К содержанию
РецензированоUZ1908

MAQSUD SHAYXZODA – IKKI XALQ DILBANDI

Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li

Исследователь · 176-178 · 1908

Аннотация

Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Kalit so‘zlar: Shoir, asar, Maqsud Shayxzoda, kitob, she‘r, Ozarbayjon Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Aksincha, hamma erda, hamma vaqt, hamma muhit va sharoitda qalbini obod qilgan faxr tuyg'usini jo'shtirib yubordi. U suyunib, hatto faxrlanib, ozarbayjonlik ekanini, Ozarbayjondan kelganini aytdi. Shu so'zlarni aytib turganida Maqsudning yuziga xuddi osmondagi quyosh ko'chib tushgandek bo'ldi. Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topdi. Boshlangʻich va oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgach, Boku Oliy pedagogika institutida sirtdan oʻqidi va 1925-yildan boshlab Darband shahrida muallimlik bilan shugʻullandi. Shayxzoda 1928-yilda Toshkentga kelib, turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida, 1935–1938-yillarda esa Fanlar qoʻmitasi qoshidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938-yildan to umrining soʻnggiga qadar Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining (hozirgi universitet) oʻzbek klassik adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qilib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ishtirok etdi. Shoirning adabiy faoliyati 1929-yildan boshlandi. Uning “Oʻn sheʼr” (1932), “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1934) toʻplamlarining nashr etilishi adabiyotga oʻziga xos ovozli shoir kirib kelayotganidan darak berdi. Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan „Jaloliddin Manguberdi“ (1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mugul istilochilariga karshi kurashgan soʻnggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Bu yillarda shoir butun ijodiy quvvatini, qalb haroratini dushman ustidan qozonilajak gʻalabaga safarbar etdi. Urushning birinchi kunlaridanoq jang qahramonlarini ulugʻlovchi, front orqasidagi kishilarning fidokorona mehnatini ifodalovchi “Kurash nechun?” (1941), “Jang va qoʻshiq” (1942), “Koʻngil deydiki…” kabi sheʼriy toʻplamlari, “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tarixiy dramasi va boshqa qator publitsistik asarlarini chop etdi. https://scientific-jl.com 3 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi yillarda tinchlik uchun kurash haqida “Oʻn besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shuʼla”, “Chorak asr devoni” kabi sheʼriy toʻplamlarini yaratdi. Otashin shoir mustabid tuzumning jabr-zulmidan chetda qolmadi. U birinchi bor 1928-yili qamoqqa olingan va sovetlarga qarshi tashviqotda ayblanib, 3 yilga Oʻzbekistonga surgun qilingan edi. Ikkinchi marta esa Shayxzoda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasidan oʻchirilib, 1952-yil 22-sentyabrda qamoqqa olinadi va 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Shoir Stalin vafotidan keyin ozodlikka erishdi; ijodga qaytib, 1958-yili koʻhna va navqiron Toshkent shahriga bagʻishlangan “Toshkentnoma” lirik dostonini yozdi. 1960-yilda “Mirzo Ulugʻbek” tragediyasini yozib, unda buyuk munajjim va maʼrifatparvar davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek obrazini yaratdi. Shayxzoda Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va koʻplab sheʼrlarini, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning sheʼrlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda kalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy utmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining sunggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida sunggi sahna asarini yozdi. Shayxzodaning oʻzbek adabiyoti tarixi, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasidagi ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina krlmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Sh. umrining sunggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Shoir 1967-yil Toshkentda vafot etdi. Maqsud Shayxzoda filologiya fanlari nomzodi, dotsent h

Доказательный фрагмент

«Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Shoir, Maqsud Shayxzoda, she‘r, kitob, Ozarbayjon, asar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники