К содержанию
РецензированоUZ2021

TARBIYA FANI ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH.

EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH. · Malikaxon Maxmudova

Исследователь · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda tarbiya fanining o‘rni yoritilgan. Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, qonun va qarorlar asosida mavzuning dolzarbligi isbotlangan. Maqolada pedagogik yondashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha ishlari kabi samarali usullar tahlil qilinadi. Yakunda amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar:ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, metodologiya, pedagogik tajriba, ekologik harakat, ongli tarbiya. Kirish. Global miqyosda yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, jumladan, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, havoning, suv va tuproqning ifloslanishi insoniyat hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid solmoqda. Bunday tahdidlarni kamaytirish va atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish uchun jamiyatda ekologik madaniyat darajasini oshirish muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, bu jarayonning eng muhim bo‘g‘ini — maktab ta’limida, ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichida amalga oshirilishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshlang‘ich sinf davrida bolalarda atrof-muhitga nisbatan munosabat, qadriyatlar, e’tiqodlar va shaxsiy mas’uliyat kabi psixologik asoslar shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror taraqqiyotga erishishga qaratilgan muhim hujjatlar qabul qilindi. Jumladan: “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri (2021-yil); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi to‘g‘risidagi PQ–5188-sonli qarori (30.10.2021-yil); 2023–2025-yillarda ekologik madaniyatni rivojlantirish milliy strategiyasi. Mazkur hujjatlar asosida ta’lim tizimida ekologik tarbiyani kuchaytirish, o‘quvchilarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirish, amaliy ekologik faoliyatga jalb qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, maktablarda ekologik burchaklar tashkil etilmoqda, o‘quvchilar ishtirokida daraxt ekish, tabiatni asrash, chiqindilarni saralash kabi tadbirlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu nuqtai nazardan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish usullarini o‘rganish va takomillashtirish zamonaviy ta’limning muhim vazifalaridan biriga aylanmoqda. Bu yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlar nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega bo‘lib, yosh avlodni https://scientific-jl.com 1 1 6 60-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ekologik jihatdan ongli va mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bugungi Yangi O‘zbekistonda ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: "Ekologik tarbiya — bu ertangi kunimiz uchun eng zarur hayotiy darsdir. Yangi avlodni bu borada ongli va mas’uliyatli etib tarbiyalash — kelajak avlod oldidagi eng muhim burchimizdir"[1.2-b.]. Boshlang‘ich ta’lim — shaxsning asosiy dunyoqarashi shakllanadigan muhim davr. Shu bois ekologik madaniyatni aynan shu bosqichda shakllantirish dolzarb masala sanaladi. Tarbiya fani esa bu jarayonda asosiy vositachilardan biridir. Metod va natijalari. Metodologiya maqola yozishda quyidagi metodlardan foydalanildi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik tajribalarni o‘rganish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan suhbat, amaliy dars ishlanmalari tahlili. Ekologik madaniyat tushunchasi. Ekologik madaniyat – bu insonning tabiatga ongli, mas’uliyatli munosabati, ekologik bilim va odatlarning yig‘indisi. Boshlang‘ich sinfda bu madaniyat quyidagilar orqali shakllanadi: Tabiatni kuzatish, uni sevish; Tozalikka amal qilish, chiqindilarni saralash; Daraxt ekish, gullarga g‘amxo‘rlik qilish. Suv, havo, tuproq kabi resurslarga ehtiyotkorlik. 2. Tarbiya fani vositasida shakllantirish usullari. Tarbiya darslarida ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagi usullar samaralidir: Amaliy mashg‘ulotlar: bog‘da gul ekish, sinf oynasida o‘simlik parvarishlash. Rol o‘ynash: “Yashil patrul” o‘yinlari orqali ekologik muammolarni bartaraf etish. Loyiha ishlari: “Mening ekologik xatti-harakatlarim” mavzusida guruh loyihalari. Multimedia vositalari: ekologik mavzudagi multfilmlar, animatsiyalar orqali tushunishni osonlashtirish. Ekokunlar tashkil etish: “Tabiat do‘stlari kuni”, “Chiqindisiz kun” kabi tadbirlar. Xulosa va tavsiyalar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish — bu faqatgina ekologik bilim va ma’lumotlar berish bilan cheklanmaydi. Bu jarayon, avvalo, bolalar qalbida tabiatga nisbatan mehr, e’tibor va mas’uliyat hissini uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Ekologik tarbiya nafaqat aqliy, balki hissiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan ham bolalarning rivojlanishiga ta’sir etadi. Aynan shu bois, tarbiya fanining didaktik, metodik va amaliy imkoniyatlaridan samarali foydalanish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda tarbiya fanining o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda tarbiya fanining o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodologiya, ekologik madaniyat, ongli tarbiya., pedagogik tajriba, ekologik harakat, Kalit so’zlar:ekologik tarbiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники