К содержанию
РецензированоUZ2026

SUD KOMPYUTER TEXNIKAVIY EKSPERTIZASINING IMKONIYATLARI VA DASTURIY TA’MINOTLARI

Sobirov Furqat Baxromboy o’g’li · Baxtiyorova Sevinch Faxriddin qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada kompyuter texnikaviy ekspertizasining ahamiyati , uning amaliyotda tatbiq etilgan imkoniyatlari , raqamli dalillarni olish mumkin bo’lgan obyektlar tahlil qilingan. Shuningdek , sud kompyuter texnikaviy ekspertizasini amalga oshirishda foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar atroflicha o’rganilgan. Kalit so’zlar: ekspertiza , mobil operatsion tizimlar, qattiq disklar, Belkasoft Evidence Center X, mobil telefonlar, axborot telekommunikatsiya Axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining keng tizimiga ega global axborot hamjamiyati allaqachon shakllangan va inson hayotiga kirib kelgan. Jamiyatning axborot texnologiyalari bilan birga rivojlanish jarayonining salbiy oqibatlaridan biri bu raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning paydo bo‘lishidir. So‘nggi yillarda axborot-kompyuter texnologiyalari bilan to‘yingan zamonaviy jamiyat uchun raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda [1]. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi – bu texnik ekspertizalar toifasiga kiruvchi mustaqil ekspertiza turi hisoblanib, u raqamli kriminalistikaning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi va raqamli dalillarning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bugungi kunda ko‘p sonli huquqbuzarliklar va jinoyatlar aynan raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilmoqda. Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi iqtisodiy, ma’muriy, jinoiy va fuqarolik ishlarida ish uchun alohida ahamiyat kasb etib kelmoqda. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasining obyekti – shaxsiy kompyuterlar, mobil aloqa vositalari, har qanday elektron ma’lumot saqlovchi va tashuvchi xotira vositalari, periferik qurilmalar, tarmoq uskunalari, operatsion va mobil operatsion tizimlar, dasturiy vositalar, ularning algoritmlari, matnli va grafik hujjatlar, multimedia formatidagi (audio-video) ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi axborotlar, Sim-kartalar, foto-video uskunalar, ularning ma’lumot saqlovchilari va boshqa shunday funksiya ega bo‘lgan qurilmalardir. https://scientific-jl.com 6 1 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasining predmeti – jinoiy, iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish uchun ahamiyatli bo‘lgan hamda, kompyuter vositalari yoki mobil aloqa qurilmalari tizimlarida axborotlarning paydo bo‘lishi, tahrirlanishi va o‘chirib yuborilishi kabi algoritmlarni o‘z ichiga olgan qonunlarni o‘rganish asosida aniqlangan faktlar(holatlar)dir. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi keng qamrovli tadqiqot turlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli ularni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:  kompyuter qurilmalar texnikaviy ekspertizasi;  kompyuter (raqamli) ma’lumotlar ekspertizasi;  kompyuter dasturiy ta’minotlari ekspertizasi;  kompyuter tarmoqlari ekspertizasi;  radioelektron qurilmalar (mobil aloqa vositalari) ekspertizasi [2]. Kompyuter qurilmalari texnikaviy ekspertizasi kompyuter qurilmalarining ishlash qonuniyatlarini o‘rganish asosida uning texnik xususiyatlarini (parametrlarini), kompyuter tizimining qaysi turkumiga mansubligi va uning ushbu tizimdagi rolini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Dasturiy ta’minotlar ekspertizasi raqamli qurilmalarning tizimlarini boshqaruvchi operatsion tizimlarda ishlash uchun mo‘ljallangan turli dasturiy ta’minotlar va tizimlarni yaratish, ularni qo‘llash qonuniyatlari, ularning algoritmlari, dastur kodlari hamda maqsadlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Tarmoq ekspertizasi internet yoki lokal tarmoq orqali o‘zaro bog‘langan kompyuter texnologiyalari va tizimlari, dasturiy ta’minotlar va boshqa raqamli vositalar yordamida amalga oshirilgan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Raqamli ma’lumotlar ekspertizasi va radioelektron qurilmalar (mobil aloqa vositalari) ekspertizasi raqamli kriminalistikada keng tarqalgan ekspertiza yo‘nalishlari bo‘lib, ularning maqsadi raqamli xotira qurilmalaridan va mobil aloqa vositalaridan ish uchun ahamiyatli bo‘lgan foydalanuvchi yoki dasturiy ta’minotlar yordamida tayyorlangan (yaratilgan) ma’lumotlarni aniqlash, saralash va tahlil qilishdan iborat. Mazkur ekspertiza yo‘nalishlari raqamli xotira qurilmalarida va mobil aloqa vositalari xotiralaridan aniqlangan ma’lumotlar orqali ish uchun ahamiyatli bo‘lgan muhim raqamli dalillarni aniqlash imkonini beruvchi sudkompyuter texnikaviy ekspertizasining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi amaliyotining tahlili bugungi kunda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki kompyuter axboroti sohasida sodir etilgan jinoyatlar yil sayin ortib borayotganligini, ayniqsa, raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, turli qurilmalardan foydalangan holda firibgarlik, to‘lov tizimlari va bankomatlar yordamida firibgarlik, bolalar pornografiyasini yaratish-tarqatish, turli https://scientific-jl.com 6 2 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ijtimoiy

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kompyuter texnikaviy ekspertizasining ahamiyati , uning amaliyotda tatbiq etilgan imkoniyatlari , raqamli dalillarni olish mumkin bo’lgan obyektlar tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kompyuter texnikaviy ekspertizasining ahamiyati , uning amaliyotda tatbiq etilgan imkoniyatlari , raqamli dalillarni olish mumkin bo’lgan obyektlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axborot telekommunikatsiya, Kalit so’zlar: ekspertiza, mobil telefonlar, qattiq disklar, mobil operatsion tizimlar, Belkasoft Evidence Center X
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники