К содержанию
РецензированоRU2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIMIY JARYONLARNI TASHKIL QILISHDA RAHBARNING BOSHQARISH MAHORATI

Bo'riboyeva Nasibaxon Abbosovna

Исследователь · 2026

Аннотация

This article discusses the importance and main tasks of leaders in the exchange of ideas and management of educational activities in education, work and professional activities. Kalit so‘zlar: rahbarning vazifalari, rahbar, hamkorlik, boshqarish mahorati, kasbiy faoliyat, munosabat. Ключевые слова: обязанности лидера, лидер, сотрудничество, управленческие навыки, профессиональная деятельность, отношение. Key words: responsibilities of a leader, leader, cooperation, management skills, professional activity, attitude. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) rahbari — bu tashkilotning umumiy faoliyatini boshqaradigan, ta’lim-tarbiya jarayonlarini muvofiqlashtiradigan, xodimlar ishini tashkil qiladigan va resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlaydigan mas’ul shaxs hisoblanadi. O‘zbekistonda bu lavozim odatda bog‘cha mudirasi yoki mudiri deb yuritiladi. MTT rahbarining asosiy vazifalari:  Tashkiliy-boshqaruv faoliyati: muassasaning ish rejasi, shtat jadvali, smeta va ichki tartib-qoidalarini ishlab chiqadi.  Pedagogik rahbarlik: tarbiyachilar, psixologlar, defektologlar va boshqa mutaxassislarning ishini muvofiqlashtiradi.  Ta’lim sifati nazorati: o‘quv-tarbiya ishlarining metodik jihatdan to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi.  Moliyaviy-iqtisodiy boshqaruv: budjet mablag‘lari, homiylik yordami va boshqa resurslarni to‘g‘ri sarflashini nazorat qiladi.  Ota-onalar bilan hamkorlik: ota-onalar yig‘inlarini tashkil qiladi, tarbiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. https://scientific-jl.com 1 2 7 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali  Huquqiy javobgarlik: muassasada sodir bo‘ladigan barcha holatlar uchun qonuniy javobgar bo‘ladi. Rahbar maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to‘la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Rahbar o‘z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik, rahbarga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Rahbar bog‘chani kerakli texnikaviy va xo‘jalik materiallari bilan muntazam ravishda ta'minlab turishi, binoni jihozlar bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlashi, binoni o‘z vaqtida ta'mirlashi va o‘quv-ko‘rgazmali qurollar bilan to’ldirib borishi, turli yosh guruhi uchun dasturiy-mctodik hujjatlarda tavsiya etilgan (ularni fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tarbiyalash maqsadida) bolalar badiiy adabiyoti va pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlashi, bolalar maydonchasi va yer uchastkasini to‘g‘ri, rejali jihozlashi, kadrlarni joylashtirishda ulami bolalar bilan ishlash stajiga qarab, xodimlarning individual xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy ishlarini nazorat qilishi va bolalarni tizimli tibbiy ko’rikdano’tkazishi kerak. Boshqarish mahorati: Rahbarning boshqaruv mahorati ta'lim muassasasining umumiy ish faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Samarali boshqaruv orqali rahbar o'qituvchilarni rag'batlantirishi, tarbiyalanuvchilarni motivatsiya qilishi va har bir jarayonni tartibga solishi mumkin. Rahbarning boshqaruv uslubi jamoaning ish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Demokratik boshqaruv uslubi orqali rahbar o'qituvchilar va tarbiyalanuvchilarni o'z fikrlarini bildirishga undaydi, bu esa jamoada ochiq va samarali muloqotni rivojlantiradi. Pedagog o‘zida ijodiylik hissini shakllantirish va boshqarish uchun quyidagi autotreninglarni qo'llashi mumkin: men tinch-xotirjamman; men ishonch bilan dars o'ta olaman; bolalar meni tinglashadi; men darsga yaxshi tayyorlanganman; dars juda qiziqarli bo'ladi; bolalarning men bilan birga bo'lishlari juda qiziqarli; https://scientific-jl.com 1 2 8 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali kayfiyatim yaxshi; menga darsda ishlash yoqadi. Ayrim rahbarlarga «xodimlaringiz sizga doimo bo'ysunadilarmi», deb savol bersangiz, ular «yo'q, doim emas, xodimlarim bilan til topisha olmayman», deb javob qaytaradilar. Nima uchun? Balki rahbar xodimlarini to'g'ri tushuna olmayotgandir. Demak, ba’zi rahbarlar to'g'ri ko'rsatma bera olmaydilar. Kasbiy muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya olish lozim. Bir-birini tushunish xodimlarning umumiy aqliy rivojlanishiga, madaniyatiga bog'liq. Ayrim xodimlarga bitta gap kam, ikkita gap ortiqcha bo'ladi, ularga 1,5 ta gapni topib ko'rsatma berish lozim. Har bir xodimning intellekt (aqliy) darajasini hisobga olib ko'rsatma berilsa, ular vijdonan bajaradilar. Rahbar xodimga mantiqiy fikr berishi ker

Доказательный фрагмент

«This article discusses the importance and main tasks of leaders in the exchange of ideas and management of educational activities in education, work and professional activities.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the importance and main tasks of leaders in the exchange of ideas and management of educational activities in education, work and professional activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
responsibilities of a leader, leader, cooperation, management skills, munosabat., kasbiy faoliyat, Kalit so‘zlar: rahbarning vazifalari, rahbar, boshqarish mahorati, hamkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти