К содержанию
РецензированоUZ2026

TRANSPORT VOSITALARIGA O‘RNATILGAN GAZ BALLONLARI PORTLASHI EKSPERTIZASINING MOHIYATI

PORTLASHI EKSPERTIZASINING MOHIYATI · Xusanov Anvar Djumabayevich · Shamsiddinova Ruxshona Maqsudjon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqola transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi ekspertizasining mohiyati va uning xavfsizlikka ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Gaz ballonlari, ayniqsa CNG va LPG turlaridagi gazlar, ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali yoqilg‘i manbalari sifatida keng qo‘llanilmoqda. Biroq, gaz ballonlarining portlash holatlari jiddiy xavflarga olib kelishi mumkin, shu sababli, bunday hodisalarni oldini olish va yuzaga kelgan holatlarni o‘rganish uchun ekspertiza o‘tkazish zarur. Maqolada gaz ballonlarining portlashiga olib keluvchi omillar, ekspertiza jarayonining asosiy tamoyillari, metodologiyasi va ekspertizaning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, gaz ballonlarini xavfsiz ishlatish uchun zarur bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish va yangi texnologiyalarni joriy etish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqola transport sohasidagi xavfsizlikni oshirishga va gaz ballonlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taqdim etadi. Annotation This article is dedicated to the analysis of the essence of the expertise of gas cylinder explosions installed in vehicles and their impact on safety. Gas cylinders, especially CNG (Compressed Natural Gas) and LPG (Liquefied Petroleum Gas), are widely used as environmentally friendly and economically efficient fuel sources. However, the explosion of gas cylinders can lead to serious risks, which makes it necessary to conduct expert investigations to prevent and examine such incidents. The article explores the factors that lead to gas cylinder explosions, the main principles and methodology of the expertise process, and the significance of such expertise. Additionally, the article examines necessary technical maintenance and the implementation of new technologies to ensure safe operation of gas cylinders. Practical recommendations aimed at improving safety in the transportation sector and addressing issues related to gas cylinders are provided. Aннотaция https://scientific-jl.com 3 2 4 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Данная статья посвящена анализу сути экспертизы взрывов газовых баллонов, установленных в транспортных средствах, и их влияния на безопасность. Газовые баллоны, особенно СУГ (сжиженный углеводородный газ) и СУГ (сжиженный нефтяной газ), широко используются как экологически чистые и экономически эффективные источники топлива. Однако взрыв газовых баллонов может привести к серьезным рискам, что делает необходимым проведение экспертизы для предотвращения и изучения таких инцидентов. В статье рассматриваются факторы, приводящие к взрывам газовых баллонов, основные принципы и методология проведения экспертизы, а также значение такой экспертизы. Кроме того, рассматриваются вопросы необходимого технического обслуживания и внедрения новых технологий для обеспечения безопасной эксплуатaции газовых баллонов. Представлены практические рекомендaции, направленные на повышение безопасности в транспортном секторе и решение проблем, связанных с газовыми баллонами. Kalit so‘zlar: gaz ballonlar, transport vositalar, yoqilg‘i, neft gaz (LPG), siqilgan tabiiy gaz (CNG), portlash, ekspluatatsiya , ekspertiza. Key words: gas cylinders, vehicles, fuel, petroleum gas (LPG), compressed natural gas (CNG), explosion, exploitation, expertise. Ключевое слово: газовые баллоны, транспортные средства, топливо, нефтяной газ (СНГ), сжатый природный газ (КПГ), взрыв, эксплуатaция, экспертиза. Bugungi kunda transport vositalarida ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali yoqilg‘i manbalari sifatida gaz ballonlarining o‘rnatilishi tobora ommalashmoqda. Ayniqsa, suyuqlashtirilgan neft gaz (LPG) va siqilgan tabiiy gaz (CNG) turlaridagi gaz ballonlari yengil va og‘ir transport vositalarida keng tarqalgan. Ushbu gazlar yonilg‘i sifatida tanlanishining asosiy sababi – ularning arzonligi, atrof- muhitga ta'sirining kamligi va samaradorligidir. Biroq, transport vositasida o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Portlashlar nafaqat insonlarning hayotiga tahdid soladi, balki katta moliyaviy va ekologik zararlar keltirib chiqarishi mumkin. Gaz ballonlarining portlashi hodisasi, ko‘pincha texnik nosozliklar, tashqi omillar yoki ekspluatatsiya xatolaridan kelib chiqadi. Bunday hodisalar, nafaqat transport vositasining egasiga, balki atrofdagi boshqa odamlar va ekologik muhitga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli, gaz ballonlarining portlashi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va oldini olish, xavfsizlikni ta'minlash uchun ekspertiza o‘tkazish zarur. Ekspertiza – bu voqea yoki hodisaning sabablarini aniqlash, ularning oqibatlarini baholash va ekspert mutaxassislarining xulosalariga asoslanib huquqiy https://scientific-jl.com 3 2 5 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yoki texnik qarorlar qabul qilish jarayonidir. Transport vositalaridagi gaz ballonlarining portlashi ekspertizasi ham aynan sh

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi ekspertizasining mohiyati va uning xavfsizlikka ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlarining portlashi ekspertizasining mohiyati va uning xavfsizlikka ta'sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gas cylinders, vehicles, fuel, petroleum gas (LPG), compressed, ekspertiza., transport vositalar, neft gaz (LPG), yoqilg‘i, Kalit so‘zlar: gaz ballonlar, ekspluatatsiya, siqilgan tabiiy gaz (CNG), portlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники