Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAYXZODA SHEʼRIY ZAMONAVIY QALAM TEBRATDI
Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘g‘li
Исследователь · 1 · 176-178 · 1941
Аннотация
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. Oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondalaridan biri, mashhur shoir, zabardast dramaturg, adabiyotshunos olim va tarjimon Maqsud Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Kalit so‘zlar: Shoir, asar, Maqsud Shayxzoda, kitob, she‘r, janr? Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini yozdi. Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. Shayxzoda Pushkinning “Mis chavandoz”, Lermontovning “Kavkaz asiri”, Mayakovskiyning “Juda soz” dostonlari va ko‘plab she’rlarini, Shekspirning “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” tragediyalari va sonetlarini, Nozim Xikmatning she’rlarini, ozarbayjon shoirlari asarlarini va o‘zbek tiliga o‘girdi. Shayxzodaning o‘zbek adabiyoti tarixi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, xususan, Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dotsent ham edi. Shayxzoda asarlari dunyoning bir necha tillariga puxta o‘girilgan. Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim roʻl oʻynadi. U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali, Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi. https://scientific-jl.com 9 59-son_2-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali U sanʼat va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh ziyolilar bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy, Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk dafʼa ana shu suhbatlarning birida eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926-yili Adhem Fayziy tashkilotiga aʼzo etilgan “Milliy firqa” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani uchun 1928-yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani 1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat” kabi to‘plamlari nashr etiladi O‘zbekistonda ham taʼqiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q. Muhimi shundaki, Shayxzoda “toleʼ doim erkalamaganiga” qaramay, umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi. Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Maqsud Shayxzoda” – Naim Karimov, 2018, T. 2. Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178). 3. Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK POETS. “TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”, 1(3), 23-30. 4. Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (USA) (pp. 19-20). 5. Mamurova, F. (2023). MAQSUD SHAYXZODANING ADABIY MEROSI. Бюллетень студентов нового Узбекистана, 1(11), 9-11. 6. Mamurova, F., & Aktamova, A. (2024, October). DEDICATION TO MAQSUD SHAYKHZODA. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 10, pp. 294-298). 7. Mamurova, F., & Ruzmatova, Z. (2024, October). PHILOSOPHER OF THE POET, WISDOM. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 9, pp. 89-92). 8. Mamurova, F., & Abdisaidov, N. (2024). MAQSUD SHAY
Доказательный фрагмент
«Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi…»
Образец извлечения
Демо-превьюShayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Additional Refinements
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025