К содержанию
РецензированоRU1932

SADR ZIYO – MUNAQQID.

Sattorova Nargiza Abduraupovna · Mehtari Orif madrasasi. · Ключевые слова: Садр Зия · Мусаххиба Шукурова · Мухаммад Шакурий · Keywords: Sadr Ziya · Musahhiba Shukurova · Muhammad Shakuriy, tazkira · Mehtari Arif madrasa.

Образовательные инновации и интеграция · 1932

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro adabiy muhiti vakili Sadr Ziyo xususidadir. Uning hayoti, faoliyati hamda asarlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kalit so'zlar: Sadr Ziyo, Musahhiba Shukurova, Muhammad Shakuriy, tazkira, Mehtari Orif madrasasi. Ключевые слова: Садр Зия, Мусаххиба Шукурова, Мухаммад Шакурий, тазкира, медресе Мехтари Ариф. Keywords: Sadr Ziya, Musahhiba Shukurova, Muhammad Shakuriy, tazkira, Mehtari Arif madrasa. Sadri Ziyo (taxallusi; asl ismsharifi Mirza Muham mal Sharif Sadr ibn Abdishukur) (1867—Buxoro—1932) — shoir, olim. Buxoro madrasalarida tahsil koʻrgan. Arab va fors tili grammatikasi, mumtoz adabiyot, tarix fanlarini, xattotlik sanʼatini puxta egallagan. "Tazkor ulashʼor" tazkirasini tuzgan. Asar nazmda yozilgan. Unda Ahmad Donish, Shamsuddin Mahmud Shoqin kabi shoir va olimlarning hayoti, ijodiga keng oʻrin berilgan. Asar Oʻrta Osiyo, xususan, 19-asr 2yarmi — 20-asr boshlaridagi Buxoro adabiy muhitini oʻrganishda muhim manba hisoblangan. "Tazkirat ushshuaroi mutaqaddimin va salatini maosirin va buzurgoni mutavarrin" ("Oʻtmish va hozirgi zamon shoirlari, sultonlari tazkirasi"), "Shuaroi mutaaxxirin va fuzaloi maosirin" ("Soʻnggi davr shoirlari va zamondosh fozillar"), "Tazkirat ulhukamo" ("Hokimlar tazkirasi"), "Navodiri ziyoiya" ("Ziyo nodirliklari") kabi adabiyot, tarix, geografiyaga oid asarlar muallifi.Ayrim manbalarda Sharifjon Maxdum qalamiga mansub turli mavzulardagi asarlar soni 75 tani tashkil etadi deyilgan. Bugungi kunda Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar xazinasida Sadri Ziyoning oʻz dastxati bilan koʻchirilib, 9 ta jildda jamlangan koʻplab risolalari, tazkiralari va tarixiy asarlari saqlanmoqda. Bu asarlarning aksariyati L. M. Yepifanova tomonidan qisqacha tavsiflangan. Asarlari XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlariga oid Buxoro amirligi tarixi, ilmiy, adabiy muhitini oʻrganishda qimmatli manbalar sirasiga kiradi. Sadr Ziyo davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, sermahsul ijod qilib, bir qancha asarlar yaratgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida Sadr Ziyoning 9 ta jildga jamlangan 70 dan ortiq risolalari, tazkiralari va tarixiy asarlari saqlanmoqda. https://scientific-jl.com/ 3 3 43-son_4-to’plam_Aprel -2025 ISSN: 3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi Bu kitoblarning tadqiqot doirasi keng bo‘lib, Sharqning musulmon mamlakatlari geografiyasi, Buxoro amirligining XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi tarixini o‘rganishda muhimmanbalar bo‘lib hisoblanadi. Sadr Ziyoning “Mashhur shaharlar va ularning atrofidagi joy nomlari va ularning alifbo tartibi haqida risola”, “Baland togʻlarning ajoyibotlari va vayrona tepaliklarning qiziq jihatlari bayoni”, “Jugʻrofiya va yer yuzidagi mamlakatlar aholisi to‘gʻrisida majmua”, “Yetti iqlim bayoni” kabi asarlarida XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Sharq mamlakatlari tabiati, boyliklari va shaharlari haqida maʼlumotlar berilgan bo‘lsa, “Movarounnahrdagi mevalarning xususiyatlari haqida so‘z” asarida Turkistonda yetishtiriladigan mahalliy mevalarning turkiy, arab va fors tilidagi nomlari, xususiyatlari, isteʼmol qilish uchun foydali jihatlari haqida so‘z yuritiladi. Sadr Ziyo Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Fariduddin Attor, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Imom Buxoriy, Abdulvohid Sadri Sarir Balxiyning hayoti va faoliyatini yoritib beruvchi “Tarjimayi ahvoli imom Forobiy”, “Tarjimayi ahvoli shayx-ur-rais Abu Ali ibn Sino”, “Tarjimayi holi Attor”, “Tarjimayi holi Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy”, “Tarjimayi holi imom Hofiz al-din al-kabir al-Buxoriy”, “Mujmali tarjimayi holi manoqibi Ogʻoyi Buzurg”, “Tarjimayi ahvoli qozi Abdulvohid sadri Sariri Balxiy” kabi asarlar muallifi hamdir. Sadr Ziyo qalamiga mansub “Buxoroyi Sharif ichkarisidagi madrasalar atalishi to‘g‘risida” hamda “Buxoroyi Sharif ichkarisidagi masjidlar atalishi to‘g‘risida” nomli asarlari Buxoro shahri tarixini o‘rganishda nihoyatda muhim manba hisoblanadi. Bu asarlar orqali biz shaharning ichki tuzilmasi, diniy-ma’rifiy hayoti, me’moriy obidalari va ularning tarixiy ahamiyati haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Ayniqsa, bu yozuvlar Buxorodagi madrasa va masjidlar soni, joylashuvi, o‘lchami va tarixiy manbalardagi o‘rni haqida aniq faktlar asosida yozilgan bo‘lib, o‘z davri uchun beqiyos ilmiy qimmatga ega. Mazkur asarlarda Buxoro shahrida joylashgan 204 ta madrasa va 223 ta masjid haqida so‘z yuritiladi. Har bir madrasa va masjid alohida tilga olinadi, ular haqida qisqacha izohlar, qurilgan yili, bunyodkor hukmdor yoki homiylar ismi, hamda ayrim me’moriy tafsilotlar ko‘rsatilgan. Bu jihatlar tarixiy shaharshunoslik va madaniy merosni o‘rganishda ayni muddao hisoblanadi. Masalan, asarda keltirilishicha, shahardagi eng yirik madrasa bu — Ko‘kaldosh madrasasi bo‘lib, undagi hujralar soni 147 taga yetgan. Bu esa o‘sha davrdagi ta’lim muassasalarining qamrovi va imkoniyatlari qanday bo‘lganini ko‘rsatadi. Aksi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro adabiy muhiti vakili Sadr Ziyo xususidadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro adabiy muhiti vakili Sadr Ziyo xususidadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Sadr Ziya, Musahhiba Shukurova, Muhammad Shakuriy, tazkira, Mehtari Orif madrasasi., Kalit so'zlar: Sadr Ziyo
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники