К содержанию
РецензированоUZ2025

E’TIQODNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI

NEW RENAISSANCE · Olimova Sharifa Oybek qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishi kerakligi tahlil qilingan. Kalit so’zlar: e’toqod, axloq, din, poligon, jamiyat, ijtimoiylashuv, mafkura, tafakkur. “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega” [1], ekanligi zamonaviy hayotning isbot talab qilmas hodisasidir. Avj olib borayotgan mafkuraviy hurujlar maydoninining eng faol ijrochilari yoshlar qatlamini tashkil etmoqda. Shijoatli yoshlar ongi va xulq-atvorida hayotda munosib o‘rnini topish uchun ma’qul narsa- hodisaga e’tiqod qiladi. Yoshlarning tanlagan e’tiqodi yashash faoliyatidagi mezonlarni belgilab beradi. “O‘z navbatida yoshlar barcha narsa-hodisaga o‘z e’tiqodidan kelib chiqib baho beradi” [2]. Masalan, biror kasbga e’tiqod qiladi, ardoqlaydi, taqdirini shu kasbga bog‘laydi. Inson tabiati serqirra ba’zilar moddiy narsa, bezak urf-odatlarga me’yoridan ortiq ixlos qo‘yishi ma’naviy qashshoqlikka olib keladi. Bunday odamlarning e’tiqodi g‘ayri insoniy yo‘nalishga tushib, xalq nazaridan qoladi. Ya’ni, “e’tiqod - ob’ektiv umuminsoniy qadriyatlarga haqiqatga mos kelishi, egrilik, mutaassiblikka qo‘shilib salbiy shaklga ham kirishi mumkin” [3]. Chunki, e’tiqodlilik darajasining o‘zi ham jamiyatda ijobiylik va salbiylik holatida namoyon bo‘ladi: Ijobiy e’tiqod - jur’atni, qat’iyatni, tashabbuskorlikni, tanlangan idealiga nisbatan sadoqatni rivojlanishi kabi holatlarni ifodalaydi. Insonda ijobiy e’tiqodni shakllantirish uchun xojagon tariqati ta’biri bilan aytganda “dil ba yoru dast ba kor” ya’ni qo‘l mehnat bilan, ko‘ngil Olloh yodi bilan sayqallashib borishi kerak. Agar bu holat bo‘lmasa insonni nafsoniy tuyg‘ular qamrab oladi va e’tiqodida nuqsonlar paydo bo‘ladi. Ko‘nglida Ollohni yod etib doimo ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amallar sari harakat qilayotgan e’tiqodli inson o‘zi tanlagan yo‘ldagi har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladi. Natijada ruhan kuchli shaxs bo‘lib, komil inson xususiyatlari yuzaga chiqadi. Eng asosiysi bunday e’tiqodli inson o‘zligidan voz kechmaydi. O‘zligini anglagan har qanday inson esa avvalo o‘zini, oilasini, mahallasini, millatini, jamiyatni turli xil tajovvuzlardan himoya qiladi. 815 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Har qanday tashqi ta’sir e’tiqodli insonga bosim o‘tkaza olmaydi. Zamonaviy modernizm jarayonidagi yangiliklarga xolisona baho beradi va bunday holatlarni vaqtinchaligini anglaydi. Salbiy e’tiqod – ijtimoiy muhitda nafsoniy tuyg‘ularga xirs qo‘yish natijasida shaxsiy ehtiyojlarini e’tiqod darajasiga ko‘taradi va jamiyatdagi parokandalikka sababchi bo‘ladi. Bunday “tarbiyalangan” yoshlarning nafsoniy e’tiqodi shaxsiy g‘ayriaxloqiy xulq- atvorini oqlash uchun asos vazifasini o‘taydi. Salbiy e’tiqodning kelib chiqishiga yana bir sabab, “hayotiy tajriba natijasida avvalgi e’tiqod еmirilishi, yangisi o‘zlashtirilishi, bu insonning chuqur ma’naviy tanazzuliga sabab bo‘lishi mumlin” [4]. Bu holat keyinchalik vafosizlik, hayosizlik natijasida e’tiqodsizlik ko‘rinishlarini namoyon etadi. Bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga tahdid soluvchi “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlar jarayoni ham salbiy e’tiqodning bir ko‘rinishidir. Bundan bir necha yil muqaddam birinchi prezidentimiz I.A.Karimov bugungi kunni oldindan ko‘ra bilib, yoshlarimizni mana shunday xavf borligidan ogohlantirib, ularni mustahkam e’tiqodli bo‘lishga da’vat etgan edi: “...kishini doimo ogoh bo‘lishga undovchi mafkuraviy tazyiq, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab еtish nihoyatda qiyin. Mana shunday bir vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, sobit e’tiqodiga, o‘zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy qadriyatlarga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amrimahol.” [5]. Agar e’tibor bersangiz jamiyatda ko‘proq yoshlar qatlami ongida har qanday mafkuraviy yangilikka intilish kuchli bo‘ladi. Shuning uchun yoshlar miyasidagi informatsion manbalarni ezgu e’tiqod g‘oyalari bilan boyitib borsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlikda o‘rganilgan bilimni toshga uyilgin naqshga o‘xshatilishi bejizga emas. Aynan shu davrdagi olingan bilim mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun ham yoshlar ongi va xulq-atvorida e’tiqod tushunchasini shakllantirish muhim masaladir. Tasavvur qiling ma’lum bir auditoriyada kasb-hunar egasi bo‘lish uchun qayg‘urayotgan intelektual yoshlar o‘zaro fikr almashmoqda. Shunda emo va got, diniy aqidaparast yoxud boshqa “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdidlar ta’siriga tushib qolgan yigit-qiz o‘zaro suhbatga kelib qo‘shildi. Yigit-qizning tashqi ko‘rinishga alohida e’tibor qaratgani, fikrlashdagi “o‘ziga xoslik” atayin tengdoshlarini e’tiborini o‘zlariga jalb qilishdir. Yoshlarda ma’naviy meros, hamda umuminsoniy qadriya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
din, e’toqod, ijtimoiylashuv, poligon, axloq, jamiyat, tafakkur., mafkura
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники