Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNING OVQATLANISHIDA OQSILLARNING GIGIYENIK AHAMIYATI
Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich · Talabalari Ahmadjonova Nozima · Alimardonov Xurshid
Исследователь · 2026
Аннотация
Talabalar ovqatlanishida oqsillarning gigiyenik ahamiyati juda katta.Oqsillar organizmning normal ishlashini ta’minlaydi. Oqsillar asosan plastik funksiyani bajaradi.To’qima va a’zolarning barcha hujayralari shu oqsillardan tuzilgan. Hozirgi kunda "bo‘y o'stiruvchi" aminokislotalaming uchinchi guruhini ajratish kerak, degan nazariya ham bor. Kalit so’zlar: Oqsillar, qurilish vazifasi, energiya, sog’lom o’sish, immunitet, gigiyenik ahamiyati, enzimlar, gormonlar. Kirish: Talabalar ovqatlanishida oqsillarning gigiyenik ahamiyati juda katta.Oqsillar organizmning normal ishlashini ta’minlaydi va talabalarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi.Oqsillarning gigiyenik ahamiyati quyidagilarda ifodalanadi: 1.Oqsillar organizmning asosiy qurilish moddalari hisoblanadi. Ular hujayralar, to’qimalar, teri, soch, tishlar va mushaklarning qurilishida ishtirok etadi. Talabalar uchun juda muhim, chunki ular doimiy o’sish va rivijlanish jarayonida bo’ladi. 2.Immun tizimini mustahkamlash. Oqsillar immun tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ular organizmni turli infeksiyalarga qarshi himoya qiladi va talabalar salomatligini saqlashda muhim rol o’ynaydi. 3.Sog’lom o’sish va rivojlanishni ta’minlaydi. Talabalar o’sish davrida bo’lganligi sababli, oqsillar ularning fiziologik va psixologik rivojlanishida muhim o’rin tutadi. 4.Energiya ta’minoti. Oqsillar organizmga energiya beradi, bu esa talabalarning o’qish va jismoniy faoliyatida samarali bo’lishiga yordam beradi. To’g’ri oqsil manbalari talabalarning tana vaznini boshqarish va charchoqni oldini olishga yordam beradi. 5.Gigiyenik jihatdan, oqsillarning sifati va tozaligi ham muhim. Oqsilga boy oziq-ovqatlar toza va sifatli bo’lishi kerak, chunki zararlangan yoki yaroqsiz oqsillar https://scientific-jl.com 1 1 3 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali sog’liq uchun xavf tug’dirishi mumkin. Oqsil manbalarining saqlanishi va tayyorlanishi gigiyenik jihatdan to’g’ri bo’lishi kerak. 6.Enzimlar va gormonlar. Oqsillar organizmda turli biologik reaksiyalarni boshqaruvchi enzimlar va gormonlarni tashkil etad. Enzimlar kiyoviy reaksiyalarni tezlashtirsa, gormonlar organizmda turli tuzimlarning ishlashini tartibga soladi. Masalan:Samatatrop gormoni suyaklarning yaxshi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Asosiy qism.Inson organizmining bekamu ko‘st rivojlanib, yashashini ta minlaydigan asosiy omillardan biri ovqat hisoblanadi. U energiya manbai. Bir gramm ovqatning organizmda yonganda ajraladigan issiqligiga qarab ovqatning quvvatiy qiymati aniqlanadi. Oqsillar hayot uchun zarur moddalarga kiradi, bularsiz organizm yashashi, o’sishi va rivojlanishi mumkin emas. Hayot faoliyati jarayonida hujayralar tarkibidagi oqsillar doimiy ravishda parchalanib, yangilanib turadi. Shu jarayonni qollab quvvatlab turish uchun organizmga oqsil tushib turishi zarur. Oqsil hujayralar yadrosi va sitoplazmasi tarkibiga kiradi. Oqsillar asosan plastik funksiyani bajaradi.To’qima va a’zolarning barcha hujayralari shu oqsillardan tuzilgan. Oqsillar qon, limfa, mushak tolalari, suyaklar, gormonlar tarkibiga, shuningdek, fermentlar hamda mikroblar va ularning zaxarlariga qarshi kurash jarayonida organizmda ishlanib chiqadigan antitelolar tarkibiga kiradi. Oqsil muhim ahamiyatga ega bo’lgan jumladan, immunitet asosini tashkil qilishda, spetsifik gamma-glabulinning tashkil bo’lishi, tabiiy immunitet tuzishda, qon oqsili- properdin, hosil bo’lishida mushaklar qisqarishida ishtirok etuvchi miozin va aktin bo’lishida, gemoglobin hosil bo’lishida, ko’z to’r pardasida ko’rish purpuri faoliytida qatnashuvchi radopsin hosil bo’lishida, to’qimaning membrana sistemasiga kiruvchi birikmalar sifatida qatnashadi. Shuningdek, oqsillar moddalar almashinuvi jarayonini boshqaruvchi vosita bo’lib xizmat qiladi, qalqonsimon bez, me’da osti bezi gormonlari tarkibiga kiradi. Oqsil yetishmaganda vitaminlar yaxshi o’zlashtirilmaydi. Ovqat bilan tushgan oqsillar me’da-ichak yo‘li fermentlari ta’sirida aminokislotalarg parchalanib, bular qon bilan hujayraga o‘tib, oqsillar sinteziga sarflanadi. Odamning o'ziga xos, ya’ni spetsifik oqsillaming miqdoridan tashqari, tarkibidagi aminokislotalar nisbatining ham ahamiyati bor. Organizmda aminokislotalar doim ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Biroq, ba’zi hollarda (homiladorlik, keksalikda, xavfli o'smalar paydo bo‘lganda) to'qimalardagi aminokislotalar nisbatan o'zgaradi. Shuning uchun ham, oqsillar organizmga doim tushib turishi shart. Buning uchun odam xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilib turishi lozim. https://scientific-jl.com 1 1 4 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oqsillar organizmda aminokislotalarga parchalanadi. Organizmda sintezlanadigan va sintezlanmaydigan aminokislotalar bo‘ladi. Organizm uchun zarur aminokislotalaming ko‘pi organizmda sintezlanadi. Organizmning sintezlanadigan aminokislotalarga ehtiyoji endoge
Доказательный фрагмент
«Talabalar ovqatlanishida oqsillarning gigiyenik ahamiyati juda katta.Oqsillar organizmning normal ishlashini ta’minlaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTalabalar ovqatlanishida oqsillarning gigiyenik ahamiyati juda katta.Oqsillar organizmning normal ishlashini ta’minlaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- enzimlar, gigiyenik ahamiyati, immunitet, gormonlar., qurilish vazifasi, energiya, sog’lom o’sish, Kalit so’zlar: Oqsillar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014