’zgarishni to’xtovsizligi yoki qaytarilishi ushbu o’zgarishni mustaqil ravishda tiklash ishtiyoqini yaratadi; jismoniy odat bo’lishi tez-tez mushaklar qisqarishi bilan bog’liq; aqliy odat- qaytariladigan assotsiatsialar bilan; axloqiy odat-qaytariladigan ishlar bilan bog’liqdir. Odatiy ishlar ongsiz bo’lib qoladi va ular haqida qancha kam o’ylasak, shuncha tez amalga oshiriladi. Mobil tobe’lik – ushbu muammo ilk bor bir necha yil oldin ko’tarilgan edi, ammo hozirda rivojlangan mamlakatlarda 10 ta odamdan 7 tasida mobil telefon mavjudligi ushbu muammoni haqiqiy epidemiyaga aylantirdi. Mobil aloqada odat va tobe’likni ajratish qiyin, ammo ajratish mumkin, balki kerakdir, zarurdir. Mobil tobe’lik – bu inson xolati, ushbu xolatda telefon ibodat predmetiga aylanadi, inson o’ylamasdan qo’ng’iroq qiladi, o’zining harakatini anglamaydi, yoki sababini tushuntira olmaydi. Mobil tobe’lik, internetga tobe’lik kabidir. Bu jonli muloqotdan qo’rqish va real dunyoda insonda ijobiy emotsiyalar qo’zg’atadigan biror bir narsa yo’qligi va inson ijobiy emotsiyalarni Internet orqali yoki telefon orqali olishga harakat qiladi. Alkogol, tamaki, shirinlik yoki telefonga bo’lgan tobe’lik sabablari bir hildir. Inson o’z lazzatlarini tashqi dunyodagi biror-bir narsa bilan “bog’lamoqchi” bo’ladi. Virtual muloqotga kirib ketgan odamlar bolalikdan jonli his-tuyg’ular va muloqotni qadrlashga o’rgatilmaganlar. Buyuk Britaniya olimlari mobil telefon egalarini 3 tipga ajrtishadi: “Kiborglar” – telefonni o’zlarini davomlari, tanalarining bir qismi deb bilishadi va usiz yashay olmaydilar. “Protezlanganlar” – bu umuman olganda “telefon”siz yashay oladigan, lekin bunday holatda o’zlarini noqulay his etadiganlar. “Bog’lanmaganlar ” – bular uchun telefon qong’iroqlarga ishlatiladigan aloqa vositasi xolos. Mobil tobe’lik borligini qanday bilish mumkin. - Doim telefonga intilish. Noqulay vaziyat vujudga kelganda ( kutilmagan suhbatdosh paydo bo’lishi, yoqtirmagan shaxs, suhbatda nozik mavzuda to’xtalib o’tish ) inson telefon bilan atrofdagi dunyodan berkinadi. U telefonni shunchaki hisobni tekshirish, SMSni o’qish yoki yuborish, tugmalarni bosish, vaqtni ko’rish https://scientific-jl.com 2 6 5 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali uchun oladi. Ushbu barcha harakatlar insonning

Доказательный фрагмент

«Biz telefonsiz bir kunimizni ham tasavvur qila olmaymiz.»

Образец извлечения

Демо-превью

Biz telefonsiz bir kunimizni ham tasavvur qila olmaymiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tobe’lik., e-mail, инстаграм, Internet, файсбук, Kalit so‘zlar: mobil telefon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники