Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOAT KORXONALARIDA AXBOROT TIZIMLARINING O‘RNI
Nurmatova Yorqinoy Abdulhayevna · Axmadaliyev Zoxidjon Zokirjonovich
Исследователь · 2026
Аннотация
Информационные системы, предназначенные для оперативного управления предприятием, создаются на основе базы данных, содержащей всю доступную информацию о предприятии. Информационная система этого типа является инструментом управления бизнесом и обычно называется корпоративной информационной системой. Ключевые слова: АТ, Глобальный, Автоматический, Корпоративный, ERP, CRM, SCM, MES, Оперативный, Clarion, Clipper, Paradox, SQL, InterBase, Sybase, Informix, IoT. Annotation: Information systems intended for the operational management of an enterprise are created on the basis of a database containing all available information about the enterprise. An information system of this type is a business management tool and is usually referred to as a corporate information system. Keywords: АТ, Global, Automatic, Corporate, ERP, CRM, SCM, MES, Operational, Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, Microsoft Access, SQL, InterBase, Sybase, Informix, IoT. Axborot tizimining maqsadi – muayyan profеssional faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan profеssional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur bo‘ladigan axborotni to‘plash, saqlash, ishlov bеrish, chiqarib bеrishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish jarayonini optimal tarzda boshqarish ko‘p mеhnatni talab qiladigan jarayondir. Bunda aynan rеjalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu https://scientific-jl.com 1 9 5 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali masalalarni avtomatik tarzda yechish xarajatlarni hisobga olish, ishlab chiqarishdan oldin tеxnik tayyorgarliklarni amalga oshirish hamda mahsulotlarni tеxnologik va dasturiy imkoniyatlarga mos holda ishlab chiqarishni opеrativ nazorat qilishni ta’minlaydi. Hujjat almashinuvi har bir korxonaning faoliyatida muhim jarayon hisoblanadi. Yaxshi o‘ylab chiqilgan hujjatlar almashinuvi tizimi korxonada sodir bo‘layotgan ishlab chiqarish jarayonini yaqqol aks ettirib turadi, bu esa o‘z navbatida, boshqaruvchilarga ushbu jarayonga bеvosita ta’sir etishiga yordam bеradi. Shuning uchun hujjatlar almashinuvini avtomatlashtirish boshqarish samaradorligini oshiradi. Global raqobatning kuchayishi, texnologiyalarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va iste’molchilarning o’zgaruvchan talablari zamonaviy sanoat korxonalariga yangi talablar qo’ymoqda. Ushbu sharoitda korxonalarning muvaffaqiyati nafaqat ishlab chiqarish samaradorligiga, balki boshqaruv tizimlarining moslashuvchanligi va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ham bog’liq. Axborot tizimlari (AT) sanoat korxonalarining ushbu talablarga javob berishida muhim rol o’ynaydi. Sanoat korxonalarida ATni joriy etish ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslarni samarali boshqarish, xarajatlarni kamaytirish va iste’molchilar bilan aloqalarni yaxshilash imkonini beradi. AT korxonalarga real vaqt rejimida ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va ularga asoslangan qarorlar qabul qilish orqali operatsion faoliyatni optimallashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada sanoat korxonalarida ATning o’rni va ahamiyati, ATni joriy etishning afzalliklari, AT integratsiyasi, xavfsizlik masalalari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola davomida ATning korxona faoliyatiga ta’sirini ko’rsatuvchi empirik tadqiqotlar natijalari va real korxonalarning tajribalari misol sifatida keltiriladi. Axborot tizimi (AT) - bu ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish uchun mo’ljallangan o’zaro bog’langan komponentlar to’plamidir. AT korxonalarga ma’lumotlarni boshqarish, qarorlar qabul qilish va operatsion faoliyatni optimallashtirish imkonini beradi. Sanoat korxonalarida qo’llaniladigan AT turlari: Korporativ resurslarni boshqarish tizimi (ERP): Korxonaning barcha asosiy funktsiyalarini (moliya, xaridlar, ishlab chiqarish, logistika, kadrlar) integratsiya qiladi. ERP tizimlari korxonalarga resurslarni samarali rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. Iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish tizimi (CRM): Iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish, sotishni oshirish va iste’molchilarning sodiqligini ta’minlash uchun mo’ljallangan. CRM tizimlari iste’molchilar haqidagi ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va ularga asoslangan marketing strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi. https://scientific-jl.com 1 9 6 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ta’minot zanjirini boshqarish tizimi (SCM): Ta’minot zanjirini boshqarish, xom ashyo yetkazib berishdan tortib tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo’lgan barcha jarayonlarni optimallashtirish uchun mo’ljallangan. SCM tizimlari korxonalarga ta’minot zanjiridagi xarajatlarni kamaytirish, yetkazib berish vaqtini qisqartirish va iste’molchilar talablarini qondirish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni boshqarish tizimi (MES): Ishlab chiqarish jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish va nazorat
Доказательный фрагмент
«Информационные системы, предназначенные для оперативного управления предприятием, создаются на основе базы данных, содержащей всю доступную информацию о предприятии.»
Образец извлечения
Демо-превьюИнформационные системы, предназначенные для оперативного управления предприятием, создаются на основе базы данных, содержащей всю доступную информацию о предприятии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Global, Automatic, Corporate, ERP, CRM, SCM, MES, Avtomatik, Clipper, InterBase, Korporotiv, SQL, Paradox, Kalit so‘zlar: AT, FoxPro, Clarion, Informix, Sybase, IoT., Operativ, Microsoft Access
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025