Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
METALL VA NOMETALL YUZALARDA O’CHIRILGAN MARKIROVKA BELGILARINI ANIQLASH BO’YICHA TADQIQOT O’TKAZISHNING ZAMONAVIY IMKONIYATLARI
ZAMONAVIY IMKONIYATLARI · Xudayberdiyev Sharofjon Abduazizovich · Islomov Zafarbek Inomjon o’g’li
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqola, markirovka belgilarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan ilg‘or usullarni, masalan, optik mikroskopiya, lazerli spektroskopiya, rentgen difraksiyasi va kompyuter tomografiyasini tahlil qiladi. Tadqiqotda, bu texnologiyalar yordamida markirovkaning o‘chirilgan qismlarini tiklash va aniqligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, usullarni ishlab chiqarish va xavfsizlik sohalarida qo‘llashdagi afzalliklar va kamchiliklar baholanadi. Tadqiqot natijalari soxta mahsulotlarni aniqlash va sanoat xavfsizligini ta’minlashda samarali foydalanish imkonini beradi. Annotation This article analyzes advanced methods used for detecting these markings, including optical microscopy, laser spectroscopy, X-ray diffraction, and computer tomography. The study explores the possibilities of restoring and enhancing the accuracy of erased markings using these technologies. Additionally, the advantages and limitations of applying these methods in industrial production and security sectors are discussed. The results of the research provide effective solutions for detecting counterfeit products and ensuring industrial safety. Aннотация В данной статье анализируются передовые методы для обнаружения таких маркировок, включая оптическую микроскопию, лазерную спектроскопию, рентгеновскую дифракцию и компьютерную томографию. Исследование рассматривает возможности восстановления и повышения точности стертых маркировок с использованием этих технологий. Также обсуждаются преимущества и ограничения применения этих методов в промышленности и сфере безопасности. Результаты исследования предоставляют эффективные решения для обнаружения подделок и обеспечения промышленной безопасности. https://scientific-jl.com 2 7 3 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Kalit so‘zlar: metall, nometall, markirovka, belgilarni aniqlash, texnologiyalar, lazerli spektroskopiya, rentgen difraksiyasi, kompyuter tomografiyasi, soxta mahsulotlar, sifat nazorati. Key words: metal, non-metal, marking, identification of marks, technologies, laser spectroscopy, x-ray diffraction, computer tomography, counterfeit products, quality control. Ключевые слова: металл, нематериал, маркировка, идентификация знаков, технологии, лазерная спектроскопия, рентгеновская дифракция, компьютерная томография, поддельные товары, контроль качества. Metall va nometall materiallarda markirovka, sanoatdagi mahsulotlarni identifikatsiyalashda, ularning sifatini nazorat qilishda va xavfsizligini ta'minlashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Markirovka belgilari, mahsulotning kelib chiqishi, sifati va boshqa xususiyatlari haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Ular mahsulotlarni farqlash, ishlab chiqaruvchi kompaniyani aniqlash va soxta tovarlar bilan kurashish uchun ishlatiladi. Biroq, vaqt o'tishi bilan yoki material yuzasida mexanik ta'sirlar, kimyoviy reaksiyalar yoki boshqa omillar ta'sirida markirovka izlari o‘chishi yoki eskirishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, metall va nometall yuzalarida, o'ziga xos qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun, o‘chirilgan markirovka belgilarini aniqlash va tiklash dolzarb muammo hisoblanadi. Markirovka belgilari o‘chirilgan yoki eskirgan bo'lsa, ular ko‘pincha qo‘lda yoki maxsus texnologiyalar yordamida tiklanishi kerak. Bu jarayon, soxta mahsulotlar yoki noto‘g‘ri identifikatsiya qilingan materiallar bilan kurashishda muhim rol o'ynaydi. Yuzadagi markirovka izlarini tiklash va tahlil qilish, mahsulotlar haqiqiyligini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu esa, huquqni muhofaza qilish organlari, sifat nazorati bo‘yicha tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar uchun katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, metall va nometall yuzalardagi markirovkaning o‘chirilgan qismlarini tiklash jarayoni hali ham dolzarb masala bo'lib, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali aniqlik va samaradorlikni oshirish mumkin. Zamonaviy texnologiyalar metall va nometall materiallar yuzasidagi o‘chirilgan yoki eskirgan markirovka belgilarini aniqlash va tiklashda muhim rol o‘ynamoqda. Markirovka belgilari, asosan, mahsulotning identifikatsiyasi va soxta mahsulotlar bilan kurashishda qo‘llaniladi. Biroq, markirovka izlari turli omillar ta’sirida, jumladan, vaqt o‘tishi, kimyoviy ta’sirlar, mexanik zararlar yoki issiqlik ta’siridan o‘chishi yoki eskirishi mumkin. Bu holatlarda markirovka belgilarini tiklash va aniqlash uchun zamonaviy texnologiyalar kerak bo’ladi. Markirovka belgilarini aniqlashda quyidagi zamonaviy texnologiyalar va usullarni foydalanishimiz mumkin. Jumladan, optik mikroskopiya metall va nometall https://scientific-jl.com 2 7 4 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yuzalaridagi markirovka izlarini aniqlashda asosiy va keng qo'llaniladigan usul hisoblanadi. Mikroskopik tahlil yordamida materialning mikroskopik o‘zgarishlari, markirovka izlari va eskirgan belgilarni aniqlash mumkin. Mikroskop yordamida markirovkaning avvalgi holatini
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola, markirovka belgilarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan ilg‘or usullarni, masalan, optik mikroskopiya, lazerli spektroskopiya, rentgen difraksiyasi va kompyuter tomografiyasini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola, markirovka belgilarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan ilg‘or usullarni, masalan, optik mikroskopiya, lazerli spektroskopiya, rentgen difraksiyasi va kompyuter tomografiyasini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- metal, non-metal, marking, identification of marks, technologies, belgilarni aniqlash, lazerli spektroskopiya, markirovka, texnologiyalar, sifat nazorati., nometall, Kalit so‘zlar: metall, soxta mahsulotlar, kompyuter tomografiyasi, rentgen difraksiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025