Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMOM AL-BUXORIY ILMIY-IJODIY VA IBRATLI HAYOT YO’LI O’QUVCHILARDA IXLOS, IYMON XISLATLARINI TARKIB TOPTIRISHIDAGI ASOSIY JIHATI
TOPTIRISHIDAGI ASOSIY JIHATI · Razzaqov Bilimjon Begijon o‘g‘li
Исследователь · 2025
Аннотация
This article discusses the contribution of Imam Ismail al-Bukhari to the science of hadith, his place in world civilization and his importance in the education of schoolchildren. Keywords. Imam Al-Bukhari, hadith scholar, authentic hadiths, Quranic verse, didactics. НАУЧНО-ТВОРЧЕСКИЙ И ОБРАЗЦОВЫЙ ОБРАЗ ЖИЗНИ ИМАМА АЛЬ-БУХАРИ ЯВЛЯЕТСЯ ГЛАВНЫМ АСПЕКТОМ В ФОРМИРОВАНИИ КАЧЕСТВ ИСКРЕННОСТИ И ВЕРЫ У СТУДЕНТОВ. Аннотация. В данной статье говорится о вкладе имама Исмаила аль- Бухари в познание хадисов, его роли в мировой цивилизации и его значении в воспитании школьников. Ключевые слова. Имам Аль-Бухари, мухаддис, достоверные хадисы, аят Корана, дидактика. Kirish. “Sahih” yo‘nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo‘’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. U 810 yilning 13 mayida (ba’zi manbalarda 810 https://scientific-jl.com 3 0 6 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yilning 20 iyulida) (hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni) Buxoroda tug’ilgan. Go‘dakligida otadan yetim qolgan. Dastlabki savodini maktabda chiqargan, 10 yoshidayoq arab tilida yaratilgan kitoblar yordamida hamda roviylardan og’zaki ravishda eshitish asosida hadislarni yodlay boshlagan. Alloma hadis ilmini zo‘r ishtiyoq va katta qiziqish bilan o‘rgandi. Abdulloh ibn al-Muborak, Vaqi’ ibn Jarroh kabi olimlar tomonidan to‘plagan hadislarni yod olgan, shuningdek, hadis rivoyatchilari xususida so‘z yuritilgan bahslarda ishtirok etgan. Imom Ismoil al-Buxoriy 825 yilda, o‘n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo‘lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog’dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo‘lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi. Olti yil Hijoz shahrida yashab, u yerda yetuk muhaddislardan hadis ilmi bo‘yicha, Damashq, qohira, Basra va Bag’dod shaharlarining mashhur olimlardan esa fikh ilmi bo‘yicha ta’lim oladi. Shuningdek, allomaning o‘zi ham turli bahs va munozaralarda ishtirok etib, toliblarga dars ham beradi Muhokama va natijalar. Imom Ismoil al-Buxoriy iste’dodli, o‘tkir zehnli hamda ziyrak olim bo‘lgan. “Manbalarga ko‘ra, Bag’dod shahrida istiqomat qilgan vaqtda ko‘pincha qorong’u kechalari sham yorug’i va oyning nurida ijod qilib, kitob yozar ekan. Tunda yodiga bexosdan biror-bir fikr-mulohaza tushib qolsa, shamni yoqib, darhol o‘sha fikrni qog’ozga tushirar, shu tahlitda ba’zan shamni yigirma martagacha o‘chirib-yoqar ekan” Imom Buxoriyning o‘tkir zehn egasi ekanligini quyidagi misoldan ham bilish mumkin. Rivoyatlarga ko‘ra, u qaysi bir kitobni qo‘lga olib, bir marotaba mutoala qilsa, unda bayon etilgan barcha fikrlar, ma’lumotlarni yodda saqlab qolavergan. Imom Ismoil al-Buxoriyning qayd etishicha, yuz ming sahih (ishonchli) va ikki yuz ming g’ayri sahih (ishonchsiz) hadisni yod bilgan. SHogirdlaridan Amir ibn Fallos “Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyga ma’lum bo‘lmagan hadis, albatta ishonchli hadis emasdur”, - deydi. Ustoz Imom Ahmad ibn Xanbal al-Marvaziyning aytishicha, “Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas” Imom Ismoil al-Buxoriyning o‘tkir zehni xususida yana shunday rivoyat keltiriladi: “Imom Buxoriy bilan Basrada hadis darsiga qatnashgan sheriklaridan biri Hoshid ibn Ismoil aytadi: “Imom Buxoriy bizlar bilan birga ustozning darsini eshitardi. Ustoz rivoyat qilgan hadislarini biz yozib olar edik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o‘tirardi. Shu tarzda qancha kunlar o‘tib, orada ustoz qariyb 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga: Sen nega hadislarni yozmaysan?, -deb ta’na qilgan vaqtimizda: Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og’zidan yodlab olayotirman, - dedi-da, ustoz rivoyat qilgan hamma hadislarni bir chekkadan yoddan https://scientific-jl.com 3 0 7 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali o‘qib berdi. Shundan keyin biz yozib olgan hadislarimizdagi xatolarni uning yodlaganlaridan tuzatib oladigan bo‘ldik” Imom Ismoil al-Buxoriy juda ko‘p zabardast olimlardan ta’lim oladi. Manbalarda alloma ustozlarining soni to‘qson nafarga yaqin bo‘lgan deb ko‘rsatiladi. Muhammad ibn Yusuf al-G’artobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibn az- Zubayr al-Hamiydiy, Ishoq ibn Ibrohim ar-Rahavayh, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali al-Madiniy kabi olimlar uning ustozlari sanaladilar. Xulosa. Imom Ismoil al-Buxoriyning o‘zi ham yirik va mashhur olimlar Ishoq ibn Muhammad al-Ramoziy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Muhammad Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjojlarga ustozlik qilgan. Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the contribution of Imam Ismail al-Bukhari to the science of hadith, his place in world civilization and his importance in the education of schoolchildren.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the contribution of Imam Ismail al-Bukhari to the science of hadith, his place in world civilization and his importance in the education of schoolchildren. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Imam Al-Bukhari, hadith scholar, authentic hadiths, Quranic verse, muhaddis, sahih hadislar, Qur’on oyati, Kalit so’zlar. Imom Al-Buxoriy, didaktika.
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025