Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YO‘L TRANSPORT HODISASI EKSPERTIZASINING O‘ZIGA XOSLIGI
Zulfiqorov Abduvahob Abdumalikovich · Abdusalamov Salohiddin To‘lqin o‘g‘li
Исследователь · 2026
Аннотация
Road accident examination is currently the most common type of examination in law enforcement, which requires the determination of the offense and guilt in the car, road safety, and compliance with standards. Keywords: Roads, cars, traffic rules, collision, road accident examination. ОСОБЕННОСТИ ЭКСПЕРТИЗЫ ДОРОЖНО-ТРАНСПОРТНЫХ ПРОИСШЕСТВИЙ Аннотация: Экспертиза дорожно-транспортного происшествия в настоящее время является одной из самых актуальных экспертиз, направленных на установление нарушения правил и вины в автокатастрофах, а также на выяснение состояния транспорта, его неисправности и степени соблюдения норм безопасности. Ключевые слова: Дороги, автомобиль, правила дорожного движения, столкновение, экспертиза дорожно-транспортного происшествия. Hozirgi kunda yo‘l transport hodisalari butun dunyo bo‘yicha jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Har yili ko‘plab odamlarning bevaqt o‘limiga va tan jarohat olishga sabab bo‘lmoqda. Statistika shuni ko‘rsatadiki, YTX ning asosiy sabablari haydovchining hatti-harakatlari, yo‘l infratuzilmasining yomonligi, texnik nosozliklar https://scientific-jl.com 3 6 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali va ob-havo sharoitiga bog‘liq. Ko‘pgina mamlakatlarda bu muammoni hal qilish uchun xavfsizlikni ta’minlashga doir dasturlarni amalga oshirmoqdalar, ammo YTX larining darajasi pasaymayapti, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda. Yo‘l holati va uning qurilishi (masalan, burilishlar, yo‘l belgilarining joylashuvi, svetoforlar, yo‘l qoplamasi) ba’zi hollarda transport hodisasi sababchisi bo‘lishi mumkin. Avtomobilning harakatlanish jarayonida yuzaga keladigan kamchiliklar va avtomobilning mexanizimida yuzaga keladigan nosozliklar, shuningdek, avtomobillarning xavfsizlik tizimlari (masalan, ABS, ESP avtomatik tormoz tizimlari) sabab ham yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lishi hech kimga sir emas. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yo‘l harakati qoidalari 172-sonli qarorining 1-bob 3-bandida: "Yo‘l harakati ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining 'Yo‘l harakati to‘g‘risida' Qoidalarni va ularda keltirilgan svetofor ishoralari, yo‘l belgilari, yo‘l chiziqlarining talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek, ularga berilgan vakolat doirasida yo‘llarda harakatni tartibga soluvchilarning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari shart. Yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘ldagi boshqa harakat ishtirokchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi va xavf tug‘dirmasliklari kerak." Tegishli vakolatga ega bo‘lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga yo‘l qoplamasini buzish, o‘zgartirish yoki unga zarar yetkazish, ifloslantirish, yo‘l belgilarini, svetoforlarni, shuningdek, yo‘l harakatini tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o‘zboshimchalik bilan olib tashlash, o‘rnatish, to‘sib qo‘yish, shikastlantirish, yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi qurilma va narsalarni qoldirish, tegishli ruxsatsiz yo‘lning qatnov qismiga to‘siqlar o‘rnatish yoki ularni to‘sib qo‘yish, ,,sun’iy notekislik”qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanadi. Ammo hamma haydovchilarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi sababli yo‘l transport hodisalari keskin ko‘paymoqda. Bularni o‘rganish va tahlil qilish davomida eng ko‘p qoidabuzarliklar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Dalillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik haydovchilar hanuzgacha xavfsizlik kamarlaridan muntazam foydalanmaydi, yo‘l harakatining asosiy qoidalariga amal qilmaydi. Tezlik cheklangan joylarda tezlikni meyordan oshirish, yo‘lda to‘xtash yoki chapdan o‘ngga burilish kabi qoidalarga rioya qilmaslik, telefonni ishlatish, alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida avtomobil boshqarish, haydashda ehtiyotkorlikning etishmasligi va boshqa transport vositalari yoki piyodalarga nisbatan etarlicha e’tibor bermaslik holatlari kuzatilmoqda. Mana shunday xatoliklarning oqibatidan og‘ir oqibatlarga olib keluvchi yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lmoqda. Bular: piyodani urib yuborish, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqish, tezlikni meyordan ortiq oshirish natijasida boshqaruvni yo‘qotish va texnik nosozliklar sabab. https://scientific-jl.com 3 7 59-son_3-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Shunday harakatlarning ortidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi bilan belgilangan huquqbuzarliklar va Jinoyat kodeksida belgilangan moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi va to‘plangan hujjatlar yuzasidan sudga oid avtotexnik ekspertizasi tayinlanishi va sodir bo‘lgan hodisani o‘rganib chiqish, to‘qnashuv nuqtalarini aniqlash, shikastlanish izlarini tahlil qilish va nima sababdan yuzaga kelganligini aniqlashdan iborat bo‘lgan ekspertiza tadqiqoti o‘tkaziladi va sudga oid avtotexnika ekspertizalari yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni tergov qilishda yoki surishtiruv o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu ekspertiza xulosasi ish bo‘yi
Доказательный фрагмент
«Road accident examination is currently the most common type of examination in law enforcement, which requires the determination of the offense and guilt in the car, road safety, and compliance with standards.»
Образец извлечения
Демо-превьюRoad accident examination is currently the most common type of examination in law enforcement, which requires the determination of the offense and guilt in the car, road safety, and compliance with standards. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Roads, cars, traffic rules, collision, road accident examination, to‘qnashuv, Kalit so‘zlar: Yo‘llar, yo‘l harakati qoidalari, yo‘l transport hodisasi ekspertizasi., avtomobil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025