К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILAR NUTQIDAGI MUAMMOLARGA YECHIM IZLASH

Mirzayeva Ziyoda Madjiddinovna

Исследователь · 2026

Аннотация

In this article, an attempt was made to study the active words used in the speech of readers in content, and it is evident in our examples that many of these words are foreign words. The article was followed by solutions to these problems. Keywords: education, reader, word, speech, problem, scientist, technique, social network. Bugungi kunda yoshlar ta'lim-tarbiyasi masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, bugungi globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda fan sohalarini rivojlantirib, ta'lim-tarbiyani yanada yuksak pog'onalarga ko‘tarish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish maqsadida yurtimizda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining maqsad-mazmuni bilan uyg'un bo‘lib, unda belgilangan vazifalarning bevosita davomiy ko‘rinishi sifatida ta'lim-tarbiyaning rivojida yangi bosqichni boshlab berishi, shubhasizdir. O‘quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish, so‘z boyligini oshirish, eng asosiysi, mazmunli va yaxshi gapirishga o‘rgatish hisoblanadi. Fransuz olimi Fozev Reman qayd qilganidek: “Yaxshi gapirish bu – ovoz chiqarib turib o‘ylash demakdir”. Demak, biz ustozlar zimmasidagi vazifa yosh avlodning nutqiy madaniyatini shakllantirish, ularni yaxshi gapirish, to‘g‘ri o‘ylash, fikrlashga o‘rgatishdan iborat. https://scientific-jl.com 9 8 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yoʻq. Qanchalik murakkab boʻlmasin, maktab taʼlimida poydevorni bugundan mustahkam qoʻyishimiz kerak. Chunki biz koʻp vaqt yoʻqotganmiz. Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq taʼlimi vazirligining ishi, deb oʻylasa, mutlaqo yanglishadi [1].1 Maktab taʼlimi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi boʻlishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin, — dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida. Nutq-inson hayotidagi eng muhim omildir.Nutq orqali inson o‘z fikrini ifoda etadi,ma`lumot beradi,axborot tarqatadi. Nutq qo‘llanilish holatiga ko‘ra 2 xil natija ko‘rsatadi: biri ijobiy, ikkinchisi salbiy. Xalqimiz: “Tiling boshingga yetar”, “Yaxshi so‘z jon ozig‘i-yomon so‘z bosh qozig‘i”, “Yaxshi gapga ilon inidan chiqar,yomon so‘zga musulmon dinidan chiqar”,- deb bejizga aytmaydi. Ammo biz mana shu naqllar, pand-nasixatlarga amal qilib yashayotgan bir davrda, zamonaning zayli o‘zgarib bormoqda. Ma`lumki texnika rivojlanib borayotgan bir vaqtda ,undan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir, ammo, ijtimoiy tarmoqlar orqali kirib kelayotgan yangicha uslublar, yangicha so‘zlar o‘quvchilar nutqida katta muammolarni keltirib chiqarayotgani ajablanarli emas. Har bir pedagogning, bu muammolarga yechim izlashi tabiiy holdir [2]. Bugunga qadar, bir qancha olimlar, nutq va nutq uslublari haqida ilmiy ishlar yaratishgan. Nutqdagi buzilishlar nutq faoliyatining mustaqil potologiyasi ekanligi haqida fikrlarini aytib o‘tishganlar. 1.1877-yilda A. Kussmaul nutq muammolarini tahlil qildi va deffektologiya bilan bog‘ladi. 2.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida adabiyotlarda o‘qish buzilishlari umumiy aqli zaiflikning simptomi deb va bu buzilishlar faqat aqli zaifbolalarda kuzatiladi degan fikrlari tarqaldi (F. Baxman va B. Engler). 3.Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qo‘shdilar [3]. Barcha davrning olimlari umumiy nutq haqidagi shaxsiy fikrlarni ilgari surgan bo‘lsada,bugungi kundagi o‘smirlar nutqidagi nuqsionlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, sababi, ijtimoiy tarmoqlar orqali yangicha so‘zlarning kirib kelishidir O‘quvchilar nutqini o‘stirishdagi eng asosiy omillardan biri bu, diologik muhitni yaratish,erkin fikrlashga o‘rgatish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish ko‘nikmasini hosil qilish 1 “Taʼlim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi”, — Shavkat Mirziyoyev https://scientific-jl.com 9 9 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ,mustaqil tuzgan nutqini imlo xatolarsiz yozishga o‘rgatishdir. Kitobxonlikni targ‘ib qilish,kutubxonalarga borish va har bir o‘qilgan adabiyotni muhokama qilish,o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish eng maqbul yo‘ldir. Darhaqiqat men barcha fikrlar umumiylashsa, amalga tadbiq etilsa, albatta, kutilgan natijaga erishish mumkin deb ayta olaman va jamoat joylarida, transport vositlarida nutqni buzib gapirayotgan insonlarni ko‘rib, albatta, jiddiy kur

Доказательный фрагмент

«In this article, an attempt was made to study the active words used in the speech of readers in content, and it is evident in our examples that many of these words are foreign words.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, an attempt was made to study the active words used in the speech of readers in content, and it is evident in our examples that many of these words are foreign words. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, reader, word, speech, problem, scientist, technique, Kalit so‘zlar: ta’lim, ijtimoiy tarmoq., so‘z, olim, o‘quvchi, texnika, muammo, nutq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники