Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIYOSIY E’TIQODNING SHAXS KAMOLOTIDAGI O’RNI
NEW RENAISSANCE · Olimova Sharifa Oybek qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada siyosiy e’tiqod tushunchasi hamda uning shaxs siyosiy qarashlari, fikrlari va qarorlaridagi o’rnini ifodalovchi konkret tuzilma ekanligi konseptual jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu tushuncha siyosiy jarayonlarning shakl va tizimlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi, inson tajribasi, ijtimoiy masalalar va qarashlarni tahlil qilishda yordam berishi turli faktlarga tayangan holda asoslab berilgan. Kalit so’zlar: siyosat, axloq, din, e’tiqod, demokratiya, jamiyat, ijtimoiy adolat, erkinlik, tafakkur. Siyosiy e’tiqod shaxslarning siyosat sohasida rivojlantirgan asosiy g’oyalar va qarashlar tizimini anglatadi. Ushbu e’tiqodlar jamiyatga chuqur ta’sir ko’rsatib, shaxsning siyosiy qarashlari va qadriyatlarini shakllantirish uchun falsafiy asos taqdim etadi. Ular siyosiy faoliyatning yo’nalishini belgilaydi va ijtimoiy etikaning shakllanishida muhim o’rin tutadi. Siyosiy e’tiqodlar shaxslarning siyosiy masalalarda qanchalik faol ishtirok etishini belgilab, ularning huquqlarini va manfaatlarini qat’iy himoya qilishga undaydi va mamlakatlarining siyosiy hayotida, jumladan, saylovlar va referendumlarda ishtirok etishga undaydi hamda jamoat fikrini shakllantiradi. Xususan, shaxsiy ong va xulq-atvorga ta’sir ko’rsatib, insonlarni jamiyat farovonligiga, ijtimoiy o’zgarish va taraqqiyotga hissa qo’shishadi. Inson e’tiqodi kompleks va turli usullarda ifodalangan yaxlit fenomendir. U o‘zlashtirgan axborotlar, bilimlar, tasavvurlar va qarashlar asosida turli sohalarda, masalan, siyosat, huquq, axloq, nafosat, din, fanlar va boshqalar bilan bog‘liq qadriyatlar va g‘oyalarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, tadqiqotchilar inson e’tiqodining siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy, ilmiy rakurslarini ta’riflashda foydalanadilar. Bu tushunchalar inson yaxlit e’tiqodning turli aspektlarini ifodalashda xizmat qiladi, ammo, bu insoniy dunyoqarashi uchun yaxlit e’tiqodlarning barcha shakllarini o‘z ichiga oladi degan ma’noni anglatmaydi. Ushbu tushunchalar inson e’tiqodini turli rakurslarda tavsiflab o‘tishda yordam beradi. Siyosiy tuyg‘ular va kechinmalar shaxs siyosiy e’tiqodini shakllantiruvchi hissiy asos bo‘lsa, uning aqliy asosi siyosiy axborotlar va ma’lumotlar bilan bog‘liq. 818 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Siyosiy axborot – siyosiy voqelik, unda yuz bergan siyosiy jarayon, voqeaga doir ma’lumotlar yig‘indisidir. U mazmunan boyligi va tarkiban murakkabligi bilan tavsiflanadi. Masalan, u davlat ichki va tashqi siyosati mazmuniga, saylov jarayonlariga, siyosiy institutlar faoliyatiga, xalqaro siyosiy munosabatlarga, inson huquqlari va demokratiya asoslariga va hokazolarga dahldor bo‘lishi mumkin. Siyosiy axborotlarning ijtimoiy ahamiyati beqiyos. U jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi va jamiyat siyosiy hayotini muvofiqlashtirish imkonini beruvchi qadriyat hisoblanadi. Biroq biz uning shaxs ma’naviy olamidagi o‘rni va roli bilan bog‘liq jihatiga e’tiborni qaratamiz. Siyosiy axborotlarning o‘zlashtirilishi nafaqat shaxs siyosiy xabardorligi darajasini oshiradi, balki unga jamiyatda jamlangan siyosiy tajribalarni o‘zlashtirish, siyosiy hayotga moslashish, siyosiy ijtimoiylashish imkonini ham beradi. Shaxs siyosiy tuyg‘ulari va kechinmalari, siyosiy axborotlari va ma’lumotlari shaxs siyosiy bilimlarining shakllanishiga turtki beradi. Siyosiy bilimlar mazmunini “bilim” tushunchasiga asoslangan holda ochib bersak. Ma’lumki, “bilim – borliqning ideal obrazi, inson ongi va tafakkurining ijtimoiy-tarixiy amaliyotda tekshirilgan va mantiqan tasdiqlangan, voqelikning bilish jarayonida erishilgan natijasi, shu voqelikni inson ongida tushunchalar, muhokama va nazariyalar orqali ifodalangan in’ikosi, kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari, voqelikning inson tafakkurida aks etishi” [1]. Mazkur ta’rif asosida fikrlaydigan bo‘lsak, siyosiy bilimlar – hissiy in’ikos hamda siyosiy tafakkur natijasida yuzaga kelgan, haqqoniyligi nazariy jihatdan isbotlangan va siyosiy amaliyotda aprobatsiyadan o‘tgan siyosiy tushunchalar, siyosiy mulohazalar va siyosiy xulosalardir. Siyosiy e’tiqod moddiy ne’mat, narsa, predmet emas. Uni moddiy obyektlar kabi o‘lchab, tortib ko‘rib, sanab, hisoblab bo‘lmaydi. Uning mazmuni va shakllanganligi darajasini laboratoriya sharoitlarida aniqlash, tajribalar o‘tkazish orqali tavsiflash ham imkonsiz. Biroq bundan shaxsda siyosiy e’tiqodning mavjudligini, uning shakllanganligi me’yorini aniqlab bo‘lmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Siyosiy e’tiqod mohiyati ham qator hodisalarda o‘z ifodasini topadi. Ana shu hodisalarga qarab shaxs siyosiy e’tiqodining qaror topganligi darajasiga, uning xarakteriga baho berish mumkin. Xulosa qilib aytganda, siyosiy e’tiqod turli ko’rsatkichlar orqali ifodalanadi, jumladan, shaxsning siyosiy fikrlashi, qarashlar tizimi, ijtimoiy hayotda ishtirok etishga tayyorligi, siyosiy maqsadlari va siyosiy ti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada siyosiy e’tiqod tushunchasi hamda uning shaxs siyosiy qarashlari, fikrlari va qarorlaridagi o’rnini ifodalovchi konkret tuzilma ekanligi konseptual jihatdan tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada siyosiy e’tiqod tushunchasi hamda uning shaxs siyosiy qarashlari, fikrlari va qarorlaridagi o’rnini ifodalovchi konkret tuzilma ekanligi konseptual jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- din, ijtimoiy adolat, axloq, jamiyat, e’tiqod, demokratiya, erkinlik, tafakkur., siyosat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024