Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULLA QAHHORNING “DAHSHAT” HIKOYASIDAGI SO‘ZLARNING SEMIOTIK TAHLILI
SEMIOTIK TAHLILI · Rasulova Shahlobonu Shavkat qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi struktural va semiotik jihatdan tahlil qilindi. Hikoyadagi belgi munosabat bildiruvchi so‘zlar tatqiq etildi. Kalit so‘zlar: Badiiy tahlil , strukturalizm , semiotika , belgilar , Abdulla Qahhor, “Dahshat” hikoyasi. Keywords: Artistic analysis, structuralism, semiotics, signs, Abdulla Qahhor, story “Horror”. Ключевые слова: Художественный анализ, структурализм, семиотика, знаки, Абдулла Каххор, рассказ “Ужас”. KIRISH: Badiiy matnning asosiy xususiyatlaridan biri uning cheksizligida koʻrinadi. Mana shu cheksizlik alomatiga koʻra matnni koinotga muqoyasa etish mumkin. Bunday bepoyonlik matnning gorizontal (yon) va vertikal (tik) ravishda har tarafga qarab muttasil kengayib borishi tufayli yuzaga keladi. Natijada matn oʻzining hajmi, chegaralarini uzluksiz uzaytiradi. Ushbu kattalashish matnning harakati, yaʼni oʻzidagi belgilarning bir-biri bilan doimiy aloqa-munosabatlarga kirishishidan yuzaga keladi. Atoqli semiotik, postmodernizm namoyandasi Rolan Bart badiiy asardan farqli ravishda badiiy matnga koʻplik xususiyati xosligini koʻrsatgan edi. Uning yozishicha, matnda mazmun aynan mana shu koʻplik matnni yuzaga keltirishga xizmat qiladi. “Matnning koʻpligi uning mundarijasidagi unsurlarning ikki maʼno (denotativ va konnotativ)ga ega boʻlishi bilan emas, bildiruvchilarning koʻp tarmoqligi sababli paydo boʻladi”.1 Olim aynan mana shunaqa bildiruvchilar matn “mato”sini hosil qilishini koʻrsatgan. Biz ushbu ishda yozuvchi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasining semiotik tahlili orqali matn cheksizligi hodisasini oydinlashtirishga harakat qilamiz. Mazkur badiiy yaratma yozuvchining tarixiy mavzuda yaratgan boshqa hikoyalari – “Anor”(5,5 bet), “Bemor”(2,2 bet) “Oʻgʻri”( qariyb 4 bet), “Millatchilar”(4,5 bet), “Tomoshabogʻ”(2,3 bet)dan hajm jihatdan birmuncha katta – oʻzi hayotligida nashrga tayyorlagan olti jildlik “Asarlar”ining birinchi jildida sakkiz 1 Барт Р. Избранные работы: Семиотика: Поэтика: Пер. с фр. / Сост., общ. ред. и вступ. ст. Г. К. Косикова.— М.: Прогресс, 1989. – С.416. https://scientific-jl.com/ 2 8 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi sahifani tashkil qiladi. Bu farqning sababi shundaki, adib hikoyachilik faoliyatining dastlabki bosqichi (oʻtgan asrning 30-yillarida) imkon darajasida qisqalikka rioya qilgan. Shunga qaramay. urush (1941-1945 yillar)kelib garchi muxtasar tasvirlash prinsipidan voz kechmagan boʻlsa-da, ushbu janrda yaratilgan baʼzi asarlari hajman kattalashgani koʻrinadi: “Asror bobo” 15, “Xotinlar” 20, “Kartina”11, “Dumli odam”10, “Nurli choʻqqilar”12 betdan iborat. Aslida hikoya “qisqa epik janr”deb hisoblansa-da, uning ixchamligi sahifalarning ozligidan kelib chiqmaydi; qissa va romanga nisbatan hajman kichikligi bu badiiy shaklga yuqorida koʻrsatilgan taʼrif- baho berilishiga sabab boʻlgan. Binobarin, mazkur nasr shaklining 10-15, hatto undan koʻp sahifadan tashkil topishi odatiy hol hisoblanadi. Tadqiqotchi Bahor Shukurovaning yozishicha, hikoyada qisqalik boʻyicha Abdulla Qahhorning ustozi hisoblangan Anton Chexovning baʼzi kichik asarlari 50-100 bet doirasida yaratilgan, uning “Chiroqlar”(1988) - 37, “Zerikarli voqea”(1890) – 67, “Noma’lum odam hikoyasi”(1893) - 82 betni tashkil etadi”.2 Bir janr (hikoya) doirasida hajmning ixchamligi yoki kattaligi undagi belgilarning adadi, bu miqdor esa ifoda etilishi lozim boʻlgan badiiy konsepsiyaning talab hamda ehtiyojlari bilan bogʻliq. TADQIQOT METODI VA NATIJASI: Badiiy matn tadqiqida sarlavhaning alohida, ustuvor oʻrni va vazifalari bor. Sarlavha hamisha matndagi yetakchi fikrni yuzaga chiqaruvchi ochqich rolini oʻtaydi. Shu boisdan biz tahlil uchun tanlab olingan hikoya matnining sarlavhasiga dastlabki eʼtiborimizni qaratamiz. “Dahshat”. Dastavval sarlavha sifatida tanlab olingan bu lugʻaviy birlikning birinchi semasiologik tizim (til)dagi maʼnosiga eʼtiborni qaratamiz, chunki soʻzning birlamchi (denotativ) maʼnosi tahlil jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Arab tilidan oʻzlashgan bu kalima hayronlik, hayratda qolish maʼnolarini bildiradi “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” da bu birlikning bir-biriga aloqador boʻlgan uchta maʼnosi berilgan: 1.Nihoyat darajada qoʻrqinch, xavf, vahima. 2.Azob-iztirobga soluvchi mudhish ahvol, voqea-hodisa, manzara.3 3.Ortiq darajada qoʻrqqan, vahimaga yoki azob-iztirobga tushgan kishining, koʻrinishi, ruhiy-holati. Matn tarkibidagi belgilarni tahlil qilish jarayonida sarlavha (“Dahshat”)ning yuqorida qayd etilgan qaysi kategoriyaga mos kelishini tekshiramiz. Badiiy-poetik tizimning dastlabki leksiya (birligi) quyidagicha berilgan: 2 Shukurova Bahor Boltayevna. Zamonaviy oʻzbek hikoyachiligi poetikasi (Sh.Xolmirzaev, E. A’zam, N.Eshonqul ijodi asosida). Филол. фан. бўй. фал. д-ри (PhD). дисс. Бухоро – 2024. – Б. 35 3Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. Биринчи жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси давлат миллий нашриёти, 2006 . – Б. 583-584. https://scientific-jl.com/ 2 9 43-son_4-to
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi struktural va semiotik jihatdan tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasi struktural va semiotik jihatdan tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artistic analysis, structuralism, semiotics, signs, Abdulla Qahhor, semiotika, belgilar, Kalit so‘zlar: Badiiy tahlil, “Dahshat” hikoyasi., strukturalizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026