К содержанию
РецензированоEN2026

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY JIHATLARI

Jurayeva I.A. · Abduvaxobova M. V.

Исследователь · 2026

Аннотация

This article discusses the problems that many linguists face when translating English phraseological units (phrases, proverbs, idioms) into Uzbek, and their solutions. In addition, the origins of one of the new areas in linguistics — linguocultural studies — and its important role in translating phraseological units are analyzed. Key words. Linguoculturology, phraseology, semantics, cognitive linguistics, history of linguoculturology, figurative standard, stable combination, cultural life, tradition. Аннотация. В данной статье рассматриваются проблемы, с которыми сталкиваются многие лингвисты при переводе английских фразеологизмов (словосочетаний, пословиц, идиом) на узбекский язык, а также пути их решения. Кроме того, анализируется истоки одного из новых направлений в языкознании — лингвокультурологии — и его важная роль в переводе фразеологических единиц. Ключевые слова. Лингвокультурология, фразеология, семантика, когнитивная лингвистика, история лингвокультурологии, образный стандарт, устойчивое сочетание, культурная жизнь, традиция. Kirish. Darhaqiqat, til va madaniyat har bir millatning milliyligini belgilovchi muhim omillardir. Avvalo, bu ikki tushuncha bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, til o'rganishda madaniyatni bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli hozirgi kunda tilshunoslikda yangi soha – lingvomadaniyatshunoslikni o'rganish, uni tadqiq qilishga talab kuchayib bormoqda. Bu shuni anglatadiki, til o'zida o'sha xalqning madaniyani aks ettirib turadi va o'rganilayotgan tilning madaniy urf-odatlari bilan tanish bo'lish https://scientific-jl.com 1 3 1 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tilni egallash jarayonini osonlashtiradi. Aynan shu jihatlarni hisobga olgan holda, lingvistika va madaniyat sohalarini birlashtirgan ravishda ko'plab ishlar olib borilishi kerak. Linguvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi [3; 1378]. Xususan, V.N.Teliya ta’kidlaganidek: “lingvomadaniyatshunoslik – tildagi madaniyat omili va insondagi til omilini o'rganishga qaratilgan”. Bu fanning asosiy muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin: a) inson olamni qanday qabul qiladi; b) madaniyatda ko‘chim va timsollarning o‘rni; c) tilda asrlar davomida saqlanib turgan iboralarning madaniy belgilarini ifodalashdagi roli va ularning inson uchun ahamiyati. Lingvomadaniyatshunoslik boshqa zamonaviy tilshunoslikning antroposentrik yo‘nalishlaridan (kongnitiv tilshunoslik, kognitiv psixologiya, kongnitiv sotsiologiya, psixolingvistika) farqli ravishda tilni madaniy fenomen sifatida tadqiq etadi. Tilshunoslik butun borlig‘i bilan madaniy-tarixiy mundarijaga tayanadi yoki tadqiqot predmeti sifatida madaniyatning mahsuli, asosi va shart-sharoiti – muhiti hisoblangan tilni tushunadi. Uning bo‘limlari ichida “madaniyat tashuvchi” sifatida eng faollari til tarixi bilan bog‘liq sotsial dialektologiya, etnolingvistika, uslubiyat, leksikologiya, frazeologiya, semantika, tarjima nazariyasi va boshqa bo‘limlardir [1; 87]. Asosiy qism. “Lingvokulturologiya” atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V. N. Teliya va V. V. Vorobyov, V. A. Maslova va boshqalarning ishlarida ko‘rinadi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi nazariyasining ildizi V. F. Gumboldtning tadqiqotlariga borib taqaladi. Bundan tashqari, bu sohaning rivojlanishida A. A. Potebnya, L.Vaysgerber, H. Glins, H. Holts, W. D. Uitni, D. U. Pauell, F. Boas, E. Sepir, B. L. Uorf, G. Brutyan, A. Vejbitskaya va D. Xaymz kabi tilshunoslarning ilmiy nazariyalari va g‘oyalari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi [1; 20]. Ana shu g‘oyalarga asoslanib yillar mobaynida lingvistikada yangi fan – lingvokulturologiya vujudga keldi hamda XX asrning 90-yilllarida maxsus soha sifatida shakllandi. O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo‘nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, o‘zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning “O‘zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish”, N.Mahmudovning “Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab”, D.U.Ashurova va M.Galiyevalarning ”Cultural Lingvistics”, N.Sayidrahimovaning “Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar”, https://scientific-jl.com 1 3 2 59-son_4-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali “Lingvokulturologiyaning komponentlari” nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning “Matnning atropotsentrik tadqiqi” gimonografiyasini, A.E.Mamatovning “Zamonaviy lingvistika”, Sh.Usmonovaning “Lingvokulturologiya” mavzusidagi darlik va o‘quv qo‘llanmalarini aytib o‘tish joiz. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik fa

Доказательный фрагмент

«This article discusses the problems that many linguists face when translating English phraseological units (phrases, proverbs, idioms) into Uzbek, and their solutions.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the problems that many linguists face when translating English phraseological units (phrases, proverbs, idioms) into Uzbek, and their solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Linguoculturology, phraseology, semantics, cognitive linguistics, obrazli etalon, turg'un birikma, Kalit so'zlar. Lingvokulturologiya, frazeologiya, lingvokulturologiya tarixi, semantika, kongnitiv tilshunoslik, madaniy hayot, an’ana.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники