К содержанию
РецензированоUZ2026

“HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARIDAN FOYDALANISH”

VOSITALARIDAN FOYDALANISH” · Axmadov Shaxruh Shuhratovich · Eshonqulov Sarvarbek Tursunboy o‘g’li

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqola hodisa joyini ko‘zdan kechirishda foydalanilib kelinayotgan zamonaviy texnik vositalarni ahamiyati, imkoniyatlari, vazifalarini o‘rganadi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda bir nechta afzallik va bir qancha imkoniyatlarni taqdim etayotgan texnikalarni hodisa joyini ko‘zdan kechirishdagi o‘rni va ularning turlari haqida to‘liq bayon etiladi. Annotation: This article explores the importance, capabilities, tasks of modern technical means that are being used when inspecting the scene. A full account of the role of techniques that offer several advantages and several possibilities in surveying the scene and their types is given in the survey of the scene. Kalit so‘zlar: Hodisa joyini ko‘zdan kechirish asoslari, hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qo‘llaniladigan vositalar, dronlar, geografik axborot tizimlari, 3d skanerlash, kriminalistik texnikalar. Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida dalillarni to‘plashda zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, xususan kriminalistik ilmiy usul va vositalarni qo‘llash amaliyotini yangi bosqichga olib chiqish lozim. Sodir etilgan huquqbuzarliklarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘z vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh etish, ashyoviy dalillarning kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki ishlar organlari ekspert- kriminalistika bo‘linmalarining bu boradagi imkoniyatlarini oshirish maqsadida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.Jinoyat odil sudlovi vazifalarini amalga oshirish jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etish va jazolashga qaratilgan bo‘lib, har bir jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni qaror toptirish bilan uzviy bog‘liqdir. Aynan jinoyat sodir etish hodisasini har taraflama o‘rganish jinoyat sodir etishga aloqador shaxslarni ishonchli ravishda aniqlash imkonini beradi. Jinoyatchilar tomonidan moddiy olamda amalga oshiriladigan harakatlar, ularning xususiyatlariga mos ravishda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi hamda moddiy obyektlarga bevosita ta’sir etuvchi shaxs, buyum sifatlarini o‘zida aks ettiradi. https://scientific-jl.com 1 2 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Kriminalistikada bu kabi o‘zgarishlar moddiy izlar deb atalib, jinoyatlarni tergov qilish uchun foydalaniladigan dalillarning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Moddiy izlarni aniqlash, ularni hisobga olish va tekshirish usullarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish, yuzaga kelish qonuniyatlarini zamonaviy texnika asosida tahlil qilish, shuningdek zamonaviy kriminalistik texnika sohasi bo‘lgan izlar to‘g‘risidagi kriminalistik ta’lim yoki trasologiyaning vujudga kelishiga asos bo‘ldi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish hodisa joyini tahlil qilish va hujjatlashtirishda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishini o‘rganadi. Bu sohada ishlatiladigan texnik vositalar hodisa joyining aniqligini va sifatini yaxshilashga yordam beradi. Quyidagi texnologiyalar ko‘zdan kechirish jarayonini samarali qilishda keng qo‘llaniladi: Dronlar: Dronlar hodisa joyining yuqoridan ko‘rinishini olish va masofadan turib batafsil tasvirlar yaratishda yordam beradi. Bu jarayonda dronlar yuqori aniqlikdagi tasvirlarni taqdim etadi, bu esa hodisa joyining keng va aniq tasvirini olishga imkon beradi. Dronlar hodisa joyining yuqoridan ko‘rinishini olishda juda samarali vosita bo‘lib, bir qator afzalliklarni taqdim etadi. Ular hodisa joyini yanada kengroq va aniqroq ko‘rib chiqish imkoniyatini yaratadi, bu esa tahlil qilish va hujjatlashtirish jarayonlarini yengillashtiradi. Dronlarning hodisa joyida qo‘llanilishi bir nechta jihatlarda foydali bo‘lishi mumkin masalar zamonaviy dronlar quyidagi bir nechta vazifalarni amalga oshirib quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: Yuqoridan to‘liq ko‘rinish olish: Dronlar hodisa joyining keng va batafsil tasvirlarini yuqoridan oladi. Bu, ayniqsa, katta hududlarda yuz beradigan hodisalar, masalan, yirik yong'inlar, tabiiy ofatlar yoki avariyalar uchun muhimdir. Dron yordamida tezda barcha zarur joylarni ko‘rib chiqish va ularning holatini aniqlash mumkin.Yuqori aniqlikdagi suratlar: zamonaviy dronlar yuqori sifatli kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, ular juda aniq suratlar olish imkonini beradi. Bu tasvirlar keyinchalik hodisa joyini hujjatlashtirishda, sud jarayonlarida yoki boshqa rasmiy tekshiruvlarda foydalidir.Real vaqtda ma'lumot uzatish: Dronlar real vaqtda tasvir va videolarni uzatish imkonini beradi. Bu, hodisa joyida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar uchun muhimdir, chunki ular hodisa joyining to‘liq tasvirini masofadan turib olishlari mumkin. Qiyin hududlarda ishlash imkoniyati: Ba'zan hodisa joylari odamlar uchun xavfli yoki kirish mumkin bo‘lmagan joylar bo‘lishi mumkin. Dronlar bu hududlarga xavfsiz va tezda kirish imkonini beradi. Masalan, baland tog'larda yoki yong'inni o‘chirishda, dronlar muhim ma'lumotlarni olishda yordam

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola hodisa joyini ko‘zdan kechirishda foydalanilib kelinayotgan zamonaviy texnik vositalarni ahamiyati, imkoniyatlari, vazifalarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola hodisa joyini ko‘zdan kechirishda foydalanilib kelinayotgan zamonaviy texnik vositalarni ahamiyati, imkoniyatlari, vazifalarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qo‘llaniladigan vositalar, 3d skanerlash, Kalit so‘zlar: Hodisa joyini ko‘zdan kechirish asoslari, kriminalistik texnikalar., dronlar, geografik axborot tizimlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники