Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUM TA’LIM MAKTABIDA O‘QUVCHILARGA O‘ZBEKISON DAVLAT MADHIYASINI TO‘G‘RI KUYLASHGA O‘RGATISH.
Xabibullayeva Mubinaposhsha Saidakbar qizi
Исследователь · 03 · 2026
Аннотация
В данной статье представлена информация о том, как правильно петь государственный гимн Узбекистана учащимся общеобразовательных школ, формировать внутреннюю эмоциональность при пении государственного гимна, формировать чувство Родины. Ключевые слова: государственный гимн, музыкальный звук, национальная традиция, ценности, универсальное чувство, национальная традиция, ценности, универсальное чувство, национальная гордость, звук, песня. Anotation: this article provides information on the formation of the correct singing of the state anthem of Uzbekistan to schoolchildren of general secondary education, the feeling of inner feelings when singing the state anthem, the formation of the singing of the feeling of the motherland. Keywords: state anthem, musical sound, national tradition, values, universal feeling, national tradition, values, universal feeling, national pride, Sound, song. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an'ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan. Davlat madhiyasi (yunon. humnos - gimn, tantanali qo‘shiq) Vatanni, davlatni, tarixiy voqealarni, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi sheʼriy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. Madhiya tanatanali qo‘shiq bo‘lib, rasmiy davlat marosimlari, bayram va tantanalarida, davlat delegatsiyalari, mehmonlarni kutib olish va kuzatish chog‘ida ijro etiladi. Davlat madhiyasi ijro etilganda hamma ishtirokchilar o‘rnidan turadi. Harbiylar qo‘llarini chakkalariga tekizgancha (“chest” berib) turadi, fuqarolar bosh kiyimlarini yechib, tikka, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib tinglaydi. https://scientific-jl.com 7 6 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak- maqsadi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlat ramzlari ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim vositadir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka e'tiqodni targ‘ib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yo‘lida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy g‘ururni uyg‘otadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga e'tiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi. Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini mujassam etgan madhiyamiz bugun ta'lim maskanlarida yosh avlodning Vatanga muhabbat ruhida kamol topishiga xizmat qilmoqda. Endi harf taniy boshlagan jajji farzandlarimiz millatimizning bosh qo‘shig‘ini kuylay boshlaganida sevinchdan hayajonga tushamiz. Bunday lahzalarda xalq va Vatan ulug‘langan qo‘shiq insonlar qalbiga yuksak va beg‘ubor tuyg‘ularni jo etishga, bu yorug‘ olamni yanada munavvar ko‘rsatadigan ilohiy mo‘'jiza ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Yurtning eng ulug‘ qo‘shig‘ini e'zozlash, yod olish va baralla kuylash har bir yurtdoshimizning burchidir. O‘zbekiston Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabrda 768-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlangan. Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan. Madhiya to'g'risida boshlang'ich tushunchalar berish orqali o'quvchilarda hissiy taassurotlarini shakllantirish; - Ijro etish rejasini to'zishga qaratilgan musiqiy yo'nalishni tahlil qilish; - Asarni kichik bo'laklarga bo'lib ishlash hamda kuylash malakalarini shakllantirish yo'llarini rejalashtirish; - Ayrim jumlalarni puxta o'rganish maqsadida takrorlash hamda ifodali kuylashga zamin yaratadigan mashqlardan foydalanish; - Asarning badiiy harakterini tinglovchiga yetkazib kuylash o'qituvchi bu vazifalarni bajarishga kirishar ekan eng avvalo tanlangan bu qo'shiqning yaratilishi https://scientific-jl.com 7 7 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali haqida o'qituvchilarga qisqacha malumot berib malum cholg'u asbobi jo'rligida ifodali kuylab beradi; Musiqiy tovushlarni
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о том, как правильно петь государственный гимн Узбекистана учащимся общеобразовательных школ, формировать внутреннюю эмоциональность при пении государственного гимна, формироват…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о том, как правильно петь государственный гимн Узбекистана учащимся общеобразовательных школ, формировать внутреннюю эмоциональность при пении государственного гимна, формироват… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- state anthem, musical sound, national tradition, values, universal, milliy an’ana, Kalit so‘zlar: Davlat madhiyasi, umuminsoniy tuyg‘u, milliy g‘urur, milliy an'ana, qo‘shiq., musiqiy tovush, tovush, qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026