К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT MAQSADLI JAMG‘ARMALARI VA ULARNING SAMARALI SHAKLLANISHI

Eshdavlatov Humoyun Nusratulla o‘g‘li · O‘zbekiston Davlat Iqtisodiyot universtiteti

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Jumladan, jamg‘armalarning shakllanish manbalari, ularni boshqarish mexanizmlari hamda samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif davlat byudjeti tizimida jamg‘armalarning tutgan o‘rni, ularni shakllantirishda iqtisodiy va moliyaviy omillarning ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekistonda mavjud davlat maqsadli jamg‘armalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola iqtisodchilar, moliyachilar va davlat moliyasi sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar: davlat jamg‘armalari, maqsadli fondlar, byudjet siyosati, iqtisodiy barqarorlik, moliyaviy boshqaruv, davlat moliyasi, resurslarni taqsimlash, samaradorlik, fondlar shakllanishi, strategik rejalashtirish. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror tarzda o‘sishi uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining yanada mustahkamlanishida davlat maqsadli jamg‘armalarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yeg‘indisi hisoblanib, ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo‘gini sifatida gavdalanadi. Davalat maqsadli jamg‘armalarni moliyaviy mablag‘larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy – huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hozirgi kunda, butun dunyo bo‘ylab alohida sohalarni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor ortib bormoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish, uni moddiy jihatdan ta’minlash va faoliyati natijasida yuzaga keladigan mablag‘larni alohida jamg‘armaga jamlash uchun maxsus fondlar hamda jamg‘armalarni tashkil etishga bo‘lgan talab oshmoqda. O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari miqdorining ortishi (ko‘payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg‘arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘arma https://scientific-jl.com 2 6 8 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ilishi bu borada qilinishi zarur bo‘lgan ishlar uchun yetarlicha asos bo‘la oladi. Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o‘zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko‘rinishdagi Davlat maqsadli jamg‘armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat budjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo‘ladi. Aynan ushbu jamg‘armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan Davlat budjeti defitsitini niinflyatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi Mazkur kurs ishida, Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatining rivojlanish istiqbollari umumiy 4 ta reja asosida yoritilgan bo‘lib, dastlab Davlat maqsadli jamg‘armalarini tashkil etishning ahamiyati, uning qonunchilik bazasi, daromadlari va xarajatlarini nazorat qilish ularni shakllanishi va sarflanishi bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar tahlil etilib, Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha qilinadigan amaliy ishlar, ularning faoliyatini tahlil etilishi natijasida bir qator amaliy tusga ega bo‘lgan xulosa va takliflar bayon etilgan. Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjet paydo bo‘lishidan ancha avval vujudga kelgan. Datlabki ko‘rinishi mamlakatlarda fondlar deb yuritilgan. Ularning paydo bo‘lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar bilan bog‘liq. Eng qadimgi davlat maqsadli jamg‘arma (fond)lariga qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bo‘lgan hayriya fondlarini kiritish mumkin. Keyinchalik bu fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada davlat maqsadli jamg‘armalarining mohiyati, ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy barqarorlik, resurslarni taqsimlash, davlat moliyasi, byudjet siyosati, strategik rejalashtirish., fondlar shakllanishi, Kalit so‘zlar: davlat jamg‘armalari, samaradorlik, moliyaviy boshqaruv, maqsadli fondlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники