Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQ BRAUZERLARI
IJTIMOIY TARMOQ BRAUZERLARI · Alimova Nozima Raximjonovna · Masalan: discogs.com
Исследователь · 2026
Аннотация
Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web- saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari amallarni bajarish imkonini yaratadi. Ayni shu jihatdan ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqdagi brauzerlar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritiladi. Kalit so'zlar: ijtimoiy tarmoq, brauzer, vep-brauzer, oflayn aloqa, vkontakte, media omborlari, programma, Opera, Google, internet. Ijtimoiy tarmoq – bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn aloqaga ega boʻlgan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma hisoblanib, uning quyidagi turlari mavjud: Ijtimoiy xatchoʻplar (inglizcha: social bookmarking). Baʼzi veb-saytlar foydalanuvchilarga xatchoʻplar yoki mashhur veb-saytlar roʻyxatini boshqalar bilan baham koʻrish imkonini beradi. Bunday saytlardan umumiy qiziqishlarga ega foydalanuvchilarni topish uchun ham foydalanish mumkin. Masalan: Delicious, Pinterest Ijtimoiy kataloglar (inglizcha: social cataloging) ijtimoiy xatchoʻplarga oʻxshaydi, lekin akademik maqsadlarga qaratilgan boʻlib, foydalanuvchilarga ilmiy maqolalardan olingan iqtiboslarning maʼlumotlar bazalari bilan ishlash uchun qulaydir. Masalan: Academic Search Premier, LexisNexis, Akademik universitet, CiteULike, Connotea. Ijtimoiy kutubxonalar – bu sayt mehmonlariga oʻzlarining toʻplamlari, kitoblari, audio yozuvlari va boshqalarga havolalarni qoldirish imkonini beruvchi ilovalardir. Tizimni qoʻllab-quvvatlovchi tavsiyalar, reytinglar va boshqalar koʻzda tutilgan. Masalan: discogs.com, IMDb.com. Ijtimoiy media omborlari – media fayllarni birgalikda foydalanish uchun saqlash xizmati bo'lib, ularni ushbu serverlarda joylashgan fayllar turiga qarab tasniflash imkoniyati mavjud. Bugungi kunda asosan, yoshlar feysbuk, telegram, odnoklassiki, instagram, tvitter, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda. Bularning ichida feysbuk, telegram, tvitter va instagram juda ommalashdi. Aslida ijtimoiy tarmoqlar ilk bor 1995 yilda paydo bo‘lgan. Rendi Konrad ismli shaxs Classmates.com saytini ishga tushiradi. Dunyoning turli burchaklarida ta’lim olayotgan yoshlar bir-biri bilan https://scientific-jl.com 2 2 6 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tanishishi, do‘stlar o‘zaro bir-birini topib, hol-ahvol so‘rab turishlari uchun mazkur sayt tashkil etilgan edi. Bu sayt o‘sha paytda talabalar, yoshlar tomonidan qiziqish bilan kutib olingan. Ijtimoiy tarmoqlar bilan bir qatorda ulardan foydalanuvchilar soni ham ko‘paydi. Bugungi kunda saytlarga kiruvchi, internetdan foydalanuvchilarning uchdan ikki qismi mazkur tarmoqlardan foydalanadi. Veb yorituvchi yoki bráuzer (inglizcha: Web browserdan) – qidirish, veb- saytlarni koʻrib chiqish (asosan, WWWdan), ular bilan ishlash, kiritish va bir sahifadan ikkinchisiga oʻtish uchun moʻljallangan programma taʼminoti. Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web-saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va qabul qilish singari amallarni bajarish demakdir. Mashhur brauzerlar sifatida Mozilla Firefox, Opera,Flock, Internet Explorer, Maxthon – Internet Explorer asosida yaratilgan,Safari – Konqueror kodiga asoslangan, Google Chrome – Google shirkatining brauzeri, Microsoft Edge – Microsoft kompaniyasining brauzerini keltirish mumkin. Unchalik ommalashmagan brauzerlarga Netscape Navigator, Konqueror, Galeon, Epiphany, Kazehakase, Charon, Arachne, K- Meleon, slimbrowser kabilarni aytishimiz mumkin. Brauzerlar orasida tekstli brauzerlar ham foydalanuvchilar tomonidan ko'p ishlatiladi, ularga Lynx, Links, W3M, Netrik, Elinksni kiritish mumkin. Internet Browserlarining Oflayn turiga HTTrack, Offline Explorer, Teleport Pro, WebZipni misol qilishimiz mumkin. Xulosa sifatida aytish mumkinki, hozirgi raqamlashgan texnologiyalar asrida foydalanish uchun ko'plab alternativ brauzerlar ommalashib ulgurgan. Shulardan biri sifatida - Googl qidiruv tizimini aytishimiz mumkin. Ushbu qidiruv tizimida foydalanuvchilar o'zlariga kerakli matnni kiritish orqali qidiruv sistemalari vositasida yozilgan matn uchragan saytlar ro'yhati ko'rsatib beriladi. Qidiruv sistemalari internet tarmog'iga kiritilib, qidiruv tizimlari ro'yhatidan o'tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi. Bu kabi tizimlarga misol tariqasida Google, Yandex, Yaho, Mailru kabilarni kiritish mumkin. Tadqiqotlar va tadqiqotlarga ko'ra, yana bir nechta asosiy statistik ma’lumotlar 4,48 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining atigi 1,32 foizi platformalarga to‘liq ish stoli orqali kirishadi, 99 foizi mobil qurilma orqali veb-saytlar yoki ilovalarga kirishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Gʼulomov S.S. va boshqalar “Аxborot tiz
Доказательный фрагмент
«Brauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web- saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va q…»
Образец извлечения
Демо-превьюBrauzer internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur bo'lib, web- saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o'qish, multimedia ko'rish, bir saytdan boshqasiga bog'lanish, chop etish, elektron habarlarni yuborish va q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy tarmoq, brauzer, vep-brauzer, oflayn aloqa, vkontakte, Opera, internet., Google, Kalit so'zlar: ijtimoiy tarmoq, media omborlari, programma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025